H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Aralash iqtisodiyot modellari
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
7.6. Aralash iqtisodiyot modellari.
Aralash tizimni rivojlantirishga umumiy yo‘nalish bir xillik va standartlashtirishni anglatmaydi. Hayotda turli mamlakatlarda va turli mintaqalarda aralash iqtisodiyotning har xil modellari tarkib topgan. Ular bir- biridan mulkchilikning, bozor va davlat boshqaruvining, kapital va ijtimoiylikning, iqtisodiy va iqtisodiyotdan keyingi jihadtlarning turli shakllari o‘ziga xos chatishish bilan farq qiladi. Bu xususiyatlar ko‘pgina omillarga: 166 moddiy-texnika bazasining darajasi va xususiyatiga, ijtimoiy tuzilish shakllanishining tarixiy va geosiyosiy sharoitlariga, mamlakatning milliy va ijtimoiy-madaniy xususiyatlariga, u yoki bu ijtimoiy-siyosiy kuchlarning ta’siriga vahokazolarga kup jihatdan bog‘liq. Buning ustiga, aralash iqtisodiyotda odatda, o‘lchamlarning u yoki bu ko‘rinishi ustuvorlik qilishi mumkin. Jahonda tarkib topgan aralash iqtisodiyotning nisbatan xarakterli ba’zi modellarini baxolashga harakat qilamiz. Amerika modeli – bu xususiy mulkning, bozor-raqobat mexanizmining, kapitalistik sabab-oqibatlarning, shuningdek, ijtimoiy tabaqalashtirishning yuksak darajasi ustuvorlik rolini taxmin qiluvchi liberal bozor – kapitalistik modelidir. Germaniya modeli – ijtimoiy-bozor xo‘jaligi modeli bo‘lib, u raqobat munosabatlari kengayishini bozor va kapitalning kamchiliklarini yumshatuvchi alohida ijtimoiy infratuzilma tashkil etilishi bilan, ijtimoiy siyosat sub’ektlarining ko‘p qatlamli institutlardan tashkil topgan tuzilmasi shakllanishi bilan bog‘laydi. Shvetsiya modeli – o‘zining klassik ko‘rinishida daromadlar qayta taksimlanishiga va rang-barang «erkin uyushmalar» keng yoyilishiga asoslangan ijtimoiy kafolatlarning yuksak darajasi xos bo‘lgan ijtimoiy modeldir. Yaponiya modeli – boshkariladigan korporativ kapitalizm modeli bo‘lib, unda kapital jamg‘arishning qulay imkoniyatlari iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish, tarkibiy, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosat sohalarida davlat boshqaruvining faol roli va korporativ (firmalarning ichki) asoslarining alohida ijtimoiy ahamiyati bilan tutashadi. Aralash iqtisodiyotning shakllanishi uning davri iqtisodiyoti sharoitlarida ham kuzatiladi, bu holda uning turli modellari tarkib topadi. Masalan, Xitoy iqtisodiyotini qayta tashkil etish davomida bozor mexanizmi va iqtisodiyotning nodavlat sektori islohot yillarida o‘z rolini sezilarli darajada mustahkamladi. Ammo ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda « yo‘naltirilgan rejalashtirish» va ijtimoiy kafolatlar shaklidagi davlat boshqaruvi ustuvor mavqeini saqlab qolmoqda. Bunday modelni aralash iqtisodiyotning ustuvor sotsialistik modeli sifatida ta’riflash mumkin. Aralash iqtisodiyotni shakllantirish imkoniyatlari O‘zbekistonda ham mavjud. Ular, avvalambor, industrlashtirishdan keyingi davrning alohida elementlari bilan chatishib ketgan, ma’lum darajada rivojlangan sanoat bazisi, mulkchilik va xo‘jalik yuritishning vujudga kelgan rang-barang shakllari hamda islohot yillarida jadal rivojlangan bozor va tadbirkorlik bilan bog‘liq. Bularning hammasiga texnologik ko‘p ukladlilik, uning aralash xususiyatini kuchaytiruvchi, hozirgi zamon mamlakat iqtisodiyotining ijtimoiy o‘tish xususiyati kelib qo‘shiladi. 167 Shu narsa ayonki, mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinsa, aralash iqtisodiyotning O‘zbekistan modeli tarkib topadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling