H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar (yoki ishlab chikarish usullari).
Ularni bir-biridan farqlovchi asosiy mezon – ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish vositalari bilan birlashtiruvchi usul yoki ishlab chiqarish vositalariga egalikning hukmron shaklidir. Formatsiyali yondashuv zamirida, uning nisbatan keng ma’lum bo‘lgan marksistik talqinida ishlab chiqarish munosabatlarining (o‘zlashtirish va mulkka egalik munosabatlari kabi) ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va xarakteriga mosligi g‘oyasi yotadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi pirovard oqibatda formatsiyalarga o‘tishni izohlaydi. Formatsiyali yondashuvni amalga oshirishning eng keng tarqalgan talqini besh formatsiyani (ishlab chiqarish usullarini) ajratib ko‘rsatadi: ibtidoiy - jamoa, quldorlik, feodal, kapitalistik (burjua) va kommunistik (uning birinchi bosqichi sotsializm deb nomlangan) shular jumlasidandir. Ba’zi talqinlarda quldorlik o‘rniga ishlab chiqarishning antik va osiyocha usullari qo‘llaniladi. Formatsiyali yondashuvning ko‘rsatib o‘tilgan barcha talqinlari zamirida mulkka egalikning u yoki bu hukmron shakliga va shundan kelib chiquvchi mulk egasining iqtisodiy faoliyatidagi asosiy maqsadiga (jumladan, feodalizm davridagi ishlab chiqarish va feodal rentaning o‘zlashtirilishiga, kapitalizm sharoitida ishlab chiqarish qo‘shimcha qiymatining o‘zlashtirilishiga) ishora yotadi. Mulkdorlar va mulk egasi bo‘lmaganlarning munosabatlaridagi qarama- qarshilikka haddan tashqari urg‘u berilishi tarixiy jarayondagi uzilishlar, ijtimoiy-madaniy va boshqa omillar rolini inobatga olmaslik, oldingi tarixiy bosqichlarni kommunistik formatsiyaga asos qilib keltirish formatsiyali yondashuvning kamchiliklari hisoblanadi. Shu bilan birga, formatsiyali yondashuv iqtisodiy tizimning hayotiy tomonlaridan birini aks ettirar ekan, hozirgi sharoitlarda ham mavjud. Ayni vaqtda fomatsiyalar izchilligi pirovard bosqichining turli talqinlari ajratib ko‘rsatiladi. Asosiy nuqtai nazarlar bunda quyidagi ko‘rinishni kasb etadi: a) kapitalizm-«tabiiy ongli tartib» bo‘lib, ichki evolyutsiyaga qodir va «sotsializmga o‘tishni» talab qilmaydi; 159 b) sotsializm (kommunizm) marksistik yondashuv ruhidagi tarixiy taraqqiyotning so‘nggi bosqichi sifatida; v) kapitalizmdan keyingi bosqich qandaydir kelajak jamiyatning ifodasi sifatida. Bunda industrlashtirishdan keyingi taraqqiyot zamirida boylik to‘plash jamiyatga qarama-qarshi ravishda ijodiy shaxs qadrining ustuvorligi vujudga keladi; g) aralash iqtisodiyot bo‘lib, u xususiy mulkchilik (hususiy tadbirkorlik) asoslarini mehnatkashlar ijtimoiy kafolatlarining rivojlangan tizimi bilan birlashtiradi va ikki jahon tamoyili-kapitalistik va ijtimoiy (sotsialistik) tamoyillarning o‘zaro hamkorligini aks ettiradi. Formatsiyali yondashuvning boshqa kengaytirilgan talqini xam mavjud bo‘lib, u ham K.Marks ta’limotiga borib taqaladi. Unga muvofik «ijtimoiy formatsiya»ning uch turi: boshlang‘ich (arxaik), ikkilamchi (iqtisodiy), uchlamchi (kommunistik) turlari mavjud. Mazkur talqin quyida bayon etilgan tasnifga ma’lum darajada mos keladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling