H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Fanni tashkil etuvchi mezonlarga asoslangan tasnif
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «tashkiliy mexanizm»
7.2. Fanni tashkil etuvchi mezonlarga asoslangan tasnif
Ta’kidlab o‘tilganidek, mazkur tasnif asosida iqtisodiy tizimlar ishlab chiqarish munosabatlari, funksional va institutlar tizimlariga bo‘linadi. Ilgari ko‘rsatib o‘tilganidek, mazkur tasnif ko‘p jihatdan hozirgi zamon iqtisodyot nazariyasini tarkibiy qismlarga ajratishga o‘xshab ketadi. Birinchidan, iqtisodiy tizim iqtisodiyotdagi ma’lum «tashkiliy mexanizm» doirasida odamlarning moddiy ehtiyojlarini imkoni boricha to‘la qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni aks ettiruvchi funksional aloqalarining yig‘indisi sifatida tavsif qilinadi. Bu borada eng muhimi – iqtisodiyotdagi (avvalambor, almashuv sohasidagi) tovar, pul va resurslar oqimining harakati jarayonida vujudga keluvchi muayyan funksional aloqalardir. Iqtisodiy tizimning mazkur tavsifi nisbatan to‘liq holda iqtisodiyot nazariyasining neoklassik yo‘nalishida va neoklassik sintez, deb atalmish yo‘nalishida amalga oshirilgan. Ko‘pchilik kitobxonlarga ma’lum bo‘lgan «Ekonomiks»ning nisbatan ko‘p tarqalgan va ma’lum variantlari iqtisodiy tizimning aynan shu tavsifini ko‘proq aks ettiradi. Ikkinchidan, iqtisodiy tizim ishlab chiqarish (ijtimoiy-iqtisodiy) munosabatlari tizimi sifatida tavsif etilishi mumkin. Mazkur munosabatlarning markaziy bo‘g‘ini – o‘zlashtirish (avvalambor, ishlab chiqarish shartlari va natijalarini) munosabatlaridir. Ishlab chiqarish munosabatlari bunda ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning o‘zgarishlarini aks ettirar ekan, ishlab chikarishning iqtisodiy munosabatlari o‘zini tarixan rivojlanib borayotgan (nazariy tizimda - genetik yo‘naltirilgan) munosabatlar sifatida amalga oshiradi. Iqtisodiy tizimning mazkur tavsifi nisbatan keng ko‘lamda K.Marks tomonidan va sobiq ittifoq siyosiy iqtisodiyotida berilgan. Ammo u bugungi kunda ham o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlari tahlilidagi mafkuraviylashtirish va bir- biriga qarama-qarshi qo‘yish tamoyillariga qaramay, ular o‘zlashtirish muammosining ilmiy va amaliy ahamiyatini, ishlab chikarishning shartlari va samaralarini, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligini to‘sib qo‘ya olmaydi. Uchinchidan, iqtisodiy tizim institutlar yig‘indisi sifatida, ularning o‘ziga xos iqtisodiy fe’l-atvori sifatida tavsif qilinishi mumkin. Bunda iqtisodiyotning davlat, firmalar, kasaba uyushmalari kabi sub’ektlari, shuningdek, mulkka egalik huquqlari, qonunlar, me’yorlar, an’analar va iqtisodiy fe’l-atvorga ta’sir o‘tkazuvchi boshqa hodisalar institutlar sifatida namoyon bo‘ladi. 157 Iqtisodiy tizimni bunday tushinish institutsional (noinstitutsional) iqtisodiyot nazariyasining turli tarmoqlarida qo‘llaniladi. Germaniya ordoliberalizmida keng yoyilgan «iqtisodiy yo‘sindagi» konsepsiya ham unga kelib birikadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling