H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Qisqacha xulosalar Hozirgi zamonda har qanday ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish ichki o‘zaro moslashadigan va tashkillashtiradigan ifodalashni talab etadi. Ta’kidlash lozimki, don, non yopish va bunga aholining ehtiyoji, hamma ishlab chiqarishni birlashtirish hamda barcha ishlab chiqaruvchilar va savdo qiluvchilar foyda ko‘rishlari, iste’molchilar ehtiyorisi esa, qoniqadigan bo‘lishi kerak. Aniqrog‘i, bunday o‘zaro moslushuv har qanday jamiyatda asosiy muammolarni: nima, qanday, kim uchun va necha hajmda ishlab chiqarish kabilarni hal etishda namoyon bo‘ladi. Turli mamlakatlarda bunday muammolar har xil ko‘rinishda hal etgan va hozir ham shunday qilinmoqda. Bu yerda umumlashtirilgan holda ikki asosiy yo‘l bilan ishlab chiqarish tashkillashtiriladi va bunga muvofiq, ya’ni markazlashgan hamda bozorga oid tizimlar amalga oshiriladi. Markazlashgan iqtisodiy tizim. Bu tizimning mohiyati, davlat monopoliyasida, ya’ni davlatning juda ham kuchliligida (o‘zining quvvatli byurokratik apparati orqali) iqtisodiyotda mutlaq hokimdir. Davlatning mansabdorligida markazdan turib barcha xo‘jaliklar – resurslar ustidan buyruqbozlik bilan nima, qanday, kim uchun va necha hajmda ishlab chiqarish muammolarini hal qiladi. Eng asosiy ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarni qanday taqsimlashni hal etadi. Shuning uchun bunday majburiyatga asoslangan tizimni ko‘pincha ma’muriy buyruqbozlik ostida taqsimlovchi iqtisodiyot, deb ataladi. Buning asosiy xususiyati quyidagilardan iborat: ̶birinchidan, bunday markazlashgan iqtisodiyotning hamma tarafida ishlab chiqarish vositalariga davlat mulki hukmronlik qiladi. Zavod, fabrikalar, transport va boshqa korxonalarning barchasi faqat davlatga tegishli; ̶ikkinchidan, barcha ishlab chiqarish, ayirboshlash va mahsulotlar davlat rejasi asosida amalga oshiriladi; ̶uchinchidan, birgalikda rag‘batlantiriladigan ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy richaglari (yoqimli soliqlar, buyurtmalar, grantlar, kreditlar) butunlay ma’muriy buyruqbozlik yo‘li bilan boshqariladi, korxonalar faoliyatining asosiy maqsadi esa, iste’molchiga ishlash emas, balki davlat planini bajarishdir; 169 ̶to‘rtinchidan, juda ham qat’iy markazlashgan, byurokratik iqtisodiyotga davlatning moliyaviy hukmronligi ham ishlaydi. Bozor iqtisodiyoti va uning avzalligi. Bozor iqtsodiyoti – shunday xo‘jalik tizimiki, bu yerda barcha faoliyatlar erkin ishlab chiqarish va iste’molchilar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar erkin oldi-sotdi asosida amalga oshiriladi. Bozor xo‘jaligining ijtimoiy-iqtisodiy asosi yerga va boshqa vositalarga, xususiy mulkka, erkin tadbirkorlikka, tanlovga, shaxsiy manfaatga, raqobatga tayangan. Bozor tizimining asosiy qadr-qimmati – bu mehnatni va unumli xo‘jalik yuritishni, yuqori uddaburonlikni rag‘batlantiradi; iqtisodiyot samarasiz yoki jamiyatga keraksiz ishlab chiqarishni qabul qilmaydi; umumiy ishlab chiqarish qatnashchilari orasidagi daromadlarni ko‘pincha adolatli taqsimlashni ta’minlaydi. Aralash iqtisodiyot. Har qanday tizimning takomillashmaganligini sezgan bir qancha olimlarning shunday g‘oyalari bilan bir qatorda yangi taraqqiyot yo‘lini izlash davom ettirildi. Masalan, g‘arb iqtisodchilari va sotsiologlar guruhi konvergensiya nazariyasini (lot. converqer – yaqinlashish, o‘xshashlik) oldinga surdilar. Bunga binoan, hozirgi zamondagi fan-texnika taraqqiyoti va yirik sanoatning yuksalishi, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkillashtirishning ahamiyati hamda iqtisodiyotning davlat boshqaruvi kapitalizmni va sotsializmini yaqinlashtirmoqda. Mana shunday asosda asta- sekin ikkala tizimning ijobiy sifatini o‘ziga singdiradigan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum yuzaga kelmoqda. Hozirgi haqiqiy hayotda davlatning aralashishidan butunlay erkin bo‘lgan sof bozor iqtisodiyoti yo‘q bo‘lsa kerak. Oldingi saflarda borayotgan mamlakatlar (ayniqsa, Xitoy, Rossiya, Angliya, Fransiya, AQSh, Germaniya, O‘zbekiston va boshqalar kabi) bozor samarasini davlatning tartibga solish yo‘li bilan organik va egiluvchan birgalikni qo‘shib olib boradigan xo‘jalik yuritishning ko‘proq ratsional, insonparvar va ijtimoiy adolatli yo‘llarini qidirishga intilmoqdalar. Bundan barcha yaxshi tajribalarni biriktiradigan iqtisodiyot – aralash iqtisodiyot yuzaga keladi. Bunda, bir tomondan, xo‘jalik resurslarining ko‘pchilik qismi xususiy mulkdorlar, ko‘p sonli kichik va o‘rta bizneslar, yirik korxonalar esa, korporatsiyalar bilan samarali hamkorlikda bo‘lib, erkin bozor prinsiplarida va rag‘batlantirishda samarali harakat qilmoqda. Shu bilan bir vaqtda, boshqa tomondan, bir qator sohalar (harbiy va kosmik majmualar, umumiy ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya) davlatga va hukumatga tegishli ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarga o‘zining ta’sirini faol ko‘rsatmoqda. Davlatning ijtimoiy soha rivojlanishi haqidagi tashvishi ancha katta ahamiyatga ega. Germaniya, 170 Shvetsiya, O‘zbekiston kabi davlatlarda bunday xo‘jalik yuritishni ko‘pincha ijtimoiy bozor iqtisodiyoti deb ataladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling