H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
Asosiy tushunchalar 
Iqtisodiy tizim.
Industrial va industrialashtirishdan keyingi (post industrial) jamiyat. 
Iqtisodiy tizimlarning me’zonlari va turlari. 
Ijtimoiy – iqtisodiy farmatsiya.
Oddiy va murakkab tizimlar. 
Sivilizatsiyalashgan tizimlar. 
Aralash iqtisodiyot. 
Milliy iqtisodiyot.
Seminar darslarida muhokama qilish uchun savollar 
1. Qanday iqtisodiy tizimlarni bilasiz? Ularning hozirgi zamondagi farqlari 
nimada?  
2. Sivilizatsiyalashgan va qoloq tizimlarning farqlari.  
3. Aralash iqtisodiyotni misol bilan aytib bering.  
 
Mustaqil ta’lim uchun savollar 
1. Iqtisodiy tizimlarning xususiyatlari nimada? 
2. Aralash iqtisodiyotning mezonlarini tushuntirib bering. 
3. Inson jamiyatida qanday tizimlar ro‘y bergan?


171 
8 BOB. MULKCHILIK VA MULKIY MUNOSABATLAR 
Biz doimo qatnashadigan mulkiy 
huquq, jamiyatning o‘zaro harakatidagi 
ko‘pincha tartibga soluvchi qoidalarini 
keng va asosiy qismini yuzaga keltiradi. 
Hamda mulkiy huquq odatdagi o‘yinlarida 
kim qanday sharoitlarda va qanday 
harakat qilishi mumkin va kimga nima 
kerakligini chegaralaydi. Shunday qilib 
mulkiy huquq va boshqa o‘yinlar qoidasi 
piravard hisoblarda individlar o‘zlarining 
manfaatlarini ko‘zlab qanday tanlov 
mavjudligini aniq ifoda etadi. 
Pol Xeyne 
 
8.1. Mulkchilik munosabatlarining tarkibiy tuzilishi. Mulkning iqtisodiy 
mazmuni va mulkka egalik qilish huquqi 
Insoniyat sivilizatsiyasi, iqtisodiy tizimlar taraqqiyotida, tovar ishlab 
chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishida mehnat taqsimoti bilan bir 
qatorda, mulk hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ammo mulk o‘z borlig‘ining 
qo‘shaloq usuliga – iqtisodiy va huquqiy usullariga ega. Mulkning iqtisodiy va 
huquqiy munosabatlari bir-biri bilan mustahkam bog‘langan, ular bir-birini 
taqozo etadi. Mulkning huquqiy munosabatlari iqtisodiy munosabatlarning 
qonunlardagi 
va 
me’yoriy hujjatlardagi ifodasi, mavjudligi va 
mustahkamlanishining shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Aytish mumkinki
mulkiy huquq mulk iqtisodiy munosabatlarining ham muqaddimasi, ham 
natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Muqaddimasi sifatida u iqtisodiy 
munosabatlarga kirishayotgan xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida huquqiy oraliq 
mavjudligi uni hisobga olish lozimligi bilan namoyon bo‘ladi. Bu huquqiy 
oraliq ma’lum darajada ular o‘zlarini qanday tutishi kerakligini taqozo etadi. 
Sub’ektlar 
xo‘jalik 
aloqalarini 
o‘rnatishar 
ekan, 
qonunlarda 
mustahkamlangan mulkiy huquqlarni yodda tutishilari lozim. Shu bilan bir 
qatorda, mulkiy huquq fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot hamda boshqa 
omillar ta’siri ostida chindan ham ob’ektiv ravishda o‘zgarib turuvchi iqtisodiy 
munosabatlarni mensimasligi mumkin emas. Mazkur munosabatlar o‘z 
taraqqiyotining u yoki bu bosqichlarida huquq doirasidan tashqari chiqishga 
majbur bo‘ladilar. Huquq o‘zgargan vaziyatni o‘zida aks ettirmayotgan va 
iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lib qolgan hollar shular jumlasidandir. 


172 
Misol qidirib uzoqqa borib o‘tirmaylik. Bir necha yil muqaddam tovar 
olib sotganingiz uchun sizni chayqovchi sifatida javobgarlikka tortishlari 
mumkin edi. Mazkur misolda o‘ziniki qilib olish kabi iqtisodiy munosabatning 
mulkiy huquq bilan ziddiyatga kirishishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, 
qonun ne’matining faqat undan foydalanish maqsadidagina mulk sifatida 
qo‘lga kiritilish ehtimolini tavsiya etar va qayta sotish yo‘li bilan mulkka 
egalik huquqining boshqa shaxsga berilishini taqiqlar edi. Ammo odamlar 
qonun bilan mustahkamlangan huquqiy me’yorlarni mensimay, vujudga 
kelgan ob’ektiv iqtisodiy munosabatlardan va o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, 
u yoki bu tovarni olib sotishdan tushgan daromadning o‘zlashtirilishiga yo‘l 
qo‘ymoqdalar. Hozir amalda bo‘lgan qonunchilik olib-sotish hollarini 
qonuniylashtirdi va shunday qilib, o‘zlashtirishning mazkur ko‘rinishiga 
ruxsat beruvchi huquqiy me’yorni yuridik jihatdan mustahkamladi. 
Shunday qilib, mulk shu so‘zning iqtisodiy ma’nosida u yoki bu 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling