H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


ne’matning o‘zlashtirilishi amalga oshadigan ishlab chiqarish, taqsimot


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

ne’matning o‘zlashtirilishi amalga oshadigan ishlab chiqarish, taqsimot, 
almashish va iste’mol jarayonida odamlar o‘rtasida ob’ektiv ravishda 
tarkib topuvchi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Masalan, mulk 
sifatida o‘z ishchi kuchiga ega bo‘lgan bir kishi yollanma munosabatlarga 
kirishar ekan, ish haqini o‘zlashtiradi va shu yo‘l bilan mulkning iqtisodiy 
munosabatini amalga oshiradi. Kapital mulkning egasi bo‘lgan korxona 
boshlig‘i daromadni o‘ziniki qilib oladi. Yer egasi yerni ijaraga berish bilan 
rentani o‘zlashtiradi. Sarmoyador qarz berib, qarz ustiga qo‘yilgan foizni 
qo‘lga kiritadi. Shunday qilib, har bir mulk egasi boshqa mulk egasi bilan 
xo‘jalik munosabatlariga kirishib, o‘z mulkiga egalikni ma’lum iqtisodiy 
ko‘rinishda: ish haqi, foyda, renta, foiz ko‘rinishida, ya’ni daromadning u yoki 
bu shaklida amalga oshiradi. Pirovard natijada, ana shu daromadlarni 
ne’matlarning u yoki bu ko‘rinishida moddiylashtirish oqibatida, har bir 
sub’ektning o‘z mulkini ko‘paytirib borishi sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish 
vositalari, iste’mol buyumlari, zeb-ziynat buyumlari, san’at asarlari, aqliy va 
ma’naviy rivojlanish ne’matlari shular jumlasidandir. 
Mulkiy 
huquq 
odamlarning 
buyumlarga 
munosabatini 
mustahkamlaydi, qayd etadi va boshqaradi, shu ma’noda u hamisha 
mulkning iqtisodiy munosabatlariga bog‘liqdir. Ammo ayni vaqtda u 
iqtisodiy o‘zlashtirishning muqaddimasi sifatida namoyon bo‘lishi ham 
mumkin, zero, har qanday ne’matga mustahkamlangan mulkiy huquq mulkni, 
boylikni ko‘paytirib borishning iqtisodiy ko‘rinishlari sari yo‘l ochib beradi. 
Mulkiy yoki buyumga egalik huquqi alohida, mutlaq va nisbiy bo‘lishi, 
shundan kelib chiqib, boshqarish, egalik qilish va foydalanish munosabatlarida 
ifodalanishi mumkin. 


173 
Masalan, yer egasi undan foydalanishda alohida huquqqa ega. U o‘z yerini 
qanday idora qilish borasida erkindir, jamiyatga, boshqa fuqarolarga yoki 
xo‘jalik sub’ektlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq qonun hujjatlarida 
mustahkamlangan cheklashlar bundan mustasno. Yerni ijaraga olgan shaxs
agar uning xo‘jalik faoliyati hech qanday shartlar bilan chegaralanmagan 
bo‘lsa, mutlaq huquqqa ega va u xo‘jaligini boshqarish usulini tanlashda, 
mahsulot ishlab chiqarishda mutlaqo erkindir. Mabodo yerni ijaraga olgan 
shaxs xo‘jalikni idora qilish, yerdan va boshqa ob’ektlardan foydalanish 
usullari borasida ma’lum shartlar bilan cheklangan bo‘lsa, u mulkka nisbatan 
nisbiy huquqqa ega bo‘ladi, ya’ni u xo‘jalik yuritish ob’ektiga nisbatan mutlaq 
erkin emas. 
Mutlaq va nisbiy huquqning real munosabatlariga misol sifatida lizing 
(mashinalar, dastgohlar, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan imoratlarning 
uzoq muddatga ijaraga olinishi) va reyting (mashina va dastgohlarning qisqa 
muddatga ijaraga olinishi) xizmat qilishi mumkin. Birinchi holda, ijaraga 
oluvchi texnika va inshootlardan foydalanishning usullari, ko‘rinishlari va 
shart-sharoitlarini tanlash borasida mutlaq erkinlikka ega. Ikkinchi holda
texnikadan foydalanish huquqining qisqa muddatga berilganligi munosabati 
bilan mulk egasi ijaraga oluvchining mutlaq huquqini ma’lum shartlar va 
texnikadan foydalanishga doir yo‘l-yo‘riqlar bilan cheklab qo‘yadi. Bu demak, 
ikkinchi holda ijaraga oluvchining huquqi nisbiydir. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling