H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Erkinlashtirish. Bozorlarni erkinlashtirish ularning turli xo‘jalik 
sub’ektlari tomonidan o‘zlashtirilishi uchun keng imkoniyatlar ochilishini 
taxmin qiladi.
Bu to‘liq davlat monopoliyasi hukm surayotgan iqtisodiyot 
sohalarida va bozorlarda raqobatdoshli tuzulmalarni shakllantirish 


186 
yo‘lidir. Shu o‘rinda gap u yoki bu bozorga yangi raqobatchilarning kirib 
borishiga to‘sqinlik qiluvchi turli xil taqiqlarni bekor qilish, g‘ovlarni olib 
tashlash haqida bormoqda. 
Shunday qilib, bozorlarni erkinlashtirish davlat korxonalarining mulkiga 
bevosita dahl etmagani holda, yangi xo‘jalik sub’ektlarining shakllanishiga 
xizmat qiladi. Bunday sub’ektlarning faoliyati pirovard natijada jamiyatning 
tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan u yoki bu ehtiyojlarini qondirish borasida 
davlat tuzilmalari rolining pasayishiga, mavjud bozor segmentlariga 
yangilarini qo‘shish evaziga ularning bozorlardan siqib chiqarilishiga olib 
keladi. 
Tijoratlashtirish. Davlat tasarrufidan chiqarishning boshqa bir yo‘nalishi 
davlat korxonalarini tijoratlashtirish hisoblanadi, bu jarayon ularning 
tijorat 
hisob-kitobiga 
o‘tkazilishini, 
ularning 
faoliyati 
bozor 
mexanizmlariga bo‘ysundirilishini o‘z ichiga oladi. Davlat korxonalarini 
tijoratlashtirish 
ularning 
tevarak-atrofidagi 
bozorga 
yot 
muhitning 
yo‘qotilishini taxmin qiladi. Shu bilan birga, davlat ularni yo qisqartiradi, yo 
budjetdan moliyaviy ta’minlashni to‘liq to‘xtatadi, soliq to‘lash borasidagi 
imtiyozlarni bekor qiladi, kredit qarzlaridan kechishni rad etadi, ularning 
xo‘jalik faoliyati natijalarini xususiy sektorda qo‘llaniladigan mezonlar 
asosida baholaydi. 
Davlat tasarrufidan chiqarishning mazkur yo‘nalishi, xususiylashtirish 
jarayoni avj olishini kutib o‘tirmay, davlat va munitsipal korxonalarining 
faoliyatini bozor tadbirkorligi o‘zaniga solib yuborish imkonini beradi. Ayni 
vaqtda qoloq, zarar keltirayotgan korxonalar bozordan ketishi, kimoshdi 
savdosi, tanlovlar yoki aksiyalashtirish orqali mulkning yangi ko‘rinishida 
qayta tashkil topishi lozim bo‘ladi. Shu tarzda tijoratlashtirish ob’ektlarni 
xususiylashtirishga zamin tayyorlaydi va unga yo‘l ochadi. Ayni vaqtning 
o‘zida u mustaqil bozor kuchi sifatida ish yuritishi mumkin bo‘lgan 
yashovchan davlat tuzilmalarining mustahkamlanishiga imkon beradi, bu 
tegishli bozorlarda raqobatning avj olishiga va ite’molchilar ahvolining 
yaxshilanishiga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. 
Ayrim davlat korxonalariga yoki ularning bo‘linmalariga to‘la mustaqillik 
berilar ekan, mavjud xo‘jalik aloqalarining uzilib qolishidan, iqtisodiy alg‘ov-
dalg‘ovlar xavfidan ehtiyot bo‘lish kerak. Shuning uchun ularning xo‘jalik 
faoliyati ustidan davlat nazorati va boshqaruvini saqlab qolish talab qilinadi. 
Ayni vaqtning o‘zida barcha xo‘jalik birliklariga bir vaqtning o‘zida to‘la 
huquqiy shaxs huquqini berish – bu huquqiy yo‘sindagi mustaqillik xolos. 
Zero, xo‘jalik bo‘linmalari yagona texnologiya zanjirida, yagona texnologiya 
siklida ishlaydigan yerda texnik va iqtisodiy bazis ularning darhol va 


187 
kechiktirmay tarkib topgan ishlab chiqarish tuzilmalaridan «ajralib chiqish»iga 
imkon bermaydi. Aksincha, texnik-iqtisodiy birlik va o‘zaro bog‘liqlik 
ularning oldiga boshqaruv tuzilmalarini shakllantirish yoki saqlab qolish 
zaruratini ko‘ndalang qo‘yadi. Ammo bu boshqaruv tuzilmalari o‘z irodasini 
o‘tkazmasligi, mutlaqo yangi asosda – yuqoridagilar amriga muvofiq emas, 
o‘zaro iqtisodiy manfaatdorlik asosida birlashgan xo‘jalik sub’ektlarining 
irodasini bajarishi lozim. 
Bundan tashqari, o‘zaro mustahkam bog‘langan texnik-texnologik 
majmualarga chinakam to‘la xo‘jalik mustaqilligi butun o‘tish davrida (2 -3 yil 
davomida) xom ashyo, uzellar, qismlar va komplektlovchi buyumlarni 
yetkazib berish haqidagi buyurtmalarning bajarilishi majburiy bo‘lgan shartlar 
bilangina berilishi mumkin, xo‘jalik tuzilmalari ana shu vaqt mobaynida 
kelajakdagi hamkorliklari haqida uzil-kesil bir qarorga kelishi lozim. Bu 
zarurat paydo bo‘lgan taqdirda «qaram» sheriklarga ishlab chiqarishni qayta 
qurish yoki kengaytirish, yoxud o‘z aloqalarini boshqa mahsulot yetkazib 
beruvchilarga qaratish imkonini bergan bo‘lar edi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling