H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Aralash tadbirkorlik. Davlat va mulkning boshqa ko‘rinishidagi 
sub’ektlar ishtirokida aralash korxonalarni tashkil etish davlat 
tasarrufidan chiqarishning navbatdagi yo‘nalishlaridan biridir. Bunday 
korxonalar qarz olish va soliq to‘lash borasida imtiyozlardan 
foydalanishlari mumkin.
Mazkur holda gap faqat va birgina xorijiy kapital ishtirokida korxonalar 
tashkil etish haqida emas, davlat mulki tuzilmalari tarkibida mamlakatimizda 
vujudga kelgan mulkning boshqa ko‘rinishlarini ora-sira joylashtirish haqida 
bormoqda. Bu yo‘l to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy tadbirkorlikning tarkibiy 
qismlarini kengaytirish xususiyatiga ega xususiylashtirishga olib boradi. Ayni 
vaqtning o‘zida aralsh tadbirkorlik davlat korxonalarini tijoratlashtirish 
elementlarini albatta, o‘z ichiga oladi. 
Milliylashtirilgan mol-mulkni egalariga qaytarish. Nihoyat, davlat 
mulkini o‘z egalariga qaytarish bo‘lib, uning aksariyat qismi bevosita 
xususiylashtirish xususiyatiga ega. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga 
muvofiq millilashtirilgan mol-mulkni egasiga qaytarish bosqichma-bosqich, 
uch xil usulda – kim oshdi savdolari, tanlovlar va aksiyalashtirish orqali 
amalga oshirilishi lozim.
Davlat tasarrufidan chiqarishning yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha 
yo‘nalishlarida xususiylashtirish jarayoni nazarda tutiladi, milliylashtirilgan 
mol-mulkni egasiga qaytarishda esa, xususiylashtirish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
aloqa yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
 


188 
8.5. Xususiylashtirish 
Xususiylashtirish bosqichlari 
Xususiylashtirishni amalga oshirish ma’lum bosqichlarni talab qiladi. 
Masalan, birinchi bosqichda loyihaning pirovard maqsadi aniqlanadi. 
Korxonaning ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
sifatini yaxshilash, monopolizmni yengib o‘tish, bozorlarni tovarlar bilan 
to‘ldirish shular jumlasidan bo‘lishi mumkin. So‘ngra xususiylashtirish dasturi 
tayyorlanadi. Mazkur dastur korxonalar ro‘yxatini, amalga oshiriladigan 
tadbirlar taribini hamda ularni amalga oshirish muddatlarini o‘z ichiga olishi 
lozim. Shuningdek, undan xo‘jalik faoliyatining xususiyati, muayyan 
voqelikdan kelib chiqib, alohida har bir tarmoq va mintaqaga nisbatan 
qo‘llaniladigan tamoyillar, maqsad va vazifalar o‘rin olishi, milliylashtirilgan 
mol-mulk bo‘lajak mulkdorlarning qaysi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishi 
nazarda tutilishi kerak. 
Ikkinchi 
bosqichda 
xususiylashtirish 
usuli: 
davlat 
korxonasini 
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish, korxonani keyinchalik sotib olish huquqi 
bilan ijaraga berish, tanlov yoki kimoshdi savdosi orqali davlat korxonalarini 
sotish kabi usullaridan biri tanlanadi. 
Uchinchi bosqich - zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, bozordagi ahvolni 
baholash, marketingni amalga oshirish, mijozlar safidan o‘rin olishi mumkin 
bo‘lgan xaridorlarni izlash va nihoyat, davlat mulkini qayta tashkil etish 
dasturni amalga oshirish jarayonini yakunlaydi. Ayni vaqtda shuni unutmaslik 
kerakki, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish birdan-bir maqsad 
bo‘lib qolmasligi lozim. Faqat tugatishnigina ko‘zlab, davlat mulkini qayta 
tashkil etish bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish fan-texnika va ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotni, milliy iqtisodiyot samaradorligi oshishini ta’minlovchi 
bozor tuzilmalarini shallantirish vositasi, usuligina xolos. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling