H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Xususiylashtirish oldiga qo‘yiladigan talablar


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Xususiylashtirish oldiga qo‘yiladigan talablar 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish siyosatini amalga 
oshirish milliy iqtisodiyotni ko‘ngilsiz ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlardan forig‘ 
eta oladigan qator talablarga rioya etish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Xususiylashtirish jarayonining shunchaki, zo‘rma-zo‘raki amalga 
oshirilishiga, ya’ni davlat mulkini iloji boricha tezroq o‘zgartirish va tugatish 
maqsadida amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shak-shubxasiz, ana shu 
talablardan birinchisidir. Davlat mulkini isloh qilishga doir tadbirlar, mabodo 
ularni amalga oshirish natijasida xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy-iqtisodiy 
faoliyati ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga erishilgan taqdirdagina o‘zini oqlaydi. 
Shu o‘rinda gap mulkchilik munosabatldari va xo‘jalik yuritish shakllari 
sohasidagi 
g‘oyat 
ma’suliyatli 
o‘zgarishlarga 
zo‘ravonlik 
bilan 
yondashilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida bormoqda. 
Xususiylashtirish jarayonining zo‘rma-zo‘raki amalga oshirilishi ma’lum 
darajada mafkuraviy ko‘rsatmalar bilan tiqishtiriladi. Aytish mumkinki, hozir 
O‘zbekistonda xuddi shunday bo‘layapti. Mafkura yuki shoshma-shosharlik 
bilan, o‘ylamay-netmay qabul qilinayotgan, avvalgi tizimni iloji boricha tezroq 
«yakson» qilishga qaratilgan qarorlarda o‘z aksini topmoqda. Ammo yakson 
qilish – bunyodkorlik emas, buni unutmaslik kerak. Shuning uchun partiyaviy 
ko‘rsatmalarga va davlat hokimiyati eshelonlaridagi mafkuraviy tamoyillarga 
emas, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikka va pragmatizmga amal qilish kerak. 
Yana bir prinsipial talablardan biri davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish yo‘li bilan raqobatbardoshli bozor tuzilmalarining 
shakllanishiga yordam berishdan, davlat monopoliyasi o‘rnini xususiy 
monopoliya egallashiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Monopoliyachi – davlat 
korxonasi u yoki bu bozorda o‘z mulki egasini shunchaki o‘zgartirgan taqdirda 
shunday bo‘ladi. Shuning uchun imkoni bo‘lgan yerda xususiylashtirish bilan 
parallel ravishda korxonaning o‘zini isloh qilish tadbirlarini olib borish zarur 
yoki shunday korxonalar mahsulotlarining narx-navosi ustidan davlat 
nazoratini o‘rnatish talab qilinadi. 
Navbatdagi talab xususiylashtirish jarayonining ijtimoiy jihati bilan 
bog‘liq. Gap ishsiz qolayotgan xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish shart-
sharoitlarini yaratish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ham 


192 
ishlab turgan korxonalarda, ham yangi korxonalarni tashkil etish yo‘li bilan 
yangi ish joylari vujudga keltirilishini rag‘batlantirish siyosatini olib borish 
haqida bormoqda. Ayni vaqtning o‘zida fuqarolarning ta’lim va sog‘liqni 
saqlash sohalaridagi mavjud huquqlari saqlab qolinishi kerak. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling