H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

4. Umumxalq mulki. Bir vaqtlar sobiq ittifoq Konstitutsiyasida 
belgilangan umumxalq mulkiga kelsak, u sof huquqiy talqin edi, mulkning 
iqtisodiy munosabatlari nuqtai nazaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, uni yaqin 
kelajakda amalga oshirib bo‘lmasdi, amalga oshirish mumkin ham emasdi: 
huquqiy shakl bilan iqtisodiy mazmun o‘rtasidagi nomutanosiblik yaqqol 
ko‘zga tashlanar edi. Shakl puch, mazmunsiz bo‘lib chiqdi. 
Umumxalq mulki jamiyatning jamiki boyligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 
bevosita va bir vaqtning o‘zida hammaga hamda har bir kishiga taalluqli 
bo‘lishini taxmin qiladi. Bu holda tasarruf etish munosabatlarini jamiyat 
amalga oshirsa, umumxalq mulkiga egalik munosabatlarini jamiyatning har bir 
a’zosi amalga oshirishi kerak edi. Marksning bo‘lajak jamiyat haqidagi 
konsepsiyasiga ko‘ra, bunday vaziyat, birinchidan, davlat ijtimoiy hayot 
sahnasidan ketgan, ya’ni umrini yashab bo‘lgan, ikkinchidan, jamiyatning har 
bir a’zosi ishlab chiqarishning istalgan vositasi bilan erkin birlashish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan taqdirda vujudga kelishi mumkin edi. Shu narsa 
ayonki, ikkinchi holda shaxs har tomonlama rivojlangan bo‘lishi, faoliyatning 
har xil turlari texnik-texnologik jihatdan bir-biriga yaqin turishi (mashg‘ulot 
turini erkin o‘zgartira olish uchun) lozim, K.Marks kapital jamlashning tarixiy 
yo‘nalishini ko‘rib chiqar ekan, mulkchilik munosabatlari rivojining quyidagi 
bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi: 
Birinchi bosqich – kapitalistik xususiy mulk tomonidan shaxsiy -xususiy 
mulkning rad etilishi. Ikkinchi bosqich – kapitalistik xususiy mulkning rad 
etilishi va ijtimoiy mulk doirasida shaxsiy mulkning qaror topishi. Bu – inkorni 
inkor etishdir. U shaxsiy mulkni emas, kapitalistik davr yutuqlari asosida, 
kooperatsiya hamda yerga va mehnatning o‘zi bilan yaratilgan ishlab chiqarish 
vositalariga umumiy egalik asosida, ya’ni ijtimoiy mulk doirasida shaxsiy 
mulkni tiklaydi. Ko‘rinib turibdiki, yangi jamiyat uchun ta’rifi berilgan zarur 
shart-sharoitlar nafaqat pishib yetilgani yo‘q, ularning yaqin kelajakda tarkib 
topishi ham amrimahol. 


179 
Jamiyat har bir xodimning istalgan ishlab chiqarish vositalari bilan to‘la-
to‘kis erkin birlashuvini ro‘yobga chiqarish amalda mumkin emas, zero, 
birinchidan, iqtisodiyot moddiy-texnika bazasining darajasi va jamiyatdagi 
mehnat taqsimoti chuqurligi shundayki, mehnat faoliyati xilma-xil turlarining 
rang-barangligi shu qadar cheksizki, mehnat sohasini erkin o‘zgartirish 
imkonini bermaydi. Ixtisoslikni o‘zgartirish mehnat taqsimotining shunday 
holatini taxmin etadiki, u mehnat faoliyatining turli ko‘rinishlari o‘rtasida 
«choh 
bo‘lmasligini», 
aksincha, 
faoliyat 
sohasining 
«og‘riqsiz 
o‘zgartirilishini» amalga oshirish imkonini berishi lozim. 
Ikkinchidan, inson mehnat faoliyatining hozir mavjud bo‘lgan barcha 
turlarini yoki hech bo‘lmaganda, uning aksariyat qismini o‘zlashtirishga qodir 
emas, jamiyatning ixtiyorida esa, shaxsning har tomonlama rivojlanishini 
ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar va vositalar samarasiz foydalanishga, 
ijtimoiy mehnatning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Zero, ana 
shunday shaxsni shakllantirishga juda ko‘p mablag‘ sarflangan jamiyat samara 
tarzida undan faoliyatning cheklangan sohasdagi natijani qo‘lga kiritar edi, 
xolos. Hozir jamiyatga chuqur professional va maxsus bilimlar kerak, 
vaholanki, mehnatni o‘zgartirishning ob’ektiv zaruratini hozirning o‘zidayoq 
fan-texnika taraqqiyoti taqozo etmoqda. Bu kelajakda ishchi kuchi yuksak 
safarbarligining asosi sifatida umumta’lim tayyorgarligini jiddiy ravishda 
kengaytirishni talab qiladi. Shu jihatdan qaraganda, bizning ta’lim tizimimiz, 
aytish mumkinki, ana shu talablarga javob beradi. 
Hozir faraz sifatida shuni taxmin qilish mumkinki, nisbatan olis 
kelajakda, mutlaqo yangi texnologiyalar, texnika, materiallar paydo bo‘lib, 
buning natijasida mehnat faoliyati turlarining bir-biriga sezilarli darajada 
yaqinlashuvi ro‘y berib, faoliyat turlari o‘rtasidagi jiddiy farqlar bartaraf 
etilgach, erkin mehnat, har tomonlama rivojlangan shaxs uchun faoliyat 
sohasini erkin o‘zgartirish davri va yalpi umumxalq mulki davrlari boshlanadi, 
ayni vaqtning o‘zida bu jamiyat har bir a’zosining barcha ne’matlarga yakka 
egaligini amalga oshirish shakli bo‘ladi. Ammo bu hozircha xom xayoldir. 
Lekin kim biladi, ehtimol, bu «xom xayollar» ham vati kelib voqelikka 
aylanar, axir odamlar yer yuzida adolat, tenglik va ozodlik hukm surishini 
juda-juda istashadiku. 
O‘zbekiston Respublikasining 8 dekabr 1992 yilda qabul qilingan 
Mustaqillik Konstitutsiyasida shunday deyilgan: “Bozor munosabatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil 
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqiy ustunligini 
hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha 
mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar 


180 
muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. 
Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan 
mahrum etilishi mumkin”.
52
Buning chuqur ma’nosi quyidagilardan iborat: iqtisod xo‘jalik yuritish 
tizimi sifatida insonlarni yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha boyliklar bilan 
ta’minlaydi. Inson iqtisodning markaziy figurasi. Iqtisodning ikkinchi muhim 
elementi tabiatdir. Ishlab chiqarish vositalari iste’mol buyumlari va 
infratuzilmalardan iboratdir. 
Mulkiy munosabatlar iqtisodning asosiy negizini tashkil etadi. Mulkiy 
munosabatlar insonni mulkka, iqtisodiy voqelikka bevosita bog‘liqligini 
belgilaydi hamda predmet va ob’ektlardan unumli foydalanishga undaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1990 yil 31 oktyabrda qabul qilingan 
“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunida respublikada 
iqtisodiyotning samarali amal qilishi va xalq farovonligining o‘sishi uchun 
imkoniyat yaratuvchi har qanday mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. 
Mulk turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Mulk shakllari deb mulk 
sub’ektining belgilari bo‘yicha tavsiflanishiga aytiladi. O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining 
“O‘zbekiston 
Respublikasida 
mulkchilik 
to‘g‘risida”gi 
qonunida
53
O‘zbekiston Respublikasida mulkning quyidagi shakllarda bo‘lishi 
ta’kidlangan: 
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; 
- jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ 
mulklari, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat 
korxonasi jamoasining, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar konsern 
(konsorsium)larining mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, 
yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki; 
- Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ma’muriy-hududiy 
tuzilmalar (kommunal) mulkidan iborat bo‘lgan davlat mulki; 
- aralash mulk; 
- qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, 
shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki. 
U turli mulk, ob’ektlarning mulk egasiga tegishliligini belgilaydi. Mulk 
ikki – ommaviy va xususiy ko‘rinishlarga ega. Ommaviy mulk mulkiy 
52
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. 8 декабрь 1992 йил. 53-моддаси. 
https://lex.uz/ru/docs/20596 
53
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасида мулкчилик тўғрисида”ги 
қонунининг 4-моддаси. 1990 йил 31 октябрь, 152-XII-сон. https://lex.uz/ru/docs/111466 


181 
oborotlar va munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lgan davlat hamda munitsipal 
organlarning huquqiy holatini o‘z ichiga oladi. Fuqarolarning xususiy mulki 
individning mulkka egalik qilishining huquqiy shaklini tavsiflaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida konstitutsion tuzumning asosini quyidagi 
ikki asosiy qoida belgilaydi: 
- xususiy mulk tan olinadi; 
- barcha mulk shakllarining daxlsizligi bir xil himoya qilinadi. 
Xususiy mulk shaxsiy mulkning aynan o‘zi emas, unga qaraganda yanada 
kengroq tushunchadir. Bu tushuncha nafaqat shaxsiy manfaatlarni qondiruvchi 
predmetlar (uy, avtomobil, qimmatbaho buyumlar va shu kabilar)ni, balki 
foyda olishni maqsad qilib olgan sanoat, moliya va savdo korxonalarini o‘z 
ichiga oladi. Ularning egalari (jismoniy va yuridik shaxslar) qonunlarga itoat 
etishlari, soliqlarni to‘lashlari, ularni tasarruf etishlari yoki amaldagi 
qonunlarga rioya qilgan holda o‘z xohishlari asosida foydalanish huquqiga 
egadirlar. 
Respublika iqtisodiyotida erkinlashtirish jarayoni amalga oshirilmoqda va 
bu jarayon eng muhim masalani – mulk masalasini, ko‘p ukladli iqtisodiy 
tuzumni va unda xususiy mulkning hal qiluvchilik rolini ta’minlashni taqozo 
etadi. Mulkdorlar sinfining shakllanishi jamiyatda barqarorlik va iqtisodiy 
o‘sishni kafolatlaydi. Iqtisodiy tuzumda kichik, o‘rta va xususiy biznesni 
rivojlantirishga alohida e’tibor qilinmoqda. Tadbirkorlik tuzilmalarining 
moddiy, moliya va kredit resurslariga egalik qilish jarayoni erkinlashtirilmoqda, 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mamlakat ichidagi hamda xorijdagi 
bozorlarga yetkazishni kafolatlaydigan tuzilmalar tashkil etilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining rivojlantirilishi 
davlatning iqtisodiyotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartiradi: xalq 
xo‘jaligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvchi organdan davlat iqtisodiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi hamda respublikaning barcha hududlarida 
bozor munosabatlari muhitining birligi; iqtisodiy faoliyatning erkinligi; tovar, 
xizmat va moliyaviy mablag‘larning erkin harakati; raqobat kurashini qo‘llab-
quvvatlash kabi tamoyillarni amalga oshiruvchi tashkilotga aylanmoqda. 
Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy 
faoliyat va tadbirkorlik erkinligini ta’minlaydi. “Tadbirkorlik va tadbirkorlik 
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni
54
tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
qilish hamda kafolatlarini belgilovchi munosabatlarni boshqaradi. Ushbu 
qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin 
54
Ўзбекистон Республикасининг “Тадбиркорлик ва тадбиркорлик фаолиятининг 
кафолатлари тўғрисида”ги қонуни. 1999 йил 14 апрель, 755-I-сон. https://lex.uz/ru/docs/66268 


182 
ishtirok etishlari va ularning manfaatdorligi va ishchanlik faolligini oshirish 
uchun shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 
Davlat tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga teng huquqlarni kafolatlaydi va 
moddiy-texnika, moliya, mehnat, axborot, tabiiy va boshqa resurslardan 
foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, tijorat siri hisoblangan 
axborotni himoya qilinishini kafolatlaydi. 
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlarini kamsitishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Davlat hususiy mulkni boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz deb e’lon qilib, 
turli mulk shakllari o‘rtasida tabiiy raqobatning yuzaga kelishi uchun keng yo‘l 
ochib beradi. Mulk shakllarining bir ko‘rinishidan ikkinchisiga o‘tishi, 
tadbirkorlikning turli shakllari yuzaga kelishi dastlabki davrda erkin amalga 
oshirilgan bo‘lsada, muayyan bu jarayonga tashqaridan ta’sir qilish hollari ham 
mavjudligini e’tirof etish lozim. 
Davlat va uning tegishli organlari qonunda belgilangan hollarda mulk 
sub’ektini unga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish 
huquqidan mahrum etishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng 
mulkchilikni muhofaza qilish masalalarida tadrijiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bobida mulkchilikning turli 
shakllarini tan olish va himoya qilish bo‘yicha butunlay yangi bo‘lgan holatlar 
qonuniy qilib mustahkamlangan. Ushbu konstitutsiyaviy holatlar “O‘zbekiston 
Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunda
55
mulk biron-bir shaxsga, 
jamoaga, davlatga tegishli bo‘lishi, qo‘shma korxonalar, chet el fuqarolari, 
tashkilotlar, davlatlar, xususiy xorijiy yuridik shaxslarga tegishli bo‘lishi 
mumkin deyilgan. Masalaning bunday hal etilishi, mulk shakllarining faqat 
tengligini e’lon qilish bir xil bo‘lgan huquqiy himoyasini hamda faqat davlat 
ixtiyorida bo‘lishi kerak bo‘lgan mulklardan tashqari mulkchilik huquqi 
ob’ektlarining teng huquqliligini bildiradi. Masalan, avvalgi qonunchilikdan 
farqli ravishda “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi 
qonunda yer uchastkalari, dala hovli, bog‘ hovlilari, aksiyalar, obligatsiyalar 
va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar, sarmoyalar, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 
turli hil korxonalar, shuningdek, boshqa mulklar fuqarolar ixtiyorida bo‘lishi 
mumkin deb yozib qo‘yilgan. Havfsizlik nuqtai nazaridan yoki xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan fuqarolarga tegishli bo‘la 
55
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасида мулкчилик тўғрисида”ги 
қонунининг 4-моддаси. 1990 йил 31 октябрь, 152-XII-сон. https://lex.uz/ru/docs/111466 


183 
olmaydigan mulk bundan istisnodir. Bunda fuqarolar tomonidan qonuniy 
tarzda sotib olingan mulkning narxi va miqdori qonun bilan chegaralanmaydi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling