177
2. Sherikchilik mulki. Sherikchilik mulki
birgalikda tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir nechta huquqiy yoki jismoniy
shaxslarning mol-mulki, kapitali u yoki bu shaklda birlashishini taxmin qiladi.
Bu o‘rinda gap ta’sischilarning paychilik badallari (ishlab chiqarish vositalari,
yer, pul, moddiy boyliklar, yangi g‘oyalar) asosida
korxonani tashkil etishi
haqida bormoqda. Bunday korxonalar to‘liq yoki cheklangan mas’uliyat
asosida tashkil etilishi mumkin.
Mas’uliyat to‘liq bo‘lganida jamiyat ta’sischilari qarz beruvchi oldida
o‘zlarining jamiki mol-mulklari bilan,
shu jumladan, mazkur korxonaning
sherikchilik mulki bo‘lmagan mol-mulklari bilan to‘liq javobgardirlar. Buning
ustiga javobgarlik ikki tomonlamadir: qarz beruvchi bilan hisob-kitob qilish
vaqtida sheriklardan birining mablag‘i
yetishmay qolsa, qarz uning sherigi
mol-mulki bilan qoplanadi.
Mas’uliyati cheklangan sherikchilik korxonalarida ularning ta’sischilari
o‘z kreditorlari oldida faqat kapital (aksiyalar paketi) munosabatlarda ularning
har biriga tegishli ulushi miqdorida javobgardirlar. Ularning mol-mulkka doir
mas’uliyati qatnashchilarning mulkiy ob’ektlariga yoyilmaydi, sababi,
ularning sherikchilik korxonasi mulkiga aloqasi yo‘q. Bunday korxonalarning
aksiyalari faqat ularni ta’sis etuvchilar o‘rtasida tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: