H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
7.7. Milliy iqtisodiyot Milliy iqtisodiyot yoki milliy iqtisodiy tizim – bu mamlakatni rivojlantirish, faoliyat ko‘rsatish omillari (ichki va tashqi, iqtisodiy va noiqtisodiy) butun majmuini aks ettiruvchi va o‘zida umumiy iqtisodiy qonuniyatlar amalga oshirilishini izohlovchi xususiyatlarni mujassam etgan mamlakat iqtisodiy tizimidir. Tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy-geografik, texnologik, ijtimoiy-madaniy xarakterdagi omillarni milliy iqtisodiyotning rivojlanishga faoliyat ko‘rsatishining o‘ziga xos omillari sirasiga kiritsa bo‘ladi. Ular, odatda, turg‘unligining uzoq muddatliligi va tezkor o‘zgarishlarga moyil emasligi bilan farq qiladi. Iqtisodiyot va ijtimoiy mahsulotning va mulkchilikning u yoki bu tarkibiy tuzilishi, davlatning u yoki bu roli, iqtisodiyotning tashqi olamga u yoki bu ochiqlik darajada, jamiyatdagi ijtimoiy adolatning qanday talqin etilishi, iqtisodiy siyosatdagi u yoki bu ustuvor jihatlar va hokazolar ularning oqibati hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot xo‘jalikning u yoki bu shakli, formatsiya yoki industriyaning rivojlanish darajasi bilan bog‘liq emas. U jamiyatning turli- tuman bosqichlarini o‘zida aks ettirib, ularga milliy xoslik bag‘ishlashi mumkin. U ko‘prok sivilizatsiyalashgan tizimlar bilan qiyoslanadi, u yoki bu cheklangan sivilizatsiya xususiyatlarining ma’lum ifodasi hisoblanadi. Hozirgi sharoitlarda milliy iqtisodiyot aralash iqtisodiyotning milliy modeli ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyot uchun alohida bir maqsadni ko‘zlash, boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning odatdagi maqsadlari (samaradorlik, farovonlik va hokazolar)dan tashqari, har bir mamlakat iqtisodiyoti oldida uning rivojlanish shart-sharoitlari va darajasi bilan izohlanuvchi o‘ziga yarasha maqsadlar turishi hosdir. Milliy iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishi mamlakat milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uning milliy iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirish avfzalliklarini o‘zda mujassam etishi kerak. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va uning jahon xo‘jalik tizimidagi rolini kuchaytirish ana shunday manfaatlar sirasiga kiradi. Mamlakatning yagona iqtisodiy hududini ta’minlash iqtisodiyot umummilliy va mintaqaviy darajalarining maqbul nisbatga o‘rnatish milliy iqtisodiyotning muhim jihatlari hisoblanadi. Shuningdek, u mamlakat ilmiy an’analari va milliy iqtisodiy tafakkur xususiyatlarini o‘zida mujassam etishi 168 kerak. Jumladan, u mamlakatimiz iqtisod fani uchun iqtisodiyotning ijtimoiy jihatlariga, xalq xo‘jaligi vazifalariga alohida e’tibor hamisha xos bo‘lib kelgan. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling