H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Seminar mashg‘ulotda muhokama qilish uchun savollar
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 BOB. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR. ARALASH IKTISODIYOT. MILLIY IQTISODIYOT.
Seminar mashg‘ulotda muhokama qilish uchun savollar
1. Ishlab chiqarish nazariyasining asosiy qoidalari nimalar? 2. Ishlab chiqarishni keng aytirish ko‘lami va samarasi. Almashuv samarasi. 3. Ishlab chiqarish omillari va ularning funksiyalari. Mustaqil ta’lim uchun savollar 1. Ishlab chiqarish omili tarkiban nimalardan iborat ? 2. Umum qabul qilganidek, ishlab chiqarish omillariga kapital (k) va mehnat (1) kiradi, tadbirkorlik faoliyati qanday sarflarni o‘z ichiga oladi? 3. Ishlab chiqarish qanday davrlarni aniqlab beradi? 154 7 BOB. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR. ARALASH IKTISODIYOT. MILLIY IQTISODIYOT. Buyruqbozlik iqtisodiyoti ham, erkin bozor iqtisodiyoti ham... juda ham oxirgi hodisani tasavvur etadi. Barcha mamlakatlarning iqtisodiyot tizimi aralash tizim bo‘lib hisoblanadi. S.Fisher, R.Dornbush, R.Shomalenzi Iqtisodiy tizim bu iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liq va ma’lum darajada tartibga solingan elementlarining yig‘indisidir. Iqtisodiyotning tizimli xarakteridan tashqarida iqtisodiy munosabatlar va institutlarning takror ishlab chiqarilishi (muntazam yangilanib borishi), iqtisodiy qonuniyatlarning amalga oshishi mumkin bo‘lmasdi, iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni nazariy idrok etish ham tarkib topmasdi, shuningdek, aniq maqsadga qaratilgan va samarali iqtisodiy siyosatning ham bo‘lishi mumkin emasdi. Hayot amaliyoti iqtisodiyotning tizimli xarakterini muntazam tasdiqlab kelmoqda. Ob’ektiv mavjud bo‘lgan iqtisodiy tizimlar nazariy (ilmiy) iqtisodiy tizimlarda o‘z ilmiy ifodasini topmoqda. Iqtisodiyotning tizim sifatidagi keng ko‘lamli (ilk) tahlili siyosiy iqtisodiyot klassik maktabining asoschisi A.Smit tomonidan uning asosiy ilmiy asari - 1776 yilda nashr etilgan «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari haqidagi tadqiqot» (qisqartirilgan nomi «Xalqlar boyligi») asarida berilgan. Keyingi ilmiy-iqtisodiy tizimlar orasidan, avvalambor, D.Rikardo (1817 y.), F.List (1841 y.), J.S.Mill (1848 y.), K.Marks (1867 y.), K.Menger (1871 y.), A.Marshall (1890 y.), J.Keyns (1936 y.), P. Samuelson (1951 y.) tomonidan yaratilgan tizimlarni ajratib ko‘rsatish lozim. Iqtisodiyotning tizimliligi haqida tasavvurga urg‘u bergan o‘tmishdagi iqtisodchilaridan bo‘lgan I.T.Pososhkov, A.I.Butovskiy, N.G.Chernыshevskiy, M.I.Tugan-Barvnovskiy, A.I.Chuprov, P.B.Struve, V.I.Ulyanov (Lenin) va N.D.Kondratevlarni ta’kidlab o‘tish kerak. Sobik ittifoq iqtisodiyot fanining ko‘zga ko‘rinarli nazariy tizimlari K.V.Ostrovityanov, A.M.Rumyansev, N.A.Sagolov, G.A.Kozlov, V.A.Medvedev, A.Aminovlar tahriri ostidagi siyosiy iqtisod darsliklarida o‘z aksini topgan. Jahon iqtisodiy tafakkuri tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvlarni birlashtirish, mamlakatdagi iqtisodiy voqelikning murakkab manzarasini va mamlakat ilmiy maktabi an’analarini aks ettirish zaruratini mamlakat iqtisodiy fanining ilmiy iqtisodiy tizimlarini shakllantirishni hozirgi davrning asosiy 155 muammosi deb xisoblash mumkin. Respublikamizda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng nazariya va amaliyotda ko‘zga ko‘ringan iqtisodchilar jumlasiga I.A.Karimov, S.S.G’ulomov, M.L.Tursunxodjayev va boshqalarni kiritish mumkin. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling