H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘tish jarayonlarining o‘ziga xos
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘tish iqtisodiyoti» tushunchasi haqida
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘tish jarayonlarining o‘ziga xos
jihatlari O‘zbekiston yuqorida aytib o‘tilgan uchinchi guruh mamlakatlari qatoriga kiradi. Shuning uchun uning o‘tish jarayoni o‘ziga xos jihatlari ma’lum darajada sobiq sotsialistik mamlakatlarning o‘tish holati jihatlarini tavsiflaydi. Birinchidan, bu o‘tish jarayonidan avvalgi o‘ziga xos boshlang‘ich holat - rejali iqtisodiyot. Bunda iqtisodiyotdagi aloqalar xarakteri odatdagi industrial- bozor tizimidagi aloqalardan mutlaqo o‘zgacha. Shu sababli bunday mamlakatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi ma’lum ma’noda o‘z indallosidan boshlanadi. Ikkinchidan, bunday mamlakatlarda o‘tish jarayonlari ilg‘or tamoyillarni shunchaki orttirish yo‘li bilan kechmaydi, ular iqtisodiyotning tub sifat o‘zgarishlari, avvalgi munosabatlarning yemirilishi bilan muqarrar bog‘liqdir. Shu ma’noda olganda, bu tadrijiy rivojlanish emas, inqilobiy jarayondir. Uchinchidan, jamiyatning mavjud ishlab chiqarishi tarkibiy tuzilishini, iqtisodiyoti tuzilishini barbod etish zarurati ana shu o‘zgarishlar jarayonida talaygina ijtimoiy-iqtisodiy chiqimlar (ishlab chiqarishning o‘zgarish vaktidagi tushkunligi, aholi hayot darajasining pasayishi, mentalitetning o‘zgarishi v.h.) muqarrar ekanligini anglatadi. To‘rtinchidan, O‘zbekiston o‘tish iqtisodiyotining o‘ziga xos jixatlari ma’lum darajada respublikalararo xo‘jalik aloqalarining uzilishi, sobiq ittifoqining hamda O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashining parchalanishi bilan izohlanadi. Beshinchidan, O‘zbekistonning o‘ziga xosligi Osiyo qit’asidagi boshqa sotsialistik mamlakatlarga nisbatan unda sotsialistik (rejali) iqtisodiyot ayniqsa, uzoq vaqt hukm surganligida namoyon bo‘ladi. «O‘tish iqtisodiyoti» tushunchasi haqida Hozirgi dunyo o‘tish holatining murakkabligi, serqirraligi «o‘tish iqtisodiyoti» atamasining mazmuni bir xil emasligi bilan ham izohlanadi. Ta’kidlab o‘tilganidek, jahon hamjamiyatining barcha mamlakatlari ma’lum darajada o‘tish holatida turibdi, keng ma’noda olganda, butun jahon iqtisodiyotini bugungi kunda ana shunday -«o‘tish iqtisodiyoti», desa bo‘ladi. Shu bilan birga, uning ichida o‘tish iqtisodiyotining bir necha xil turlari mavjud. Amalda, o‘tish iqtisodiyoti haqida gap borganida, u ana shunday, nisbatan tor ma’noda tushuniladi. Shu ma’nodan kelib chiqadigan bo‘lsak, 298 «o‘tish iqtisodiyoti»ni mamlakatlar iqtisodiyoti, desa bo‘ladi. Biz Rossiya, O‘zbekiston, Ukraina, Litva, Polsha, Chexiya, v.h. mamlakatlarning o‘tish iqtisodiyotini nazarda tutyapmiz. Shu o‘rinda mamlakatlarning o‘tish iqtisodiyoti (keyingi bayonlarda uni ana shunday deb tushunamiz) - jahon hamjamiyati ulkan o‘tish holatining bir qismi ekanligini unutmaslik lozim. Bu shuni anglatadiki, masalan, O‘zbekistonning o‘tish iqtisodiyoti, birinchidan, mamlakat ichki xususiyatlarini, ikkinchidan, boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlardagi shu xildagi jarayonlar bilan umumiy jihatlarni; uchinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘tish jarayonlari (davlat mulkiga egalikning o‘zgarishi, bozor munosabatlarining keng ko‘lam kasb etishi va h-k.) bilan ba’zi o‘xshash jihatlarni; to‘rtinchidan, bu juda muhim, postindustrial jamiyatga o‘tish jihatlarini ham o‘z ichiga oladi. So‘nggi jihatni inkor etish O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon taraqqiyotining yagona oqimidan ajratib olishni anglatgan bo‘lar edi, bu har tomonlama to‘g‘ri emas. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling