H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Xususiylashtirish va uning mulkka egalikni o‘zgartirishdagi roli


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Xususiylashtirish va uning mulkka egalikni o‘zgartirishdagi roli 
Xususiylashtirish mulkni davlat tasarrufidan chiqarish ko‘rinishlaridan 
biri, ishlab chiqarishning bozor tizimiga o‘xshash iqtisodiyot tuzilmasini 
tashkil etishning muhim vositasidir. Xususiylashtirish nafaqat yakka tartibdagi 
xususiy mulkni tashkil etish bilan, shuningdek, - bu ko‘proq kuzatiladi, - 
aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidagi jamoa - shaxsiy mulkining tashkil etilishi 
bilan ham bog‘liq. 
Xususiylashtirish o‘z-o‘zidan bozor iqtisodiyotiga ham xos hodisa. 
Hozirgi g‘arb jamiyatida xususiylashtirishga ehtiyoj davlat korxonalarining 
samarasiz faoliyat ko‘rsatishi oqibatida vujudga keladi. Bunda uni o‘tkazish 
shakl va usullarining rang-barangligi; saylanmaligi, ya’ni uning keng va 
zamonaviy xususiyatga ega emasligi; mazkur jarayonning uzoq vaqt davom 
etishi; zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni oldindan aniqlash zarurligi va 
nihoyat, qaytalanish odatda, uning jihatlari hisoblanadi. O‘tish iqtisodiyotidagi 
xususiylashtirish o‘z jihatlari bilan g‘arb mamlakatlaridagi shu xildagi 
jarayonlardan jiddiy farq qiladi. 
Ya.Kornaining 
ta’kidlashiga 
qaraganda, 
basharti 
Vengriyada 
xususiylashtirish «inglizcha» amalga oshirilganida, buning uchun 100 yil 
kerak bo‘lardi. Shuni aytish kerakki, sobiq sotsialistik mamlakatlar uchun ham 
xususiylashtirishning eng qisqa muddati o‘n yilliklar bilan o‘lchanadi.
O‘tish iqtisodiyotidagi xususiylashtirish rolining shubhali tomonlari ham 
bor. Ba’zida mulkka egalikni o‘zgartirishning barcha ko‘rinishlari 
xususiylashtirish bilan qiyoslanadi. Bu juda noto‘g‘ri soddalashtirishdir, zero, 
yuqorida 
ta’kidlanganidek, xususiylashtirish ana shu jarayonning 
ko‘rinishlaridan 
biri 
xolos. 
Bundan 
tashqari 
xususiylashtirishning 
murakkabligi, uzoq muddat davom etishi, talaygina chiqimlarni talab kilishi 
e’tiborni o‘ziga jalb etadi. Nixoyat, xususiylashtirish, avvalambor, o‘z - 
o‘zidan rasmiy hodisadir. U ko‘targan samaradorlikning avtomatik ravishda 
oshishini ta’minlamaydi, boshqa shart - sharoitlar bilan mustahkam bog‘liq, bu 
shart - sharoitlar turlicha bo‘lishi mumkin: bozor infratuzilmasi institutlari
tegishli huquq tizimi kerak bo‘ladi, xo‘jalik yuritish tafakkurining o‘zgacha 
(bozor) ko‘rinishi shakllanishi lozim. 
Muhimi xususiylashtirish emas, xususiy tartibdagi sektorni tashkil etish, 
degan qat’iy nuqtai nazar bilan bir qatorda, ma’lum takliflar ham mavjud: 
o‘tish iqtisodiyotida asosiy e’tiborni eskirgan korxonalarni xususiylashtirishga 
emas, yangi shaxsiy korxonalarni tashkil etishga qaratish kerak, degan taklif 


310 
shular jumlasidan. Bu yo‘l nisbatan samaraliroq hisoblanadi, chunki rejali 
iqtisod usullarini qo‘llash uzoq davom etishini darhol istisno qiladi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling