H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Tashqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Tashqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish 
Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashtirish mutlaqo zarur
iqtisodiyot ichki munosabatlarini erkinlashtirishning mantiqiy oqibatidir. 
Iqtisodiyotda samarali bozor mexanizmi ana shu iqtisodiyot jahon bozor 
munosabatlari bilan yaqin aloqada bo‘lgan taqdirdagina tashkil etilishi 
mumkin. Bundan tashqari, shu o‘rinda turli mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalar iqtisodiy va huquqiy ko‘rinishlarining ma’lum uyg‘unligi muhimdir. 
Tashqi iqtisodiyotni erkinlashtirish o‘tish jarayonidagi o‘zgarishlarni amalga 
oshirish vaqtida yordam berish imkoniyatlarini kengaytiradi, o‘tish iqtisodiyoti 
vazifalari hal etilishini jadallashtiradi. 
Mamlakatga xorij investitsiyalari kirib kelishini kengaytirish tashqi 
iqtisodiy aloqalarni davlat tasarrufidan chiqarish, import borasidagi rahnamolik 
chegaralarini olib tashlash, eksportni erkinlashtirish (bojlar, kvotalar, litsenziya 
va imtiyozlarni bekor qilish) milliy valyuta konvertatsiyasini ta’minlash ana 
shunday erkinlashtirishning asosiy ko‘rinishlaridir. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 
ana shu ko‘rinishlarning hammasi ishlab turgan bozor mexanizmi 
samaradorligini oshiradi. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, ulardan rivojlangan 
bozor iqtisodiyotida to‘liq foydalanilmaydi. Davlat milliy ishlab chiqarishni 
himoya qilish maqsadlarida ma’lum cheklashlarni qo‘llaydi, bojxona 


305 
tariflaridan keng foydalanadi, turli xil ta’qiqlarni joriy etadi. Bu bozor 
mexanizmi tarkib topish jarayonini boshdan kechirayotgan, mavjud ishlab 
chiqarish shart-sharoitlariga hali mos bo‘lmagan o‘tish iqtisodiyotiga aloqador 
bo‘lishi o‘z - o‘zidan ayondir.
O‘zbek modelining ikkinchi bosqichida to‘rtinchi strategik vazifa – 
iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan 
tayyor maxsulot ishlab chiqarishga o‘tish, uning sifatini va raqobatga 
bardoshligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazishdan iborat. 
Shuning uchun o‘tish iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy erkinlashtirish 
siyosati nihoyatda maqbul bo‘lishi, ya’ni, bir tomondan, millatning ichki bozor 
munosabatlari jadal rivojlanishini va uning jahon xo‘jaligiga oson kirib 
borishini ta’minlashi, ikkinchi tomondan, mamlakat ishlab chiqarishining 
rivojlanishiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Umuman, 
O‘zbekistonda mazkur sohadagi o‘zgarishlar aynan barcha yo‘nalishlardagi 
tashqi munosabatlarni erkinlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Bir necha, o‘n 
yilliklar mobaynida birinchi marta chet el kapitalining oqib kelishi uchun 
rasman keng imkoniyatlar ochildi. Ayrim korxonalar va shaxslarning tashqi 
iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishiga ruxsat berildi. Markazlashgan 
import va eksport keskin qisqartirildi. 1992 - 1996 yillar mobaynida amalda 
O‘zbekiston eksportiga bojlar, kvotalar, litsenziya va imtiyozlar bekor qilindi. 
Rubl konvertatsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qator salmoqli qadamlar 
qo‘yildi.
Shu bilan birga, aytib o‘tilgan ko‘rinishlarning qarama - qarshiligi 
O‘zbekiston iqtisodiyotini tashqi iqtisodiy erkinlashtirish jarayoni 
qiyinchiliklar bilan kechganligini izohlaydi. Jumladan, chet el tovarlari importi 
uchun keng yo‘l ochib qo‘yilishi milliy ishlab chiqarishga jiddiy zarar 
yetkazdi. Buning oqibatida hukumat rahnamolik qilib, tovarlarning yalpi va 
alohida guruhlarini himoya qilishni (importga tariflarni) kuchaytirish 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ichki va jahon narxlari o‘rtasida farq bo‘lgani 
holda (jumladan, neft, ayrim metallarga) eksportga kvota va litsenziyalarning 
bekor qilinishi asossiz ravishda ko‘p miqdorda daromad olinishini, kapitalning 
chet elga «chiqib ketishi»ni keltirib chiqaradi, bu o‘z navbatida ma’lum 
darajadagi davlat nazorati saqlab qolinishini taqozo etadi. Rublning qisman 
konvertatsiyasi g‘oyasi iqtisodiyot barqaror bo‘lmagan bir sharoitda uning, 
«dollarlashtirilishi»ni, aholining o‘z mablag‘larini dollarga o‘tkazishi o‘sishini 
keltirib chiqaradi. Mazkur sohadagi siyosat va uning natijalari qarama-


306 
qarshiligi, boshqacha qilib aytganda, bevosita tashqi iqtisodiy erkinlashtirish 
xususiyatlarini o‘zida aks ettirdi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling