H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Haqiqiy bozor munosabatlarini shakllantirish - o‘tish
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotning ichki erkinlashtirilishi
13.3. Haqiqiy bozor munosabatlarini shakllantirish - o‘tish
iqtisodiyotining mazmun - mohiyati Rejali iqtisodiyotda tovar - pul munosabatlari rasman mavjud bo‘lgan. Ammo pul, narx-navo, oldi-sotdi bitimining tashqi ko‘rinishi ortida haqiqiy bozor mexanizmi turmas edi. Talab narx-navoga ta’sir o‘tkazmasdi, muvozanatli narxlar, raqobat bo‘lmagan. Narxlar markazlashgan holda sarf- xarajatlar asosida shakllanardi, ular jahon bozoridan ajralib kolgandi. Nisbiy narxlar ishlab chiqarish mutanosibligini aks ettirardi. Shuning uchun bozor ko‘rinishlarini ma’muriy - buyruqbozlik (rejali) tizimi ta’siridan ozod qilish, 303 ya’ni iqtisodiyotni, erkinlashtirish haqiqiy bozor munosabatlariga o‘tish yo‘lidagi asosiy chora bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning ichki erkinlashtirilishi Xalq xo‘jaligida iqtisodiyotning ichki munosabatlarini erkinlashtirish uch shart bilan bog‘liq. Birinchidan, narx - navoning shakllanish jarayonini markaziy boshqaruvdan ozod qilish - erkinlashtirishning eng muhim, birlamchi shartidir. Ikkinchidan, jismoniy va huquqiy shaxslar uchun savdo erkinligi joriy etilishi kerak. Uchinchidan, erkinlashtirishning tub va murakkab sharti - ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini bozor talablariga (ehtiyojga) bo‘ysundirishdir. Ana shu o‘zgarishlarning hammasi rejali iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan xo‘jalik yuritish tizimini, odamlarning turmush tarzi va tafakkurini keskin o‘zgartiradi, jamiyatda murakkab muammolarni va ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Narx-navoning «qo‘yib yuborilishi» darhol ularning jiddiy ko‘tarilishiga olib keladi, bu odamlarning haqiqiy daromadlari qisqarishini, aholi turmush darajasi pasayishini, iste’mol tuzilishining o‘zgarishini anglatadi, korxonalar uchun xom ashyo va materiallarni xarid kilishda, maosh to‘lashda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, 1992 yilning faqat yanvar oyida iste’mol narxlari 1991 yilning dekabr oyiga qaraganda 3,5 barobar ko‘tarildi, ayni vaqtda shu davrda haqiqiy maoshlar atigi 40 ga ko‘paydi. 1992 yilning yanvarida tovar oborotining jismoniy hajmi 1991 yilning yanvaridagi hajmning uchdan bir qismini tashkil etdi. Umuman 1992 yil mobaynida iste’mol narxlari 25 barobardan ziyodga ko‘tarildi. Nazariyada narxlarni qo‘yib yuborishning ikki varianti: biryula (shok holatiga soluvchi) va asta - sekin (darajalashtirib) qo‘yib yuborish variantlari ajratiladi. Aslida haqiqiy erkinlashtirish siyosati «aralash» xususiyatga ega bo‘lib, u yoki bu variant tomoniga egib turadi. Erkinlashtirishdan avvalgi bozor munosabatlari naqadar sust rivojlangan bo‘lsa, «shok holati» variantining samarasi shu qadar kam bo‘ladi. Shu ma’noda olganda, O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish jarayoni nisbatan qisqa vaqtda o‘tgan bo‘lishiga qaramay, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlarga nisbatan qiyinroq kechdi. 1992 yilning yanvariga kelib ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar (elektr quvvati va transport narxi bundan mustasno) narxining 80 foizi, iste’mol tovarlari narxining 90 foizi erkinlashtirildi. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar aksariyatining narxi 5 barobar ko‘tarildi. Shundan keyin ham narx-navoning 304 ko‘tarilish jarayoni davom etdi. 1996 yilning boshlariga kelib narxlarni erkinlashtirish amalda tugallandi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish ishlab chiqarish sohasida keskin qarama- qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, bir talay korxonalar, ayniqsa harbiy-sanoat majmui tarmoqlaridagi davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlashga ko‘nikkan korxonalar darhol o‘z mahsulotlariga xaridorlarni yo‘qotishadi. Ikkinchidan, bozor sharoitlariga tushib qolgan korxonalar ko‘pincha bozorda raqobatga, ayniqsa xorij mahsulotlari bilan musobaqalashishga qodir emasligi ma’lum bo‘lib qoladi. Uchinchidan, mahsulotni sotish borasidagi qiyinchiliklar xom-ashyo va materiallarni xarid qilish muammosini, ya’ni faoliyat yuritish muammosini keltirib chiqaradi. To‘rtinchidan, ishlab chiqaruvchilarning mushkul ahvoli aholi talabining qisqarishi natijasida yanada og‘irlashadi. Beshinchidan, ilgari davlatdan yordam olib turgan ishlab chiqarishlar (birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi) ayniqsa og‘ir ahvolga tushib qoladi. Oltinchidan, iqtisodiyotni erkinlashtirish rejali tizimning yuqoridan berilgan topshiriqlarini bajarishga, mahsulot realizatsiyasi va zarur resurslarni olish haqida o‘ylamaslik sharoitida tarbiyalangan eski direktorlar korpusiga g‘oyatda zid edi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling