H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 O‘tish iqtisodiyotida xususiy mulk tarkibiy tuzilishining o‘zgarishi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
13.4. O‘tish iqtisodiyotida xususiy mulk tarkibiy tuzilishining o‘zgarishi 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish - o‘ziga xos, ikki tomonlama jarayon. Bir 
tomondan, dastavval, mamlakatlar o‘z «bozori», bozor aloqalari tizimini 
shakllantirishlari: narxlarning erkin shakllanishi, savdo - sotiq erkinligi, 
raqobat munosabatlari, tegishli bozor infratuzilmasini ta’minlashlari zarur. 
Ikkinchi tomondan, bu juda murakkab, ishlab chiqarish sohasini 
o‘zgartirishlari, unda erkin tadbirkorlik asosida ish yurituvchi sub’ektlarning 
raqobat munosabatlarini ta’minlashga qodir bo‘lgan yetarli miqdordagi 
xo‘jalik sub’ektlarini tashkil etishlari kerak. Bozorga o‘tishning bu yo‘nalishi 
rejali iqtisodiyotga xos bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini jiddiy ravishda 
o‘zgartirish bilan bog‘liq. 
Davlat tasarrufidan chiqarish xususiy mulkni o‘zgartirishning asosiy 
mazmunidir 
Rejali iqtisodiyotda ishlab chiqarish vositalariga egalikning ikki 
ko‘rinishi: davlat (umumxalq) va jamoa xo‘jaligi - kooperativ ko‘rinishlari 
ajralib turadi. Bundan tashkari, fuqarolarning iste’mol buyumlaridan iborat 
shaxsiy mulklari mavjuddir. Ammo ana shu shakllarning tub jihati davlatning 
ustuvorligi, ya’ni hayot va faoliyatning ruxsat berilmagan barcha ko‘rinishlari 
davlat tomonidan tugatilishi, iqtisodiy munosabatlarning barcha sohalarida 
totalitar nazoratning hukmronligi edi. 
Ayniqsa, bu xalq xo‘jaligidagi barcha mehnat vositalarining 90 foizini o‘z 
ichiga olgan bevosita davlat mulki doirasida yaqqol namoyon bo‘lardi. Shu 
bilan birga kooperativlar mulkining rivojlanishi ham Davlat Ko‘rsatmalari 
bilan tartibga solinardi. Fuqarolarning shaxsiy mulki ham (bog‘ hovlisining 
kattaligi, undagi uyning balandligi va hokazolar) davlatning cheklashlari va 
ta’qiqlari bilan «qamrab olingan» edi.


308 
Shuning uchun rejali iqtisodiyotda shakllangan mulkiy munosabatlarni 
o‘zgartirishning asosiy mazmuni bu aytib o‘tilgan davlat ustuvorligini yengib 
o‘tish, ya’ni shu sohadagi totalitar davlat hukmronligini tugatishdir. Davlat 
tasarrufidan chiqarish mulkka egalikning barcha ko‘rinishlarini qamrab oladi. 
Bevosita davlat mulki doirasida bu, avvalambor, amaldagi uning 
monopoliyasini bartaraf etishda, mulkka egalikning boshqa ko‘rinishlariga 
«ruxsat berilishida» - mulkka egalik ko‘rinishlarining plyuralizmida namoyon 
bo‘ladi. Keyinchalik, saqlanib qolgan davlat korxonalari o‘z faoliyati 
xususiyatlarini tubdan o‘zgartirishdan tijoratlashtirish shart-sharoitlariga
rejali boqimandalik shakllaridan (yordam pullari, imtiyozlar, qulay narxlar, 
qat’iy buyurtmalar va hokazolardan) voz kechishlari; xo‘jalik yuritishning 
boshqa ko‘rinishlari bilan teng shart-sharoitlar, jumladan, qat’iy budjet 
cheklanishlariga o‘tishlari, jadal harakat qilish maqsadlarida tijorat 
ko‘rinishlaridan keng foydalanishlari zarur. Nihoyat, mazkur sohadagi davlat 
tasarrufidan chiqarishning yo‘llaridan biri - xususiylashtirish, ya’ni mulkka 
egalikning davlat ko‘rinishini shaxsiy egalikka almashtirishdir. 
Kooperativ mulk bozor tizimiga ham xos. O‘tish iqtisodiyotida davlat 
tasarrufidan chiqarish jarayoni uning barcha a’zolari haqiqiy ko‘ngilliligi, 
xo‘jalik faoliyati mustaqilligi, bozor munosabatlari sub’ektlarini barcha 
imkoniyatlar va huquqlar bilan ta’minlashdan iborat. Shaxsiy mulk sohasidagi 
totalitar cheklanishlarni bartaraf etish taqsimotda tenglikni yengib o‘tishda, 
ma’lum shaxsiy mulkka egalik qilish huquqlari borasidagi cheklanishlarni 
tugatishda, shaxsiy daromadning ko‘p sonli manbalari paydo bo‘lishida 
namoyon bo‘ladi. 
O‘tish iqtisodiyoti doirasida mulkka egalikni o‘zgartirishning muhim 
sharti - shaxsiy mulkni jadal rivojlantirish hisoblanadi. Bu o‘tish 
iqtisodiyotining tadbirkorlik asosida butun iqtisodiyotni o‘zgartirish 
qobiliyatiga eng ko‘p darajada ega bo‘lgan o‘ta harakatchan qismidir. Tajriba 
shuni ko‘rsatadiki, o‘tish iqtisodiyotining boshlang‘ich bosqichlarida shaxsiy 
mulk ko‘pincha muomala sohasida vujudga keladi, ba’zan o‘rtacha 
korxonalarni qamrab oladi. 1996 yilda O‘zbekistonda 9 mingta kichik 
korxonalar mavjud bo‘lib, ularda 15 millionga yaqin kishi band edi. Taxminan 
30 million kishi yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanardi. Ular 
birgalikda yalpi mahsulot ishlab chiqarishning 10 foizini (AQShda shunday 
korxonalar 50 foizdan ko‘p) ta’minlashar edi. O‘tish iqtisodiyotining ishlab 
chiqarish sohasida aytib o‘tilgan korxonalarning atigi 14,2 foizi mashg‘ul edi. 
Mazkur tamoyilning istiqboli g‘oyatda porloqdir.


309 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling