H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Rejali tizimni o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Rejali tizimni o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlari 
Rejali tizim o‘rnini qanday tizim egallashi kerak? Shubhasiz, tizim rejali 
iqtisodning asosiy kamchiliklarini yenga olishi zarur. Ma’lumki, rejali iqtisod 
- ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishga, aholi pirovard iste’molini 
qondirish, uning farovonligini oshirishga zarar keltirsa ham, miqdor ketidan 
quvishga yo‘naltirilgan, resurslari cheklangan tizim. Bu demak, iqtisodiyotni 
o‘zgartirish, uning rivojlanishini aynan iste’molni qondirishga bo‘ysundirish 
zarur. Ammo bunga iste’molning o‘zi ishlab chiqarishni rivojlantirishning 


302 
haqiqiy chegaralovchisiga aylangan holdagina, ya’ni talab cheklangan (bozor) 
tizimga o‘tilgan taqdirdagina erishish mumkin. 
Ko‘rsatmalar bilan yo‘naltiriluvchi rejali iqtisod ayrim korxonalarning 
tashabbuskorligini, resurslardan yanada to‘la va samarali fondalanish, 
xodimlarni rag‘batlantirish imkoniyatlarini cheklar edi. Bu demak, ishlab 
chiqaruvchilarni har xil buyruqlardan ozod qilish, shu ma’noda iqtisodiyotni 
davlat tasarrufidan chiqarish, uning har bir bo‘g‘inini o‘z faoliyatini tavakkal 
qilib, talabni qondirish maqsadida olib boruvchi, uning natijalari uchun 
javobgar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi mustaqil sub’ektga aylantirish zarur. 
Rejali iqtisod markazlashgan yagona tizim sifatida iqtisodiy musobaqani, 
ayrim bo‘g‘inlar o‘rtasidagi raqobatni istisno qilar edi, boshqarish oson 
bo‘lishi uchun bo‘g‘inlarning soni ham nisbatan ko‘p emasdi. Bu rejali tizim 
samaradorligini qo‘shimcha ravishda pasaytirardi, chunki ishlab chiqarish 
chiqimlarining kamaytirilishini, mahsulot sifatining yaxshilanishini, yangi 
mahsulotlar ishlab chiqarilishini, ilg‘or texnikaning joriy etilishini 
rag‘batlantirmas edi. Bu demak, iqtisodiyotni shunday o‘zgartirish zarurki, 
rosmana raqobat muhiti tarkib topishi, ya’ni yirik ishlab chiqarishni 
maydalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sonini sezilarli darajada 
ko‘paytirish, monopoliya borasidagi cheklashlarni bekor qilish zarur.
Aytib o‘tilgan yo‘nalishlar o‘rtasida ma’lum farqlar bo‘lishiga qaramay, 
ularning u yoki bu darajada bozor iqtisodiyotiga o‘tish zarurati bilan 
bog‘liqligi ko‘rinib turibdi. Bu rejali iqtisodiyot mamlakatlar uchun umuman, 
xo‘jalikning industrial turi xos ekanligi bilan ham izohlanadi. Ammo 
amaliyotning ko‘rsatishiga – xo‘jalikning bu turiga aloqalarning ikki xili: 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmali yoki bilvosita bozor aloqalari xos. To‘g‘ridan-
to‘g‘ri ko‘rsatmali aloqalar tizimi samarali emas ekan, uni bilvosita bozor 
aloqalari tizimi bilan almashtirish lozim.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling