H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Bozor infratuzilmasining tarkib topishi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Bozor infratuzilmasining tarkib topishi
Haqiqiy bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim vazifalaridan biri - bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil etishdir. Bozor iqtisodiyoti - o‘n millionlab ishlab chikaruvchilar va iste’molchilar o‘zaro aloqalarining g‘oyatda murakkab mexanizmidir. Bozor infratuzilmasi - tovar va pul oqimlari harakatini tashkil etish, ularni vaqt va mintaqa jihatlari bo‘ylab, bozor mexanizmi uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi ehtiyojlarini hisobga olib taqsimlash yo‘li bilan ana shu mexanizmga xizmat ko‘rsatuvchi iqtisodiy va huquqiy (bu juda muhim) muassasalar (institutlar) tizimidir. O‘tish iqtisodiyotida turli bozorlarni (tovarlar, mehnat, kapital bozorlarini) shakllantirish jarayonida asta - sekin tegishli institutlar: tovar va mehnat birjalari, turli xil mehnat bilan ta’minlash va kadrlarni qayta tayyorlash byurolari, fond va valyuta birjalari vujudga keladi, sifat jihatidan yangi bank tizimi tarkib topadi. O‘tish iqtisodiyotida bozor infratuzilmasi institutlarini shakllantirish bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, ularning aksariyati yangitdan, «bo‘sh joy»da tashkil etiladi. Masalan, kerakli iqtisodiyot yillarida tovar, fond va valyuta birjalari bo‘lmagan. Ikkinchidan, shu munosabat bilan, ularning tashkil etilish soni bozor ehtiyojlariga mos bo‘lmaydi. Jumladan, 1996 yilning 1 yanvariga kelib O‘zbekistonda 26 ta tijorat banki faoliyat yuritar edi, shuni ta’kidlash kerakki, shundan avvalgi bir yil mobaynida ularning soni to‘rtdan bir barobarga ko‘paydi, bungacha mavjud bo‘lgan banklarning aksariyati xonavayron bo‘ldi. Barcha banklarning yarmidan ko‘pini mayda, g‘arb banklari bilan raqobatlashishga qodir bo‘lmagan banklar tashkil etar edi. Uchinchidan, dastavval, barcha institutlar ham o‘zlariga tegishli vazifalarni o‘rinli bajarmaydi. Jumladan, bu ommaviy xom ashyo va oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha tovar bitimlarini tashkil etish bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan tovar birjalariga taalluqli. O‘zbekistonning birdaniga ko‘p miqdorda tashkil topgan dastlabki birjalari (faqat 1992 yilning o‘zida 4taga yaqin tovar birjalari ro‘yxatga olingan) har qanday tovarlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan. To‘rtinchidan, bunday institutlarning tashkil etilishi ba’zan tegishli huquqiy asoslarsiz kechgan, bu ularning faoliyat yuritishini qiyinlashtirdi, ko‘p sonli suiste’mollarga olib keldi. Beshinchidan, buni alohida ta’kidlash kerak, mazkur sohada tovlamachi tashkilotlar, moliyaviy piramidalar va hokazolar juda ko‘payib ketdi. 307 Bank tizimida tub o‘zgarishlar kechadi. Rejali iqtisodiyotga xos bo‘lgan yagona davlat bank tizimi o‘rniga ikki darajali, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga javob beradigan tizim tarkib topadi. Uning quyi darajasini ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida vositachi rolini bajaruvchi (bozor infratuzilmasining ko‘pchilik boshqa institutlari ham shu vazifani bajaradi) tijorat banklarining keng shahobchasi tashkil etadi. Ularning faoliyatini O‘zbekiston Markaziy banki hisob-kitob stavkalari va zahiralarning majburiy me’yorlarini belgilash yo‘li bilan boshqaradi. Bunday o‘zgarishlar rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan barcha mamlakatlar uchun xos. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling