H. Po'Iatov, N. Sodiqov Turk ertaklari (H. Po'Iatov, N. Sodiqov tarj.). T
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
2c209916c7534ace54599209314a282f
www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
ham bardosh berolmayapti. — Qo'zichog'im, Qora soqol! Bu jarohat til jarohati. Til uning boshiga musibat soldi. Birovga otda kelaman deb sirini aytib qo'ydi. Buo'shaning jarohati. Bundayjarohatni mingtadan bitta dori tuzatishi mumkin! Shu tog'ning orqasida Soqov buloq bor. Agar oyning oxirgi chorshanba kuni uch marta: «Dunyoda sening nomingga o'xshash nom yo'q, suving ham tengi yo'q suv», deyilsa, buloq uch qultum suv beradi. Shu suvni go'zallar mamlakatidan kelgan qiz Kojibekka eltib bersa, u hech narsa ko'rmagandek tuzalib ketadi. Suvni ichib bo'lgandan keyin, uch marta: «Seni, tilginam, qiyma-qiyma qilib tashlayman», desa, boshiga hech qachon musibat tushmaydi. Kumush qiz Oq soqol bilan Qora soqolni ko'rib anjirni unutib qo'yibdi. «Ko'zlarimga ishonaymi yoki quloqlarim-gami?» — deb, ularning gapiga quloq solibdi. Omadni
qarangki, shu kecha oy oxiridagi chorshanba kuni ekan! Taqdiri ilohiy nimalarga qodir-a: un elasang, g'alvirda kepagi qoladi! Bir vaqt shunaqangi qorong'i tushibdiki, hech narsani ko'z ilg'amasmish. Kumush qiz daraxtdan tushib, toqqa yo'l olibdi. U tong otmasdan yetib olarmikanmari, deb o'ylabdi. Qiz hamma narsadan umidini uzib ketayotgan ekan, qoya ortidan past bo'yli, to'ladan kelgan odam ko'rinibdi. Uning sochlari qop-qora, soqoli esa qordek oppoq emish. Ikki yonida ikkita dumaloq tugun bor emish, biri xuddi sochidek qop-qora, ikkinchisi soqolidek oppoqmish. Kumush qiz: «Bu qanaqa odam, qo'lidagi nimaykin?» — deb o'ylabdi. Uning yoniga borib, so'rabdi: — Kimsan? Mo'ysafid cholmisan yo Qora tog'amisan? Nimani o'rab, nimani yozyapsan? Mo'ysafid chol ham, Qora tog'a ham emasman, degandek boshini qimirlatibdi-da: — Nima qilayotganimni so'rayapsanmi? Kechasi g'altakka o'rayman, kunduzi yozaman, — debdi. Kumush qiz bu gapni eshitib, oq g'altakni yulqib olib qochibdi. Choi qora g'altakni yozib qolaveribdi. Tun rosa cho'zilibdi. Hadeganda tong otmabdi. Kumush qiz toqqa kun chiqmasdan yetib kelibdi. Pash-maloq odamlar aytganidek qilib Soqov buloqdan suv olibdi. U oq g'altakni Oppoq cholga tashlagan paytda hamma uyquda ekan. Endi dongdor yigitlar o'lkasiga qarab yo'lga tushibdi. Yo'l yuribdi, yo'l yursa ham mo'l yuribdi, qosh qoraymasdan podshohlikka yetib kelibdi. Qarasa, birov uchib yurganmish, yana birov qochib ketayotganmish. Otlari jilovsiz, eshaklari no'xtasiz, mushuklari dumsiz, tozi itlari quloqsiz emish. Xullas, bu ana shunday ajib o'lka emish. Uning boshi qayer-da-yu, oyog'i qayerdaligini bilib bo'lmasmish. Kumush qiz debdi: — Xudo biladi, bu Kojibekning o'lkasi emasmikan? Qarasa, temir chorig'i yirtilib, www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
temir hassasi yeyilib ketganmish. Qiz sevinganidan qo'shiq aytib yuboribdi. — Men tabibman, men qoziman. Mening kimligimni hech kim bilmaydi. — U shunday deb uyma-uy yuribdi, biroq unga hech kim parvo qilmabdi. Kumush qiz shunda ham umidini uzmabdi. — Men tabibman, men qoziman. Mening kimligimni hech kim bilmaydi, — deyaveribdi. Bemor har narsadan, hatto parrandadan ham najot kutadi. Bir vaqt Kojibek qizning ovozini eshitib qolibdi-da, onasiga: — Onajon, dono onajonim! Quloq soling, qandaydir tabib yoki qozining ovozi kelyapti, — debdi. Onasi unga: — Ey bolaginam, bu yoqlarda tabib bilan qozi nima qiladi? U tentaklarning boshlig'i Tentak Umar yo bo'lmasa har yerda hozir-u nozir Kalo'g'lon bo'lsa kerak, — debdi. Biroq Kojibek o'z gapida turib olibdi: — Yo'q, dono onajon, axir menga ko'llarimizda kumush simon xonbaliqlar borligi ma'lum-ku. Agar u: «Shu kuniga ham shukur» yoki «Ko'rguliklar o'tib ketadi», desa bo'ldi.
Shunda umrim qirq yil cho'ziladi. Onasi bu gapga ishonmabdi, lekin o'ziga o'zi: «Mayli, o'g'limning so'nggi iltimosini bajo keltiray», — debdi-da, borib eshikni ochibdi. Qarasa, ostonada Tentak Umar ham, Kalo'g'lon ham emas, momiqdek Kumush qiz turganmish! Uni uyga boshlab ki r i b di . Kumush qiz Kojibekning kasal bo'lib yotganligini ko'rib, dovdirab qolibdi. Og'zidagi gapini, qilmoqchi bo'lgan ishini ham unutib qo'yibdi. Turgan yerida indamay unga tikilib turaveribdi. Onaning jahli chiqib: — Ey qiz! Tuya temirchiga tikilgandek, namuncha qarab qolding? Buyigit qirq yeridan jarohatlangan. Jarohatlari ichida eng og'iri yurak jarohati. Qo'lingdan kelsa davola! — debdi. Kumush qiz o'ziga kelibdi-da, tabiblik mahoratini ko'rsata boshlabdi. Qo'llarini har bir jarohat ustidan asta yurgizibdi-da, Soqov buloqning suvidan uch qultumini ichibdi va uch qultum Kojibekka ichirgan ekan, qirqta jarohati bitib ketibdi. Keyin u uch marta: «Tilim, men seni qiyma-qiyma qilib tashlayman», debdi, bu so'zni Kojibek ham uch marta qaytaribdi. Til keltirgan jarohat shu zaylda bitibdi. Yurak jarohati ham tuzalib ketibdi. Biroqhaliyam qizni tanishmabdi. — Muhtarama shifokorim, qo'llaring ikki dunyoda dard ko'rmasin. Nima tilaging bo'lsa, tilagingga yet, — debdi Kojibek. Onasi esa: — Ey tabib qiz, sen mening orzularimga yetkazding. Olio seni ham niyatingga yetkazsin,— debdi-da, o'g'lining tuzal-ganligini qo'shnilariga aytgani ketibdi. Qiz aziz mehmonlarga atalgan yerga o'tiribdi. Bir vaqt Kojibek boshini ko'tarib tikilib qarasa, «Mcning kimligimni hech kim bilmaydi», degan kimsa Kumush qizning o'zginasimish. www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
— Eh besabr qiz! — xitob qilibdi u va oh tortgan ekan, og'zidan olov sachrab, tog' yonib ketibdi. Buni qarindosh-urug'lari a rang o'chirishibdi. Shu vaqtda qiz bilan yigit churq etmay, bir-birlariga qarab yig'lashibdi. Ularto'kkan yosh yuraklaridagi dard-alamni yuvib ketibdi. Shunda qalblari pok bo'libdi. Boshlariga tushgan savdoni eslab bir-birlariga ta'na qilishmabdi. Axir bunga ikkovlari ham aybdor: biri sir saqlay olmagan, ikkinchisi esa sabr qilolmagan ekan-da. Bunga unchalik ko'p vaqt ketmaydi. Ikkovlari bir yilda sabr kitobini o'qib tushirishadi. Ular bugun yig'lashni bilib olishsa, ertaga kulishni ham o'rganib olishadi. Kumush qiz mehmonlarga atalgan joyda izzat-ikromda o'tiribdi. Oldida ko'ngli tusagan noz-u ne'matlar muhayyo emish. Kunlardan bir kuni Kojibek ko'z ilg'amas tog'larda uchib yurganda, Kumush qiz uning dono onasi bilan suh-batlashib o'tiribdi. Shunda u onadan: — Onajon, mushtipar onajon! O'g'lingga shuncha azob uqubatlar bergan odamni ko'rsang nima qilarding? — deb so'rabdi. Ona boshini qimirlatibdi-da, debdi: — Uch hovuch qonidan ichardim. Bu gapdan u g'azablanibdi. Bundan keyin u Kumush qizni yumshoq o'rinlarga yotqizmabdi, hatto uni ko'chalarni aylan-tirgani ham olib chiqmaydigan bo'libdi. Kumush qiz bu gapni aytganiga pushaymon yebdi, lekin aytilgan so'z — otilgan o'q. Qiz bularni Kojibekka shipshitib qo'yibdi. Shunda Kojibek: — Ey, jonsaragim. Ishlaringni besabrlikdan qilding. Nega toshga bolta urding. Agar ish shu taxlitda davom etsa, bemahal shamol esib, ishimiz pachavalashadi, — debdi. Onasi ularning pichirlashib gaplashayotganini ko'rib turgan ekan, qizni yumma talabdi: — Hay, yerga qarab yurgan qizdan yaxshilik chiqmaydi. Men senga ko'rsatib qo'yaman! Sening hiyla-nayranglaring endi ma'lum bo'lib qoldi. Sen tabib ham, qozi ham emassan. Sen o'sha o'g'limni jarohatlagan besabr qizsan. Shuncha qilg'iliklaring yetmagandek, meni o'g'limdan judo qil moqchimisan? Shunday deb qizga yopishgan ekan, o'g'li o'rtaga tushibdi: — Onajon, jon onajon. Agar bergan sutingni oq qilmoqchi bo'lsang, mayli, unda bu qizning qonini icha qol. Axir mehmonga qo'l ko'tarmaydilar-ku! Onasi qo'lini tortibdi. Bir kuni ona yasan-tusan qilibdi. Uydan chiqar ekan, Kumush qizga: — Yerga qarab yurgan qizdan yaxshilik chiqmaydi! Bugun kechqurun Kojibekni xolasining qiziga unashish sharafiga sharbat ichiladi. Men o'sha yoqqa ketyapman. Sen nima qilishingni bilmay o'tirmagin. Beshikqoyaga tegirmon qur-da, bug'doy tort, undan keyin bilib ishingni qil, — debdi. Ona jo'nab ketibdi. Beshikqoya esa Kumush qizning tepasida osilib qolibdi. Endi nima qilsin, dardini kimga aytsin? Uylanayotganligini aytmagan Kojibekning unga rahmi www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
kelarmidi? Begona yurtlarda uning sabr toshidan bo'lak suyanchig'i yo'q. Qiz toshni qo'ynidan olibdi-da, yuragidagi dardini unga aytibdi. Sabr toshi ham indamabdi. Shunda o'ziga-o'zi tasalli berib: «Asragan ko'zga cho'p tushadi», — debdi-da, yuragi dard-alamga to'la, ko'zlarida yosh, yo'lga tushibdi. Endi uch qadam yurgan ekan, Kojibek paydo bo'libdi-da: — Mening jonsaragim, nimaning g'amini chekyapsan? Sening g'aming — mening g'amim, mening g'amim — sening g'aming. Namuncha kuyib-pishmasang? — debdi. — Men kuymay kim kuysin! — deb javob beribdi qiz va bo'lib o'tgan voqeani unga aytib beribdi. — Unashilayotganim to'g'ri, lekin bu hozircha sir bo'lib, sabr qilish kerak. Agar uddasidan chiqsang, bularni mening ko'zimdan uqib ol. Xudo meni sening oldingga yubordi. Gapimga quloq sol. Qo'lim qaysi tomonni ko'rsatsa, o'sha tomonga yur. Tepalikni oshib o'tyapgan vaqtingda oldingdan bo'rilar chiqib, senga dap qilishadi, orqangdan itlar uvillaydi. Lekin sen ularga o'girilib qarama. Oldinga ketaversang Beshikqoyani ko'rasan. Shundasen: «Ey Beshikqoya, ilohim ostonang tillodan bo'lib, beshiging chaqaloqsiz qolmasin, sen hammaga in'om qilasan, menga ham in'om qil», deb niyatingni ayt. Kech kirmasdan oldingda tegirmon paydo boiadi, tog'dan suv keladi, bug'doyzordan esa don. Tegirmonning o'zi tortib, unini ham o'zi elaydi. Sen o'z g'alviringni osib qo'y. Faqat sabr-qanoatli bo'lsang bo'lgani, — deb tayinlabdi. Kojibek shu gaplarni aytibdi-yu, g'oyib bo'libdi. Kumush qiz Kojibek aytgandek qilibdi. Uning oldi bug'doy solingan qoplarga toiib ketibdi. Bir payt ona kelibdi. Qarasa, bug'doy tortilgan, un elangan g'alvir osig'liq turgan emish. Bularni ko'rib, uning og'zi ochilib qolibdi: — Yerga qarab yuradigan qizdan yaxshilik chiqmaydi. O'zingga ehtiyot bo'l! Bularni o'zim qildim deb kerilma. Bu sening aqlingdan chiqqan narsa emas, tentak o’g’limning aqli. Demak, hali sening bu dunyoda nasibang bor ekan! Ertasiga ona yana yasan-tusan qilib o'sma-surmalarini qo'yibdi. Uydan chiqar ekan, Kumush qizga: — Yerga qarab yuradigan qizdan yaxshilik chiqmaydi! Bugun Kojibekning qaylig'inikida qiz oshi boiadi, men o'sha yoqqa ketyapman. Kelgunimcha zerikib o'tirma, uylarni supurib- sidir, par, jun to'shaklarni savab, ko'pchit, ko'za bilan xurmachalarni yog'-asalga toidirib qo'y, — deb tayinlabdi. Qizning boshiga tog' ag'darilgandek boiibdi! Endi nima qiladi? Dard-hasratini kimga aytadi? Kojibekning o'y-fikri qaylig'ida, endi buning tashvishi qolganmidi unga? Uning sabr toshidan bo'lak hasratlashadigan kimi bor? U qo'ynidan sabr toshini olibdi-da, dard- hasratini unga aytibdi. Sabr toshi bu safar ham churq etmabdi. Shunda Kumush qiz o'ziga o'zi: «Bolta chaxlangan, paymonam to'lgan ekan», -debdi- da, ko'zlarida yosh, yurak-bag'ri o'rtanib, yo'lga tushibdi. Yetti qadam yurgan ekan, baxtidan bo'lib, oldidan Kojibek chiqib: www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
— Ey mening jonhalagim, nega xafasan? Agar g'am meniki bo'lsa, musibat seniki, shungayam kuyib-pisha- sanmi? — debdi. Shunda Kumush qiz javob beribdi: — Men xafa bo'lmay, kirin xafa bo'lsin? U onasining ko'za va xurmacha to'g'risidagi gaplarini aytib beribdi. — Besabr, — debdi Kojibek, — qiz oshi berilishi aniq. Faqat men buni senga aytolmayapman, sen esa tushunolmayapsan. Agar uddasidan chiqsang, ko'zlarimdan uqib ol. Ko'za bilan xurmachaga kelsak, onam ko'zani sening boshingga urib sindirmoqchi. Xudo seni yarlaqaydi. Karami keng parvardigor meni sening oldingga yubordi. Sen tutun chiqib turgan mo'rkon oldiga borgin-da: «Tog'lar, tog'lar, hoy Kojibekning tog'lari, shamol turg'azib, menga rahm-shafqat qiling. Men kelinning uyini supurib, zardo'zi choyshablar yozay», deb qichqir. Shunda yomg'ir yog'ib, shamol guvillaydi, bittasi yuvadi, ikkinchisi supuradi. Senga ish qolmaydi! Keyin boqqa kirasan-da: «Qushlar, qushlar, uchib o'tadigan qushlar! Menga bir tutam par bilan bir donadan qanotingiz patidan beringlar. Men Kojibekka to'shak qilaman», deysan. Yetti tog'ning qushlari boshingda aylanib, pat va parlaridan tashlaydilar. Undan xohlaganingcha ko'rpa-to'shak qilib olasan! Bu ishlar bitgach, eshikni lang ochib qo'ygin-da: «Ko'zalar, ko'zalar, bozorga g'izillab borib, yog' bilan asal to'latib kelinglar. Men Kojibekni mehmon qilaman», degin. Ular yiqila-surila yugurib ketishadi va to'lib- toshib qaytib kelishadi. Faqat sabr-qanoatli bo'l,— deb tayinlabdi va shu zahoti ko'zdan g'oyib bo'libdi. Kumush qiz hamma ishni Kojibek aytgandek qilibdi. Yomg'ir yog'ib, shamol turibdi, tepasida yetti tog'ning qushlari aylanibdi va ko'zalar bozorga jo'nashibdi. Dono ona qaytib kelibdi. Qarasa, uylar supurilgan, hammayoq saranjom-sarishta, ko'rpa-to'shaklar yangi, ko'zalar va xurmachalar asal va yog'ga to'la emish. Buni ko'rib vaysay ketibdi: — Yerga qarab yuradigan qizdan yaxshilik chiqmaydi! Bularni o'zim qildim deb kekkayma. Bu sening qo'lingdan keladigan ish emas, qushlar aqli bilan mening o'g'lim qilgan. Bu dunyoda yana bir lain nasibang bor ekan. Ertasiga dono ona yana yasanib-tusanib uydan chiqib ketibdi. Keta turib, Kumush qizga: — Bugun Kojibekning to'yi. Men kelinni olib kelgani ketyapman. Kelgunimcha bo'sh o'tirmay, yaqin orada Qora tog' bor. U yerda Tillabek ismli akamning o'g'li turadi. Uning qirq xil ovoz beradigan qirq simli tori bor. G'irillab borib shuni olib kel, — debdi. Ona ketibdi. Kumush qizning ustiga go'yo Qora tog' ag'darilgandek bo'libdi. Bechora qiz dard-hasratini kimga aytsin, kirn bilan dardlashsin? Kojibek uni allaqachon esidan chiqarib yuborgan bo'lsa!!! Bu yerlarda birdan-bir hamdardi sabr toshidan boshqa nimasi bor? U sabr toshini qo'ltig'idan olibdi-da, dard-hasratini unga to'kib-solibdi. Sabr
www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
toshi bu safar ham indamabdi., Shunda Kumush qiz xitob qilibdi: — Peshanam sho'r bo'lgandan keyin, kirn menga yordam bera oladi! Ko'zidan duv-duv yosh oqib, yurak-bag'ri ezilib, yo'lga tushibdi. To'qqiz qadamcha yurgan ekan, yana ro'parasida Kojibek paydo bo'libdi: — Mening jonsaragim, nega kuyib-pishib nola qilyap-san? Ustingga Sivas qal'asi ag'darildimi yoki norg'ul yigitdan ajraldingmi? — Men yig'lamay kim yig'lasin! — deb javob beribdi Kumush qiz va onasining qirq xil ovoz beradigan qirq simli tor haqidagi gapini so'zlab beribdi. — Jonhalagim, — debdi Kojibek, — to'y haqidagi gap so'zlar to'g'ri, ochig'ini senga hozircha aytolmayman, aytganim bilan ham uqmaysan. Agar uddasidan chiqsang, yuz-ko'zimdan uqib ol. Onam seni borsa kelmas tomonga yubormoqchi. Lekin xudoning o'zi senga madadkor. Hozir to'ppa-to'g'ri ketaversang, oldingdan Mismil bilan Mundar degan ikkita daryo chiqadi. Ikkalasi ham nihoyatda chuqur va keng. Sen undan suzib o'tolmaysan. Suvi zahar. Sen daryoga qarab: «Dunyoda sening nomingdek nom yo'q, sening
suvingdek mazali suv yo'q», degin-da, engashib suvidan uch hovuch ich. Shunda ikkala daryo yo'lga aylanib, o'rniga butazor paydo bo'ladi. Uning tikanaklari oyog'ingga kiradi. Shunda sen: «Bu tikanaklar muncha nozik, xuddi gulaga o'xshaydi-ya», de. Bir daraxtda boyo'g'li o'tirgan bo'ladi. Agar sen: «Bu qushning ovozi xuddi bulbulnikiga o'xshash yoqimli-ya», desang, indamay seni o'tkazib yuboradi. Ana shunda sen Sivasning bog'-rog'larini ko'rasan. Undan keyin tog'amning bog'lari boshlanadi... Tog'amning o'g'li seni ko'rishi bilan senga pichoq tiqmoqchi bo'ladi. Shunda sen u bilan til uchida salomlash, shunda u jahlidan tushib, sehrli torni olib kelib beradi. Faqat sabr-bardoshli bo'l, uqdingmi, — deya xayrlashish oldidan qayta-qayta tayinlabdi va ko'zdan g'oyib bo'libdi. Kumush qiz hamma ishni Kojibek aytgandek qilibdi. Daryolar yo'lga aylanibdi, butazor yo'l berib, o'tkazib yuboribdi, tog'asining o'g'li torini keltirib beribdi. Qiz sog'- salomat qaytib kelibdi. Ona qaytib kelib, torni ko'ribdi, ovozini eshitibdi-yu, tutaqib ketibdi: — Yerga qarab yuradigan qizdan yaxshilik chiqmaydi! Jodugarlarning oynasiga qaramay qo'ya qol. Hamma ishni o'zim qildim, deb meni laqillatmoqchimisan. Bular sening qo'lingdan keladigan ish emas, bunga o'g'lim aralashgan. Bundan chiqdi, haliyam seni yaxshi ko'radiganga o'xshaydi! Yaxshi, bugun ham to'y, ham nikoh, o'g'lim: «Uy — mening uyim, xotin — mening xotinim», deyishi kerak. Bo'lmasa men lining butun ishlarini barbod qilaman. Seni nima qilishimni yolg'iz men-u xudo biladi. www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
Ona shunday deb o'z xonasiga kirib ketibdi. Xullas, kun o'tib, kech kiribdi. Taklif qilingan mehmonlar yig'ilishibdi. Taklif etilmaganlar ham kelishibdi. To'y boshlanibdi, bunaqangi to'yni men aytmay, sen eshitma. Bunaqa to'y yetti iqlimda bo'lmagan ek.an. Erkaklari tor chalib, qizlari raqsga tushishibdi. Yosh-yalang o'yin-kulgi qilishgan vaqtda Kojibekning ko'zi javdirab, Kumush qizni axtaribdi. Lekin u to'yxonada yo'q ekan. Kojibek qattiq xafa bo'libdi, ko'zidagi yoshni yashiribdi. «Jonsaragim bironta chuqurga tushib ketgan bo'lsa-ya», — deb o'ylabdi va tashqariga chiqib, quduqning atrofini qarabdi. O'sha tomondan ingragan ovoz eshitilibdi. Kojibek quloq solsa, Kumush qiz sabr loshiga arz-dod qilayotganmish: — Ey sabr toshi! Bir paytlar men ham bog'dagi uchta gulning biri edim. Meni erkalab oppoq gul, deyishardi. Meni m a l i k a l a r d e k katta q i l i s h d i , so'ng qirchang'i otga mindirishdi-da, hayyo-huv deb Qof tog'iga jo'natishdi. Shunda sen: «Sabr qil!» deding, men sabr qildim. Ba'zi kunlari och qoldim, ayrim kunlari esa suvsaqib, tomog'im qaqradi. Odam b o l a s i n i ko'rmadim, uning ovozini eshitmadim, dala-dashtlarda tanho o'zim daydib yurdim. Bir musibatdan qutulsam, ikkinchisiga duchor bo'ldim. Sen shunda: «Sabr qil!» deding, men sabr qildim. Butog'imga qush kelib qo'ndi, ko'z oldimda qasrlar paydo bo'ldi, lekin men baxtsizlarning eng baxtsizi bo'lib qolaverdim: qiz chog'imdan beva ayolga aylandim, oltinlarim misga aylandi. Qushim — kaptarim esa q i r q yeridan jarohatlanib, butog'imdan uchib ketdi. Shunda sen: «Sabr qil!» deding, men sabr qildim. Hakim bo'lib kelib, Kojibekni o'limdan asrab qoldim. Biroq yaxshiliklarim o'rniga yomonlik qaytdi! Dono o.ia ketma-ket boshimga musibat solib, o'lim ketidan o'lim yuboraverdi. Shunda sen: «Sabr qil!» deding, yana sabr qildim. Boshimga ne-ne savdolar tushdi. Men sir nimaligini va uni saqlashni bildim. Endilikda baxt qushi qo'limdan uchib ketdi, suyanadigan odamim qolmadi. Bu kecha meni Kojibekdan ayiradilar. Ertaga esa jonimga qasd qiladilar. Oh, pichoq borib suyakka qadaldi! Ortiq chidol-mayman! Ey, sabr toshi! Mening o'rnimda sen bo'lganingda bu sitamlarga chidarmiding? Shunday deyishi bilan sabr toshi tars yorilib, maydalanib, kulga aylanibdi. Kumush qiz: — Tosh bo'laturib senki chiday olmading, men inson bolasi qanday chiday! — deb xitob qilibdi. Qizning xayoliga bir fikr kelib, irg'ib o'rnidan turgan ekan, Kojibek uni ushlab qolibdi. Kumush qizning og'zidan chiqqan har bir so'z uning ko'zlarida yosh qalqitibdi. Kojibek ikki ko'zi jiqqa yoshga to'lib, gapira boshlabdi: — Ey, sabr-matonatli qiz! Sir, sabr nimaligini sen bilmasding. Endi sen bularni tushunding. Toshbag'ir edim, ko'zlarim yig'ini bilmasdi. Sen meni yigiashga o'rgatding... Mayli, u yoqda to'y-tantana boiaversin, lekin onam bizni bir-birimizdan judo www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
qilolmaydi. Buning ustiga sen menga kulishni ham o'rgatib qo'ysang, onam u yoqda tursin, hatto ajal ham oramizga raxna sololmaydi. Aziz joningga qasd qilma, bizning davr-davron suradigan vaqtimiz endi keldi. Yigit shu gaplarni aytib, burgutga aylanibdi-da, Kumush qizni qanotlariga o'tqazib osmonga ko'tarilibdi. Shu tun kechasi osmon xuddi quyosh botmagandek yorug' emish. Ular toshqoyadan uchib o'tishibdi, bir vaqt Kojibekning yuragiga g'ulg'ula tushibdi: — Ey, sabr-matonatli qiz, — debdi u,— men orqamga o'girilib qarolmayman. Sen o'girilib qara-chi, bironta odam bizni quvlab kelmayapganmikin? Kumush qiz javob beribdi: — Ey mening dono Kojibegim! Atrofimizda hech zog' yo'q, kim bizga dap qilardi? Faqat Gek tog'idan qora bulut suzib kelyapti. Kojibek bu gapni eshitib, titrab-qaqshabdi: — Boshimizga qanday balo yopirilib kelayotganini bilasanmi? U bulut emas, mening kichik xolam bo'ladi. Demak, ular bizning qochganimizni bilib qolishibdi-da. U sehrli gilamda bizga yetib oladi. Ularni tutib kel, deb xolamga onam aytgan. Endi bundan qanday qutuldik-a. Uning yuragi kuyyapti. Agar u suv topolmasa, ikkimizni yutib yuboradi. Vaqt g'animatda biron chora topish kerak. U yerga qo'nibdi-da, kaftiga urib, qizni buloqqa aylan-tiribdi; o'zi esa tilla yog'log'iga aylanibdi. Xolasi yetib kelibdi. Suvni ko'rib hamma narsani unutibdi. Xuddi qirq yildan bed tashna bo'lib yurgan odamdek boshini suvdan ko'tarmay icha boshlabdi. Keyin: «Ichmagan odam o'lsin»,— debdi-da, uchar gilamiga o'tirib, uyiga ravona bo'libdi. Yetib kelib, opasiga qayerlardan uchib o'tgani, qaysi buloqdan suv ichganlarini gapirib beribdi. Kojibekning onasi baqirib, uning tizzasiga uribdi-da: — Nima qilib qo'yding, jinni! Axir buloq — bu o'sha yerga qarab yuradigan qiz, yog'log'i esa yurak-bag'rimizni kuydirib ketgan o'g'lim-da. Agar sen buloqdan suv ichmay, yog'log'i bilan qirg'og'iga urganingda sehr yo'qolardi. Shunda qiz bilan o'g'lim ajralishib, ikkisi ikki tomonga ketgan bo'lardi. To'y-tomosha ham davom etaverardi. Keyin u o'rtancha singlisiga debdi: — Singlim! Agar o'g'limga rahming kelmasa ham qizingga rahming kelsin. Kichik singlim: «Xudo menga nasib qilmagan narsa boshqalarga ham nasib etmasin», deb hasad qilganga o'xshaydi. Qizing erdan ajralib, sharmanda bo'lib qoldi. Vaqt o'tmasin! O'z teringga o'tirib, qamchi bosgin-da, tez jo'na! Osmonda uchib ketayotib Kojibek qizdan so'rabdi: — Sir saqlovchi, bardoshli qiz, ko'z oldimni tuman qoplayapti, agar o'girilib qaray olsang, ko'r-chi, orqamizdan birov quvlab kelmayaptimikan? Kumush qiz orqasiga qarab, javob beribdi: |
ma'muriyatiga murojaat qiling