H. Po'Iatov, N. Sodiqov Turk ertaklari (H. Po'Iatov, N. Sodiqov tarj.). T
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
2c209916c7534ace54599209314a282f
- Bu sahifa navigatsiya:
- SULTONNING QIZI VA MAHORAJANING OGLI
www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
yaramas ishlar qilmaslikka so'z beribdi. Er-xotin dang'illama saroy qurishib, rohat- farog'atda hayot kechirishibdi.
Qadim zamonda bir sulton o'tgan ekan Uning farzandi yo'q ekan. U bir kuni sayohatga chiqqan ekan, yo'lda darvesh uchrabdi. Sulton unga yuragidagi dardini aytib beribdi. Shunda darvesh: — Manavi olmani olib, yarim pallasini o'zing yeb, yarim pallasini malikaga ber. Shunda xudo sizlarga farzand ato qiladi, — debdi. Sulton olmani olibdi-da, uyiga qaytib, darvesh aytgandek qilibdi. Oydan oy, kundan kun o'tib, xotini qiz tug'ibdi. Sulton qiziniyomon ko'zdan asrash va yaxshi larbiya buish inaqsadida yer ostiga saroy qurdiribdi, enaga va tarbiyachilar yollabdi. Qiz ana shu yer ostidagi saroyda o'sib-ulg'aya boslilabdi. Qizni ilik yog'i va asal bilan boqishibdi. Qiz o'n beshga kiribdi, shu vaqtgacha biron i n a i l a ham saroydan tashqariga chiqmabdi. U bir kuni o v q a l l a n i b o'tirgan ekan, tomog'iga suyak ilinibdi. Suyakni og'/idan olib, tepadagi oynaga otgan ekan, oyna sinibdi. Singan yerdan yorug'lik tushibdi, qiz buni ko'rib hang-mang bo'lib qolibdi. Qiz oynadan qaragan ekan, ko'chani, odamlarni, pag'a-pag'a yog'ayotgan qorni ko'ribdi. Bir odam i k k i n - chisiga dermish: — Aytishlariga qaraganda, hind mahorajasi o'g'lining tishi mana shu qordek oppoq, yuzlari qip-qizil, yuzidagi xoli esa qora murchdek qop-qora cmish. Qiz bu gapni eshitib, h i n d mahorajasining o 'g ' l i ni g'oyibona sevib qolibdi. Qizning otasi Xuroson sultoni ekan. Kun sayin qizning rangi bir holatda bo'lib ozib ketavcribdi. Sulton enaga bilan tarbiyachini chaqirib so'rabdi: — Qizimga nima bo'ldi? Nega u ozib-to'zib ketyapti? — Biz nima gapligini bilib senga aytamiz, — deyishibdi ular. Qizni tabibga olib boribdilar. Tabib qizni ko'rib, ishq kasaliga uchrabdi, debdi. Sulton bu gapdan darg'azab bo'lib, tabibni haydabdi. Bir kuni qizning xizmatkori undan so'rabdi: — Xonim, boshingga qanday musibat tushdi, nega sham- dek eriyapsan, ayt menga, ehtimol, biron chorasini topib senga yordam berarman? — Bir kuni ilik yeyayotgan edim, — debdi qiz,tomog'imga suyak tiqilib qoldi. Tepaga otgan edim, oyna sindi, oyna sinig'idan ko'chaga qaragan edim, gaplashib ketayotgan ikkita erkakni ko'rdim. Ularning gapidan hind mahorajasi o'g'lining tishi www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
qordek oppoq, qip-qizil yuzida murchdek qora xoli bor, deb eshitdim. O'sha yigitni g'oyibdan sevib qoldim. Rangi ro'yimning za'farondek sarg'ayib ketayotganining sababi shu.
Xizmatkor shu zahoti sulton yoniga borib-da: — Xushxabar, sultonim, men qizingizning boshiga qanday musibat tushganligini angladim, — debdi. Sulton bu gapni eshitib amr qilibdi: — Hozir hind mahorajasining oldiga elchi yuboringlar. Agar u mahoraja boisa, men ulug' turk sultoniman. Aytinglar, o'g'li qizimga uylansin! Hindistonga elchi jo'nabdi. Mahorajaning o'g'li sultonning taklifini rad etibdi. U elchiga maktub, sariq arqon va xanjar beribdi-da: — Agar qiz xuddi shu arqondek sarg'ayib, o'zini o'zi shu xanjar bilan o'ldirmoqchi bo'lsa-da, men unga uylanmayman! — debdi. Elchi arqon, maktub va xanjarni sultonga berib, hind mahorajasining o'g'li aytganlarini so'zlab beribdi. Sulton darg'azab bo'lib: — Qizim kelib-kelib shunday ablahni sevib qolibdi-da, ming la'nat bunday qizga! deb qizidan yuz o'giribdi. Qiz hind mahorajasining o'g'Iini qidirib ketibdi. Yo'l yuribdi, yo'l yursa ham mo'l yurib, bir buloqning bo'yiga yetib kelibdi. Qarasa, bir qiz ko'zani suvga to'ldirayotganmish, buloqning to'g'risida esa ulkan saroylar bor emish. Qiz biroz o'ylab turibdi-da, xizmatkor bo'lib yollanish niyatida saroylardan birining eshigini taqillatib: — Mcni cho'ri qilib olasizlarmi? — deb so'rabdi. Eshikni bir kishi ochib: — Hozir kirib malikadan so'rayman, — debdi. Malika qizga qarasa, sira cho'riga o'xshamasmish. Uni uyga kirishga taklif qilib, so'rabdi: — Qayerliksan va qayoqqa ketyapsan? — Men Xuroson sultonining qizi bo'laman, hind mahorajasining o'g'Iini sevib qoldim.
Qiz shuni deb sariq arqon bilan xanjarni ko'rsatibdi. Malika bularni ko'rib debdi: — Xafa bo'lma, men o'sha yigitning katta opasi bo'laman, ukam har yili bir marta biz tomonga keladi. Kelishi yaqinlashganda bog'dagi gullar ochilib, bulbullarsayraydi. Shundan biz lining keladigan kunini bilamiz. Men scnga uch shart qo'yaman. Shuni bajarsang, sizlarni murocl-maqs;ullaringga yctkazaman. Avvalo, men seni qui bozoriga olib borib sot a man. Qiz rozi bo'libdi. Uni bozorga olib borib, bir bekka sotibdi. Bekning bir qizi bor ekan, u xuddi sandiqqa o'xsharkan. Cho'ri shu qizni parvarish qilishi kerak ekan. Har kuni ularga nlohida tayyorlangan taom yuborishar ekan. Kunlardan bir kuni cho'ri qiz bek qiziga yuborilgan taomni bermabdi-da, o'zi ovqat pishirilxli. Bek qizi shu ovqatni yebdi-yu, go'zal bir qizga aylanib qolibdi. Ma'lumbo'lishicha, unga sehrli taomlarberishayotgan ekan. Krtalab ikkovlari bek xonasiga borishibdi. Bek qizining o'zgarib kctganligini ko'rib behad xursand bo'lib ketibdi-da, so'rabdi: www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
—Bu qanday bo'ldi? Mening cho'rim, men seni o/.ocl qilaman! Tila tilagingni. —Menga hech narsa kerak cmas, — debdi qiz. Bek unga oltin tovoq hadya qilibdi-da, ozod qilib yuboribdi. Qiz sevina-sevina malikaning uyiga kelibdi. Shunda malika: —Yana ikkita shartni bajarishing kerak, — debdi va bozorga olib borib sotibdi. Bu safar qizni boshqa bir bek sotib olibdi. Uning o'g'li bor ekan. Bekning habash cho'risi bor ekan. U bekning o'g'liga xotin bo'lmoqchi ekan. Yigit bunga ko'nmabdi, shundan so'ng uni zindonga tashlabdi. Bu xonadonda cho'rining aytgani aytgan, degani degan ekan. Qiz buni tushunibdi-da, bir kuni kechasi o'zini uxlaganga solib yotibdi. Qarasa, bir payt habash cho'ri o'rnidan turibdi-da, bir burda qattiq non olib zindonga boribdi. —Meni xotin qilasanmi? — so'rabdi cho'ri. —Yo'q, — debdi yigit. Shuidan keyin u qamchi bilan yigitni rosa savalabdi-da, o'rniga 'celib yotibdi. Qiz hamma narsadan xabardor bo'lib yotgan ekan. U ertalab bek oldiga boribdi-da: — Men o'g'lingning qayerda yotganligini bilaman, debdi. — Kechqurun bir necha erkakni yig', men imoqilaman, shunda ortimdan borsang, o'g'lingni ko'rasan. Bechora ota-ona kech bo'lishini sabrsizlik bilan kutishibdi. Qorong'i tushgach, qiz imo qilibdi va hammalari cho'riga ergashishibdi. Habash cho'ri yigitning oldiga borib: «Meni xotinlikka olsang, seni ozod qilaman», — deyishi bilan uni ushlab, o'ldirishibdi- da, yigitni olib ketishibdi. — Qizim, o'g'limni qutqarding, endi unga xotin bo'la qol, — debdi bek. — O'tinib so'rayman sendan, meni ozod qil, — debdi qiz. Yigitning ota-onasi bunga rozi bo'libdi va qizga mis ko'za in'om qilib, ozod qilishibdi. Qiz mis ko'zani olib, malikaning oldiga kelibdi. — Yana bir shartim qoldi, — debdi u. — Agar bunisini ham bajarsang niyatingga yetasan. Qizni yana qui bozoriga olib boribdi. Uni yana bir bek sotib olibdi. Uning bir tentak qizi bo'lib, u zindonda kishanda yotar ekan. Har kuni u bitta qiz bolani yer ekan. Cho'ri qizni ham odamxo'rning oldiga tashlashibdi. Qiz atrofiga qarasa, hammayoq odam suyaklari emish. U piramonga bekinibdi. Bekning tentak qizi kishanni uzmoqchi bo'lib yulqinar, pishqirarmish. Ertalab otasi yana bir qizni tashlabdi. Shunda sultonning qizi uni ham bir chetga yashiribdi. Ikkovlari tentak qizning jig'iga tega boshlashibdi: — O'la, bizni yeya olmading-ku? Ertasiga yana bir qiz tashlashibdi. Uni ham yashirishibdi. Kechqurun sulton qizi ikkita hamrohiga debdi: — Kelinglar, belimga arqon bog'lab meni pastga tushiringlar. Men non, sham topib kelaman.
www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
Ular qizni pastga asta tushirishibdi. Qarasa, oldida chiroq yonib turganmish. Yaqinroq borib qarasa, bir jodugar, ko'kraklari ochiq, doshqozonda uzuk qaynatayotganmish. Qiz uning yoniga kelibdi-da, ko'kragini ema boshlabdi.... —Agar ko'kragimni emmaganingda, — debdi jodugar, — men seni yerdim. —Bu qozonda nima qaynayapti? — so'rabdi qiz. —Men kishandagi bek qizining aqlini qaynatyapman. Qozondagi suv qaynab tugagach, qiz butunlay jinni bo'lib oladi. Bordi-yu, qozondagi uzukni olib, barmog'iga kiygizilsa, II
soppa-sog' bo'lib ketadi, — debdi jodugar. —Ey jodugar, bu qozonni qanday qilib ko'tarasan, qani, bir menga ko'rsat-chi! — debdi qiz. Jodugar qozonga oyoq-qo'l qilmoqchi bo'layotgan ekan, qiz uni qozonga itarib yuboribdi. Qiz shosha-pisha qozondan uzukni olibcli, non va sham qidirib topibdi-da hamrohlari oldiga boribdi. Hamrohlari uni tortib olishibdi. Qarasalar, kishandagi qiz aql-hushi joyiga kelib, meni kishandan ozod qilinglar, deb iltimos qilayotganmish. —Axir sen bizni yeb qo'yasan-ku, qanday qilib oldingga boramiz! — deyishibdi ular. —Men endi sizlarga legmayman, men endi sog'aydim! — deb ko'zlariga yosh olibdi qiz. Qizlarning rahmi kelib, uni kishandan ozod qilishibdi. Sultonning qizi uning barmog'iga g'aroyib uzuk taqib qo'yibdi. Hammayoq suv quygandek jimjit cmish. Buni ko'rib ota bilan ona hayron boiishibdi. Chunki qiz tuni bilan tinmay qichqirarkan-da. Ota-ona zindonga yugurib kelishib: — Qizim, tirikmisan? — deyishibdi. Birdan ular bir-biridan chiroyli to'rtta qizni ko'rishibdi. Ota bilan ona qizlarining sog'ayib qolganini ko'rib, eslari og'ay debdi. Shunda Xuroson sultonining qizi bo'lib o'tgan voqea-hodisalarni ularga gapirib beribdi. — Endi sen bizga qiz bo'lasan, biz seni hech qayoqqa yubormaymiz, — deyishibdi ular. — Yaxshisi, meni ozod qilinglar, — deb iltimos qilibdi qiz. Ular qizga bitta gilam sovg'a qilibdilar-da, ozodlikka chiqaribdilar. Qiz sevina-sevina malika qoshiga kelibdi. — Ana endi hamma shartlar bajarildi. Hademay ukam ham kelib qoladi. U mendan suv so'raydi, shunda men seni chaqiraman, sen unga suv olib kelib berasan. Suvni unga berayotganingda ozroq to'kib yubor. Shunda, men seni koyib, haydayman, lekin bunga xafa bolma. Shunday qilib, bir kuni qiz bog'da o'ynab yurgan ekan, bulbullar sayrab, gullar ochilibdi, hovuzdagi suvlar jo'sh uribdi. Bir vaqt darvozada hind mahorajasining o'g'li ko'rinibdi. U opasining saroyiga kiribdi- da, suv so'rabdi. —Oh, ukajon, men yangi bir cho'ri oldim, u biram go'zalki, asti qo'yaverasan! — debdi opasi va qizni chaqiribdi:
www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
—Ukamga suv olib kel, — debdi u. Qiz suv olib kelib unga uzatayotgan vaqtda shahzodaning ust-boshiga to'kib yuboribdi. Opasi qizni koyib, haydabdi: — Ukam bir yilda bir marta keladi, sen ust-boshini ho'l qilding, yo'qol ko'zimdan! Yigit qizni ko'rishi bilan uni sevib qolibdi. U qizning yonini olib: — Hechqisi yo'q, qurib qoladi, urishma uni,— debdi. Yigit bir necha kun mehmon bo'libdi-da, yurtiga jo'nab ketibdi, lekin bir oy o'tgach, yana bulbullar sayrab, gullar ochilib, hovuzdagi suvlar jo'sh uribdi. Shunda malika o'rin solib ber, debdi-da, to'shak tagiga qotgan non qo'yibdi. Qizning yuz-ko'zlarini loyqa suv bilan yuvib, shu o'ringa yotqizibdi. Shahzoda kelib, yana suv so'rabdi. Lekin opasi bu safar suvga cho'loq habash cho'rini yuboribdi. — Anovi go'zal qiz qani? — so'rabdi shahzoda. — Gapirma u dangasani, men uni urgan edim, arazlab o'rniga yotib oldi. Shahzoda xafa bo'lib, qizning oldiga boribdi. Qiz uni ko'rib, boshqa yonboshiga ag'darilib olgan ekan, to'shagi ostidagi qattiq non sinib, g'ichirlabdi. — Voy-voy, suyaklarim sirqirab og'riyapti,— deb ingrabdi qiz. Shahzodaning jahli chiqib ketibdi: — Namuncha shunchalik urmasang? Qizga rahming kelmadimi? — debdi-da, jo'nab ketibdi. Oradan bir necha kun o'tgach, opasi ukasiga qiz vafot etdi, deb xabar beribdi va: «Sen uning qo'lidan suv ichgan eding, endi o'zing kelib uni ko'm», — deb tayinlabdi. Malika tobut yasatib, qizni tobutga solibdi. Uning ko'kragiga xatni, sariq arqonni hamda xanjarni qo'yibdi. Mahorajaning o'g'li dafn marosimiga yetib kelibdi. — Marhumaning yuzini ochib ko'r,— debdi opasi. Yigit kafanni ochib qarasa, qizning ko'kragida o'zining xati, iirqoni va xanjari turganmish. Buni ko'rib, hushidan kctib yiqilibdi. Opasi bir amallab uni hushiga kcltiribdi: — Sen bu qizni uzoq qiynading. Seni deb qanchadan-qancha qiyinchiliklar ko'rdi! Bu qilmishing uchun scni ko'proq xafa qilib, qiynamoqchi bo'lgan edim-u, lckin boshqa ilojini lopolmadim. Shunda opa qizni tobutdan olibdi, sevishganlar topishibcli. Hind mahorajasining o'g'li Xuroson sultonining qiziga uylanib, o'z yurtiga olib ketibdi. U yerda qirq kecha-yu qirq kunduz to'y-tomosha bo'libdi. Yigit bilan qiz mumdi maqsadiga yetishibdi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling