H. Po'Iatov, N. Sodiqov Turk ertaklari (H. Po'Iatov, N. Sodiqov tarj.). T


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.08.2020
Hajmi0.69 Mb.
#127091
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2c209916c7534ace54599209314a282f


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

qo'yar, ba'zilari esa bog'-rog' barpo etarkan. Shundan keyin bu yerga Kalo'g'lon kelarkan. 



Aytishlariga qaraganda, u quduqnina tariq ekarkan. 

Dunyoning  savdosi-yu  urushlari  shunaqa  ekan.  Vaqt-soati  kelib,  quduq  tuproqqa 

to'libdi  va  odamlar  o'rtasida  nizo  boshlanibdi.  Podshoh  mamlakatini  tinchgina  bosh-

qarar,  vazir-u  vuzarolari  bilan  hazil-mutoyiba  qilishar,  poygalarda  qatnasharkan. 

Oradan  yetti  kun  o'tgach,  mamlakat  boshiga  qora  kun  tushibdi.  Buni  ko'rib  podshoh 

qattiq  xafa  bo'libdi,  hatto  tuz  totmay  qo'yibdi.  Saroyidan  hech  qayoqqa  chiqmay, 

qayg'uga botibdi. Bu urushda uning hech omadi kelmabdi. Har kuni yetti asil yigitidan 

ajrala beribdi. Podshoh hatto ular orasidan qizlariga munosib kuyov tanlab yurar ekan. 

U q o ' l i n i n g  ko'p joylarga yeti-shini, merosxo'rlari ham ko'p bo'lishini orzu qilar ekan. 

Taqdir  uning  orzu-niyatlarini  barbod  qilib  yuboribdi.  Podshoh  ikkala  qo 'lini  

ko'kragiga  qo'ygancha  jamiki  orzularidan  voz  kechib  dunyoi  bevafodan  xafa  bo'lib 

o'tiribdi. Qo'lidan nima ham kela olardi? Agar u ham boshqa odamlar qatori bo'lganda, 

ehtimol: «Boshga tushganni ko'z ko'rar», degan bo'larmidi. Lekin buni aytib bo'larmidi. 

Axir nima bo'lganda ham u podshoh-da, atrofiga eng e'tiborli odamlar to'plangan. Qo'l 

ostidagi  hamma  odamlar  shohimiz  nima  der  ekan,  deb  uning  og'zini  poylaydilar.  U 

ba'zilarga  rahm-shafqat  qilar,  ba'zilarni  esa  jazolardi.  Biroq  vazirlari,  taqdirdan  nolish 

yaxshimas, deb kitobda yozilgan yerini ko'rsatishga jur'at etisholmabdi. 

Xullas,  podshohning  tarvuzi  qo'ltig'idan  tushib,  hafsalasi  pir  bo'libdi!  Hatto,  qizlari 

ham xayoliga kelmabdi... 

Oydan oy, kundan kun o'tibdi. Uch opa-singil, uch g'uncha ochilib gul bo'libdi. Oq gul, 

qirmizi gul va oltin rang gul! Birining labidan sut, ikkinchisining labidan bulbul nolasi, 

uchinchisining labidan esa asal tomarmish. 

Kunlardan bir kun podshohning bu gullari shaytonning so'ziga kirib, bir-birlarining qo'llarini 

ushlab  boqqa  chiqishibdi.  Bog'dagi  narsalarni  ko'rib  hang-u  mang  bo'lib  qolishibdi.  Bir 

tomonda  turfa  gullar  xush  bo'y  taratyapganmish,  ikkinchi  tomonda  esa  qushlar  xonish 

qilayotganmish. Gullar — quyoshni, bulbullar esa oshiqlarni ta'riflayotganmish. 

Bu  qanday  bo'ldi?  Opa-singillar  ilgari  bir-birlarini  sira  ko'rmagandek  yoxud  bir-

birlaridan judo bo'lib qolayotgandek ko'zlariga tikilishibdi. 

Uchovlari birdan oh tortishgan ekan, buni eshitib bulbullar xomush bo'lib qolishibdi. 

Kenjatoyi oq gulni uzibdi. 

— Men  oq  gulman,  —  debdi  u  boshini  quyi  solib,  —lekin  menda  na  tikan  va  na 

novda yo'q. 

O'rtanchasi qirmizi gulni uzibdi-da, debdi: 

— Men qirmizi gulman, lekin hali menda na yaproq vana g'uncha yo'q. 

Eng kattasi tilla rang gulni uzibdi-da: 

— Men tilla rang gulman, lekin mening na qo'shiqchim 

va na bulbulim bor, — deb yig'lab yuboribdi. 

Shu paytda bog'bon daraxt panasiga yashirinib, qizlarning gapiga quloq solib o'tirgan 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

ekan. U har narsaga e'tibor beradigan sinchkov odam ekan. 



U qizlar yoniga kelibdi-da: 

— Ey podshohning gullari, bog'dagi sunbullari! Sizlarga nima desam ekan? Qanday 

shamol  uchirdi  sizlarni?  Allohga  ming  qatla  shukrki,  hali  saroy  bog'idagi  gullardan 

birontasi  sizlardek  ochilgani  yo'q.  Sizlarga  qanday  iltifot  ko'rsatsamikin?  Dunyoda 

sizlarning  lablaringizdek  qand-u  asal  yo'q.  Eh,  taqdir,  taqdir!  Senki  podshohni  xursand 

qilolmaganingdan  keyin,  mening  qo'limdan  nima  kelardi?  Endi  biz  qarib  qoldik,bu 

dunyoga  mehmonmiz,  sizlar  esa  dunyoga  endi  kelyapsizlar.Otangiz  juda  xafa,  ko'ziga 

hech narsa ko'rinmaydigan bo'lib qoldi. U sizlarni ham esidan chiqarib yubordi. Onangiz 

ham 

qattiq  qayg'uga  botgan.  Uning  fikri  zikri  otangizda.  Dur-u  gavharlar,  marvarid 



taqinchoqlar  ham  ko'ziga  ko'rinmay  qoldi.Shunday  ekan,  sizlarni  o'ylarmidi?  Axir  yosh 

qiz  o'z  taqdirini  o'zi  hal  qila  oladimi?  Qizlarim,  gapimga  quloq  solinglar!  Men  aqlim 

yetganicha sizlarga bir maslahat beray, istasalaring, 

maslahatimga kiringlar, yo'qsa, ta'bingiz, — debdi. 

—  O'sha  kuni,  —  gapida  davom  etibdi  bog'bon,  —  sizlar  tug'ilganda  shu  yerga 

kindigingizni  kesib  ko'mib,  pushti  buta  o'tqazishgandi.  Mana,  ular  sizning  qarshingizda 

turibdi.  Butalar  sizlarga  qarab,  sizlar  esa  ularga  qarab  o'sdinglar.  Bo'yingiz  ham,  rangi 

ro'yingiz  ham  bir-biringizga  o'xshaydi.  Rangingizga  mos  keladigan  ana  shu  butalardan  va 

mana  bu  daraxtdagi  anorlardan  bittadan  uzib  olinglar,  keyin  Kilercha  boshidan  uchta  tilla 

patnis keltirishni buyuringlar. Patnisga bittadan anor va yoniga o'zingizga o'xshagan bittadan gul 

qo'yinglar.  Oq  gul  qo'yilgan  patnisni  oq  kiyingan  oq  cho'riga,  qizil  gul  solingan  patnisni 

qizil kiyingan ikki yuzi qirmizi olmadek cho'riga, novvot rang gul solingan oltin patnisni 

esa  oltin  taqinchoqlar  taqqan  oltin  soch  cho'riga  beringlar.  Shundan  keyin  ularni  Qora 

tog'angizning  oldiga  yubo-ringlar.  Hammasini  men  aytgandek  qilib  bajaringlar.  Boshqa 

gapim yo'q. Qora tog'angiz bu ishlaringizga qanday javob berishidan qat'i nazar, hammasi 

yaxshilikka bo'ladi. 

Qizlar  bog'bonning  gaplarini  yaxshilab  tinglab,  ko'zlari  katta-katta  ochilibdi.  Ular 

bir-birlariga qarab, o'ylab  qolishibdi: «Bu xoh mo'jiza, xoh sehr bo'lsin, lekin bu yerda 

qandaydir  donishmandlik  bor».  Qizlarning  uchovi  ham  bog'bonga  qanday 

minnatdorchilik izhor qilishni bilmay qolishibdi. Bittasi marvaridini, ikkinchisi olmosini, 

uchinchisi  esa  o'zida  bor  hamma  qimmatbaho  buyumlarini  hadya  qila  boshlagan  ekan, 

bog'bon kulib: 

— Eh, podshohning gullari, bog'dagi sunbullari, axir odam go'shtini yeb bo'lmasligini, 

terisidan  esa  kiyim-bosh  tikib  bo'lmasligini  bilasizlarmi?  Bu  shirin  suxan,  xolos.  Men 

unaqa  odam  emasman.  Amal-taqal  qilib,  bilganimcha  gapirdim-da.Marvarid  bilan 

olmoslar  faqat  qizlarga  yarashadi.  Bular  o'zlaringizga  buyursin.  Vaqti  kelib  to'ylaringda 

meni ham yaxshi 

nom bilan eslab qo'ysalaring, shuning o'zi kifoya, — debdi. 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Bu gaplarni eshitib oltin rang qizning rangi oqarib ketibdi, qizil rang qiz qirmizi bo'lib 



ketibdi, kumush rang qiz esa turgan yerida qotib qolibdi. 

Uchovlari  shosha-pisha  uchta  patnisni  bir  zumda  to'ldiri-shibdi.  Cho'ri  qizlarni 

yasantirishibdi-da, ularga patnisni tutqazib, Qora tog'alarining oldiga yuborishibdi. 

— Boshida  otasi  bor qizlar  tog'asining oldiga  kelmaydi,bordi-yu, kelsa ham  oldinda 

cho'risi borishi kerak, — debdilar-da, podshohning taxti yoniga yaqin borishibdi. 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Hammalari  g'am-tashvishga  botgan,  taxt  yonida  qator  bo'lib  turishibdi.  Hammalari 



qo'rqib,  o'ylashibdi:  «Endi  podshoh  bizlarni  o'limga  hukm  qilarmikin  yoki  xachirdek 

ishlatib, yag'irimizni chiqararmikin?» 

Shunda  Qora  tog'a  cho'rilarga,  cho'rilar  pichoqlarga,  pichoqlar  anorga,  anorlar 

podshohga,  podshoh  esa  gullarga  qarabdi.  Shu  payt,  birdan  tepa  tomonda  quyosh 

yarqirab ko'rinibdi. Axir quyosh ko'tarilayotgan paytda hammayoqni yoritib yuboradi-da. 

Birozdan keyin quyosh shunday charaqlab ketibdiki, shunda podshoh ham hushiga kelibdi. 

U  gullarni  tanibdi-da:  «Oq  gul,  qizil  gul,  oltin  rang  gul!  Oh,  bular  mening  gullarim-ku? 

Butalar  gul  bo'libdi,  demak,  oradan  talay  vaqt  o'tib  ketibdi-da.  Axir  tun  ham  uzoq 

bo'lmaydi-ku.  Boshimga  og'ir  tashvish  tushganiga  shunchalik  uzoq  vaqt  bo'ldimi?»  — 

deb o'ylabdi. 

Bu gul bilan anorlar nima maqsadda yuborilganligiga aqlingiz yetdimi? 

Podshoh so'rabdi: 

— Gullar qanday ma'noni anglatishidan qat'i nazar, lekin anorlar qalbga taskin berish 

uchun  emas,  albatta.  Bu  narsalarda  bir  gap  bor.  Qizlarimning  uzatiladigan  vaqti 

bo'lmadimikin? 

Cho'rilarning-ku  patnisni  ushlab  turish  uchun  qo'llari  bor,  biroq  bu  jumboqni  qanday 

yechmoq kerak. 

Shunda Qora tog'a o'z mahoratini ishga solibdi-da, yurak-dagi gapni aytibdi: 

— Ey podshohi olam, buni mendan ko'ra siz yaxshi  bilishingiz kerak. Butoq o'sib, 

gul bo'lib ochilsa, uni uzib olishadi yoki shamol uchirib ketadi. Qizlaringizni o'ylasangiz 

durust  bo'larmidi?  Bularni  sizga  Qora  tog'a  aytyapti,  illo  siz  mamlakatga  hukmronsiz, 

podshohim. 

Shunda podshoh debdi: 

— Qora  tog'a,  mening  boshimga  tushgan  g'am-tashvishlarni  tog'  ham  ko'tarolmaydi! 

Jangda  men  rustamsifat  pahlavonlarimdan  ajraldim.  Qizlarimni  endi  kimga  beraman. 

Yetti podshohlikka bas kelib, arkon-u davlatimni himoya qiladigan 

yigitlarim qani? 

Qora  tog'a  o'ylab  gapiradigan  odam  ekan.  Shu  sababli  uni  hamma  tanir  ekan.  U 

o'ylab, bunday javob beribdi: 

Ey  podshohi  olam,  sultoni  bokaram,  dunyoda  sizning  yigitlaringizdan  boshqa 

yigitlaryo'q emas-ku. Bundan bo’lak qanchadan-qancha boshqa mamlakatlar bor. Toshni 

o'ylamasang,  boshingga  tushadi.  Shunday  ekan,  vaqt  o'tmasdan  vorislaringiz  haqida 

o'ylashingiz kerak. 

Unga podshoh debdi: 

— Gap shunday ekan, unda mening ahdim shu: qizlarning yuborgan anorini ko'rib, 

ularning niyatlari nima ekanligini va erga tegadigan vaqti bo'lgan-bo'lmaganligini 

bilamiz. 

U shunday debdi-da, haligi uchta anorni ikki pallaga bo'libdi. 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Shunda sariq gul podshohning katta qiziga o'xshab tilga kiribdi: «01tin rang senmisan 



yoki  menmi?»  O'rtancha  qirmizi:  «Qirmizi  senmisan  yoki  menmi?»  Nihoyat,  kenjatoy 

oqi: «Oq senmisan yoki menmi?» — debdi. 

Podshoh shunda qizlarning orzulari nima ekanligini anglabdi. 

— Oltin  rang  qizim  indamayapti,  biroq  yuborgan  anor  shunday  deyapti:  «Mening 

vaqti soatim yetdi». Qirmizi qizim indamayapti-yu, biroq uning o'rniga yuborgan anori: 

«Gul- 


gul yashnab ochilyapman», deyapti. Oppoq qizim indamayapti-yu, lekin yuborgan anori 

esa: «Men hali butoqman, biroq albatta gul bo'laman», deyapti. Hammasi yaratganning 

o'ziga  ayon,  biz  sinab  o'tirmaymiz-da,  ularga  uchta  kamon  o'qi  yuboramiz.  Xohlagan 

paytlarida  sochlaridan  tola  olib  kamonga  ip  qilishadi-da,  otishadi.  Otga  minib  otgan 

o'qlari qayerga tushsa, o'sha yerga borib kelin bo'lishadi. Taqdirlari o'z qo'llarida. Agar 

peshanalari  yarqirab,  baxt  kulib  boqqan  bo'lsa,  omadlari,  bordi-yu  peshanalari  sho'r 

bo'lsa,  boshlari  g'am-tashvishdan  chiqmay,  yig'lab-siqtab  o'taveradilar.  Biroq  taqdirdan 

nolimaslik  kerak.  Borgan  joylarida:  «Erimning  uyi—jonimning  to'ri»,  deb 

yashayverishsin, illo, «Otamning uyi — xonlarning uyi», 

deb qaytib kelishmasin. 

Podshoh shunday debdi-da, har qaysi oltin patnisga kumush kamon o'qi qo'yib qizlariga 

yuboribdi. 

Qizlar esa sochlaridan yulib, kamonga ip qilishibdi, so'ng o'qni qo'yib otibdilar. Oltin 

rang qizning otgan o'qi to'ppa-to'g'ri borib katta vazirning uyiga, qirmizi qizning otgan 

o'qi  esa  kichik  vazirning  uyiga  tushibdi.  Kumush  qizning  o'qi-chi,  u  borib-borib  Qof 

tog'ining eng baland cho'qqisiga tushibdi. Endi nima qilish kerak? Garchi unga o'zining 

o'qini berishgan bo'lsa-da, lekin hoziroq ot deyishmagan ekan. Yoshi nechada, es-hushi 

joyidami? Uning guli tiniq oq, anori esa go'yo sutdek bo'lsa! Yana qanday ko'rgiliklarga 

chidashi  kerak!  Axir  bugun-erta  qiyomat-qoyim  bo'layotgani  yo'q-ku.  Qo'l  bilan 

qilingan ishga bo'yin yor beradi, deyishadi-ku. Endi o'zi qilgan ishga o'zi chidaydi-da. 

Alvon  bayroqlar  ko'tarib  Oltin  qizni  katta  vazirning  o'g'liga  uzatishibdi.  Nog'oralarni 

chalib Qirmizi qizni kichik vazirning o'g'liga uzatishibdi. Kumush qizga esa bayroq ham 

ko'tarish-mabdi,  nog'oralar  ham  chalishmabdi.  Uni  qirchang'i  bir  otga  mindirishibdi-da, 

hayyo-huv, deb Qof tog'iga jo'natishibdi. 

Nega  endi  sizlar  podsho  qizlariga  qanday  sovg'a-salom  in'om  qilibdi,  deb 

so'ramaysizlar?  U  qizlariga  uchta  tosh  sovg'a  qilibdi.  Katta  qiziga  zumrad  tosh, 

o'rtanchasiga yoqut tosh, kenjasiga esa sabr toshi. Yana nima sovg'a qilsin? Tkkala katta 

qizi  baxtga  botgan  bo'lsa-yu,  kichigi  esa  bo'ynida  sabr  toshi,  qirchang'i  otga  minib, 

boshini egib yo'lga tushgan bo'lsa! Og'ir-mashaqqatli yo'lda hech kimhi ko'rmabdi, faqat 

yo'llargina u bilan hamsuhbat bo'lishibdi. 

—  Ey  besabr  qiz,  besabr  qizi  tushmagur-ey!  Shamol  turdimi,  yong'oqlar  urib 

tushirdimi,  nega  endi  bunchalik  shoshqaloqlik  qilmasang?  O'zingga  achinmasang  ham 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

otingga achinsang-chi. Biroz damingni olsang bo'lardi! 



Kumush  qiz  bu  gaplarni  eshitibdi-yu,  indamay  ketaveribdi.  Xuddi  tog'dan  oqib 

tushayotgan  seldek,  adir-qirlarda  esib  yurgan  shamoldek  ketaveribdi,  ketaveribdi.  Na 

tog'-u  toshlarda,  na  adir-qirlarda  va  na  daryolardan  o'tayotganida  unga  hech  zog' 

uchramabdi. Biroq tog'lar, daryolar, sellar unga qarab shovqin solibdi: 

—  Besabr qiz, besabr qizi tushmagur! Nahotki etaging yonib ketayotgan bo'lsa? Yoki 

qozoning  qaynab,  toshib  ketyaptimi?  Nega  bunchalik  shoshmasang?  Joningga 

achinmasang, otingga rahm qil, otdan tushib, birpas damingni ol. 

Kumush qiz bu gaplarni eshitibdi-yu, yana indamay otini haydab ketaveribdi. 

U  kun-tun  demay,  yo'lning  olis-yaqinligiga  ham,  char-chagan-charchamaganligiga 

ham  qaramay  ketaveribdi,  ketaveribdi.  Nihoyat,  Qof  tog'iga  yetib  kelibdi.  U  yerda 

nimani  ko'ribdi  deng?  Sel  yuvib  ketgan  tap-taqir  yer,  do'ngliklar-u  toshlardan  bo'lak 

hech vaqo yo'q emish. Yerning o'rtasiga kumush o'qi qadalib yotganmish. 

Uning  o'qi,  uning  baxti.  O'qi  na  devori-yu  va  na  tomi  yo'q  yerga  borib  tekkanini 

qarang. U xuddi Xo'ja Nasrid-dinning qabriga o'xsharmish. 

Kumush qiz o'qni olmoqchi bo'lib engashgan ekan, boshi toshga  tegibdi. Bu qanaqa 

tosh  bo'ldi?  Sabr  toshimi,  sehr  toshimi,  bilmabdi.  Qiz  toshga  tegib  ketishi  bilanoq 

hamma  narsaga  tushunibdi.  Go'yo  o'q  yerdan  sug'urilib,  uning  ko'ksiga  sanchilgandek 

bo'libdi.  Ko'kragi  og'rib,  yuragidan  qon  oqa  boshlabdi.  Qiz  nima  bo'layotganini  ham, 

nima qili-shini ham bilmabdi. 

U qo'ynidan sabr toshini olibdi-da, yig'labdi: 

— Eh,  sabr  toshi,  sabr  toshgina!  Yuragim  kuyib  adoyi  tamom  bo'ldim.  Opalarim  kabi 

men  ham  bog'dagi  gul  edim.  Bu  yerlardan  qush  ham  uchmaydi,  karvon  ham  o'tmaydi. 

Hech 

qanday  jonzotdan  asar  yo'q.  Taqdir  ekan,  yulduzim  to'g'ri  kelgan yigit, qashshoq bo'lsa-



da, u bilan qo'qqaygan boshpanada yashasam ham roziman. 

Yolg'izlik yaratgan bilan shaytonga yarashadi! Peshanam sho'r ekan! Endi nima qildim? 

Holim nima kechadi? Ey sabr toshi, qaysi birimiz sabr-toqatlimiz, senmi yo    menmi? 

Shunda sabr toshi odamga o'xshab javob beribdi: 

— Oq  qiz,  Kumush  qiz!  Suvdek  toza,  qordek  oppoq  qiz!  Sen  menga  nisbatan 

mashhursan, men esa senga qaraganda sabrliman. Sen bog'da o'sgan gul eding, nega endi 

butangda  ochilmading?  Uch  qizning  biri  eding,  nega  endi  joningga  rahming  kelmadi? 

Bunga  taqdir  ham,  odamlar  ham  aybdor  emas.  Hamma  ishni  o'zing  qilding.  O'zing 

gunohkorsan! 

Nega  qo'ling  shunchalik  shoshdi?  Nima,  qiyomat-qoyim  yaqinlashib  qolganmidi? 

Ey  besabr  qiz!  O'qing  kamondan  uchib  ketdi!  Uni  o'zing  qo'yib  yubording,  endi  bu 

yog'iga  chidaysan!  Qizlarda  qirqta  jinchiroq  bo'ladi,  bittasi  o'chsa,  ikkinchisi  yonadi. 

Endi sabr qil! 

Kumush qiz kamonning ipini o'zi tortib yuborganligini tushunibdi va yerga yuztuban 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

yiqilibdi. «Demak, inson o'z taqdirini o'zi yaratib, uni o'zi barbod qilar ekan! Oh, nima 



qilib qo'ydim-a?» 

U ho'ng-ho'ng yig'labdi, keyin otining bo'yniga osilib: 

—  Uchqur  tulporim!  Mening  boshimga  tushgan  musibat  sening  boshingga 

tushmasin. Endi bu yerdan ketib, joningni asrab qol. Men bu tog'-u toshlarda sabr-toqat 

qilib  pesha-namda  yozilganini  ko'raman.  Axir  dunyoda  o'limdan  dahshatliroq  narsa   

yo'q-ku, — debdi. 

Shuni  deb  u  otni  qoziqdan  yechibdi-da, qo'yib  yuboribdi.  Ot  ketayotib  kishnab,  yer 

tepinibdi. Yurib, yurib orqasiga qaytib, yana ketarmish. Aloha qorasi ko'rinmabdi. 

Kumush  qiz  ko'zlari  jiqqa  yoshga  to'lib,  uning  orqasidan  qarab  qolibdi.  Qarasa, 

osmonni  qora  bulut  bosib  kelayotganmish.  Birozdan  keyin  sharros  yomg'ir  quyib  beribdi. 

Unga  rahmi  keladigan  hech  kim  yo'q,  loaqal  momaqaldiroqning  rahmi  kelmasmikin? 

Rahm  qiladi,  biroq  bu  bilan  u  g'am-tashvishdan  qutulolmaydi-ku!  Yomg'ir  odamni  ho'l 

qiladi, xolos. 

Kumush  qiz  qorong'i  tushmasdan  yashirinadigan  joy  topay,  deb  u  yoq-bu  yoqqa 

yuguribdi. Birdan desangiz, qiz sirli eshikni   ko'rib qolibdi. Bu yerda bir gap bor! 

Qiz  sevinib  ketibdi.  «Buni  qurgan  odam  bordir,  albatta!»  —  deb  o'ylabdi  u.  Shosha-

pisha ichkari kiribdi, qarasa, ichkari qorong'i ham, yorug' ham emasmish. Bu qanaqa joy 

ekan, deb qiz hayron qolibdi. U yoq-bu yoqqa qarabdi. Birdan o'choqni ko'rib qolibdi: 

o'choqda  na  kul  va  na  supurgi  bor  emish,  hammayoqni  o'rgimchak  uyasi  bosib  ketgan 

emish.  O'choq  tepasida  sham  bilan  uning  yonida  chaqmoqtosh  turganmish.  «Bu  yerda 

bironta jonzot bo'lsa kerak, bo'lmasa kim toshdan o't chiqarib, o'choqqa olov yoqadi», — 

deb o'ylabdi qiz. 

Qiz  bir  lain  kutibdi,  besh  kun  kutibdi,  hech  kirn  kelmabdi.  Bu  yerda  nima  qilib 

o'tiribsan, deydigan odam ham topil-mabdi! 

Peshanaga  yozilgani  shu  bo'lgandan  keyin  ko'nadi-da.  Qiz  sham  yoqibdi.  Sham 

uning g'am-g'ussalari singari yonibdi. U shamni bir kecha yoqibdi, ikki kecha yoqibdi, 

shamga qo'shilib uning g'amlari ham yonibdi. 

Kundan  kun,  tundan  tun  o'tibdi.  Qiz  bir  kuni  qorni  och-ganligini  sezibdi,  shunda 

g'am-tashvishlari ham esidan chiqib ketibdi. 

— Qani, bir tashqariga chiqib ko'ray-chi. Parrandadarrandalar uchrasa, ov qilarman, 

o't-o'lan topilsa, yulib yerman! — debdi. Shunday qilib, oradan bir necha kun o'tibdi. 

Qiz  bir  kuni  ovga  chiqibdi.  Ovi  baroridan  kelmay,  yegulik  biron  narsa  topolmabdi, 

tinka-madori qurib, holdan ketibdi. Qiz nima qilarini bilmay boshi qotibdi. U qo'ynidan 

sabr toshini olibdi-da, unga yuragidagi dardini to'kib-solibdi: 

— Eh  sabr  toshi!  Yurak-bag'rimni  ezib,  adoyi  tamom  qilding.  Bir  paytlar  qornim 

to'q,  g'amim  yo'q  edi.  Endi  bo'lsa  bir  qultum  suv  bilan  bir  burda  nonga  zorman.  Qani 

ayt-chi, sabr toshi, sen sabrlimisan yo menmi? 

Shunda sabr toshi debdi: 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

— Oq qiz, Kumush qiz, suvdek tiniq, qordek oppoq qiz! Sen bir paytlar boy-badavlat 



eding. Qani o'sha boyliklar? 

O'shanda  qaddi-basti  kelishgan  qiz  eding,  u  davri  davronlar  ketib,  bir  holatda  bo'lib 

qolibsan, qanday  qilib  jon saqlab  yuribsan?  Ayb  tog'-u  qir-adirlarda  ham  emas,  hamma 

ayb  o'zingda,  o'z  oyoqlaringda!  Axir  oyoqlaring  nega  bunchalik  shoshilmasa!  Nima, 

qiyomat-qoyim yaqinlashib qolganmidi? 

Oh,  besabr  qiz!  Shoshmasdan,  sekin  yuraver,  shunda  dilingdagini  topasan.  Endi 

ko'ngling tusagan narsani emas, nima topsang shuni yeyaverasan. Kechgacha hali ancha 

vaqt 


bor. Chida, sabr qil! 

Shunda qizning dimog'iga ziravorning isi kirib, qirg'ovul ovozi eshitilibdi. Oh, nimaning 

isi  bu!  Ovoz-chi!  Naq  qo'shiqning  o'zi-ya!  Kumush  qiz  qorni  ochganligini  ham,  qayg'u-

alamini  ham  unutibdi.  Lekin  u  qattiq  chanqaganligini  sezibdi.  Go'yo  kun  qizig'ida 

arpapoyada  yurgandek  a'zoyi  badani  yonibdi.  Tog'da  ariq  yo'q  ekan.  Endi  u  nima  qilsa 

ekan? U ziravoming isini iskab, qirg'ovulning ovozini tinglabdi. 

Shunda  boshi  aylanibdi-da,  hushidan  ketib,  yiqilibdi.  Oradan  qancha  vaqt  o'tganini 

bilmayman.  Bir  payt  hushiga  kelib,  ko'zini  ochsa,  xarsang  tosh  ustida  oltin  qirg'ovul 

turganmish. Tumshug'ida bir bog' zira bor  emish. Ular  bir-birlariga qarashibdi. Zira esa 

na qirg'ovulga, na qizga qaramay, xushbo'y is taratyapgan emish. Shunda qiz debdi: 

— Bugun men ov qilganim yo'q! O't-o'lan ham terganim yo'q. Xudo menga parranda 

bilan o't-oian yuboribdi. Nahotki men bir parcha go'sht uchun shunday sayroqi qushning 

joniga  qasd  qilsam,  shunday  xush  bo'y  taratyapgan  yaproqlarga  qoi  ursam?  Agar 

yaratgan egam menga nasiba ato qilgan boisa, boshqa narsa yuborsin. 

Shunda  u  yuragi  to'lib  ketganidan  kuylab  yuboribdi:  Ne  sababdan  toshlar  aro  sayrab 

ketding,  qushginam,  Ikki  ko'zim  g'iltillaydi  qalbni  ezib  g'am-alam.  Mening  o'rnim  yo'q 

ekan-da,  chamasi,  bu  dunyoda,  Hatto  kimga  ma'shuqaman,  bilolmayman  g'amboda.  Tog' 

farzandi,  qirg'ovuljon,  qo'lim  cho'zdim  sen  yoqqa,  Lekin  seni  men  hech  qachon 

tushirmayman  tuzoqqa.  Maysa  unut  bolgan  joyga  o't  keltirding,  go'zalim,  Zira  isli 

qo'shig'ingni  ichay  chanqoq  mahalim.  Kumush  qiz  qo'shig'ini  aytib  boigach,  oltin 

qirg'ovul  ashula  boshlabdi.  To'lib-toiib  kuylabdi.  Nima  haqda  kuy-layotgan  ekan-a? 

Qush  tilida  bir  narsalar  deb  qizni  yupat-yapgan  boisa  kerak.  Qiz  uning  gapini 

tushunmabdi.  Biroq  qirg'ovul  qizning  gaplarini  tushunmadi,  deb  boiarmikin?  Agar 

tushunmaganda  shuncha  uzoq  kuylab-sayrarmidi?  Qirg'ovul  kuylay-kuylay  Kumush 

qizning yoniga kelibdi. 

Qiz  qushni  ushlamoqchi  bo'lgan  ekan,  shunda  sabr  toshi  aytgan  gaplar  esiga 

tushibdi. 

«Kechir  meni,  qo'lim,  quloqsiz  qo'lim,  shoshilma.  Sen  tufayli  tug'ilib  o'sgan 

diyorimdan  ayrildim,  endi  meni  qirg'ovul  bilan  ziradan  ham  mahrum  qilma»,  —  deb 

o'ylabdi. 

Shunda qiz yolvorib so'rabdi: 

— Erkak kishining bo'yi bir qarich bo'lsa-da, olam-jahonjoyni egallaydi, deyishadi. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling