H. Po'Iatov, N. Sodiqov Turk ertaklari (H. Po'Iatov, N. Sodiqov tarj.). T


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana20.08.2020
Hajmi0.69 Mb.
#127091
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2c209916c7534ace54599209314a282f


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

— Ey  mening  dono  Kojibegim!  Orqamizdan  kim  ham  kelardi?  Hech  kim 



ko'rinmaydi, faqat Boz tog'ining cho'qqisidan oq bulut bosib kelyapti. 

— Boshimizga  qanday  falokat  tahdid  solib  kelayotganini  bilasanmi?  U  bulut  emas, 

o'rtancha xolam bo'ladi. U qizini go'shangada qoldirib, orqamizdan quvib kelyapti. Bunga 

ham  onam  aralashgan!  Qutulishga  urinib  ko'ramiz.  Xolamning  ikki  qo'lidagi  hamma 

barmoqlari yog'liq bo'lib, uni biron narsaga artmoqchi bo'lib yuradi. Biron narsa o'ylab 

topish kerak, bo'lmasa u bizni omon qo'ymaydi. 

Kojibek  shunday  deb  yerga  qo'nibdi-da,  kaftiga  urgan  ekan,  qiz  pushti  gullari  ochilib 

turgan boqqa, o'zi esa bog'bonga aylanib, eshik oldida turibdi. Shu payt xolasi qo'lini artishga 

narsa  topolmay,  o'tga  artgan  ekan,  o't  qorayib  qolibdi,  tutga  tekkan  ekan,  qora  dog'lar 

tushib qolibdi. Buni ko'rib u bog'bon   oldiga kelibdi. 

— Hoy  bog'bon,  bu  yerdan  novcha  yigit  bilan  kumush-simon  qiz  o'tdimi?  —  deb 

so'rabdi u bog'bondan. 

— Nima, nima deding? Men kimman? Onam  — rediska, otam  — sholg'om bo'ladi. 

O'zim esa Nane Mollaman. Menda yovvoyi olmalar, yovvoyi olmalar bor! 

— Nane  Molla  bo'lsang  o'zingga,  men  sendan  bu  yerdan  bir  yigit  bilan  bir  qiz 

o'tmadimi, deb so'rayapman. 

— Hap-hap etadi, buzoqlar shataloq otadi! Yong'oq ham topolmaysan, arg'uvon ham 

qoqolmaysan! Menda yovvoyi olma bor, kep qol yovvoyi olmaga! 

— E, tentak, menga qara. Belkurak bilan yog'ochning farqiga borasanmi? Men senga 

aytsam: «Mingta pashmalog' odaming bitta menga arzimaydi». Sen tag'in: «Qaysar dar-

vozasi  yuzta  uydan  bo'lgan»,  deysan-a.  Bu  yerdan  yigit  bilan  qiz  o'tdimi?  Nega 

talmovsirayapsan? 

— Men  hali  piyoz  bilan  sarimsoq  ekkanim  yo'q.  Bitta  bog'imda  ismaloq  o'ssa, 

boshqasida qovoq gullayapti, ishonmasang borib ko'r. 

U  bu  tentak  bilan  adi-badi  aytishib  o'tirishdan  foyda  yo'q,  debdi-da,  terisiga  minib, 

osmonga ko'tarilibdi. 

Ko'z  ochib-yumguncha  to'yxonaga  yetib  kelibdi.  U  qo'liga  qarab,  qanday  tog'lardan 

uchib  o'tganini,  qanday  bog'-rog'larni  bulg'atganligini  opasiga  gapirib  beribdi.  Shunda 

jinlar uvvos solibdi, opasi esa uning tizzasiga urib: 

— Nima  qilib  qo'yding,  ahmoq?  Tog'da  bog'  nima  qiladi?  U  bog'  emas,  o'sha  yerga 

qarab  yuradigan  qiz,  bog'bon  esa  qalbimizni  o'rtab  ketgan  o'g'lim  bo'ladi.  Agar  sen 

qo'lingni  o'tga  artmay,  tutni  bulg'atmay,  o'g'limning  yuz-ko'ziga  surtganingda,  shunda 

begona  qiz  olma  shoxidan  uzilib  tushardi.O'g'limni  esa  oldingga  solib  olib  kelaverarding. 

To'y-tomosha  ham  buzilmagan  bo'lardi.  Aftidan,  o'zingni  ovutib,  yuz-ko'zlaring 

qoraligicha  qaytaveribsan-da,  bundan  chiqdi,  qizingni  o'g'limga  berishga  unchalik  ra'ying 

yo'qqa o'xshaydi. Bu ishga o'zim aralashmasam bo'lmaydiganga o'xshaydi, — debdi. 

Shu gaplarni aytib, ko'zaga o'tiribdi-da, to'ng'illab, os-monga ko'tarilibdi. 

Bu o'rtada Kojibek debdi: 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

— Ey sabr-matonatli qiz, burun kataklarim qizib ketyapti! 



Agar  orqangga  o ' g i r i l i b   qarashning  iloji  bo'lsa,  qara,  orqamizdan  bironta  oclain 

quvlab kelyaptimikin. 

Kumush qiz javob beribdi: 

— Mening  dono  Kojibegim!  Bizga  kim  ham  hujum  qila  olardi?  Hech  kim 

ko'rinmayapti,  faqat  anovi  Qora  tog'  tomondan  qop-qora  bulut  pastlab,  biz  tomon 

kelyapti! 

Kojibek bu gaplarni cshitishi bilan qanotlari sinib tushibdi, Kumush qizga debdi: 

— Ustimizga  qanday  falokat  bostirib  kelayotganini  bilasanmi?  Bu  kelayotgan  bulut 

emas, mening onam bo'ladi. Uning fe'1-atvorini o'zing yaxshi bilasan. U sir degan narsani 

bilmaydi, aldovlarga uchmaydi. Kel, yaxshisi, unga hamma gapni aytib bera qolamiz. U 

yog'i peshanamizdan! 

Kojibek shunday deb yerga qo'nibdi, kaftiga urgan ekan, qiz qalamcha gulga, o'zi esa 

sariq ilonga aylanib qolibdi. 

Ona  osmonda  charx  urib  aylanib,  yerga  tushibdi.  U  yoq-bu  yoqqa  qaragan  ekan, 

jarlikda qalamcha gulni ko'ribdi. Unga sariq ilon chirmashib olganmish. 

Ona ularning yoniga kelibdi-da, debdi: 

— Chirmashmay  qo'ya  qol!  Ilon  —  mening  o'g'lim,  gul  esa  qiz  bo'ladi.  Agar  sen 

«Kim  mening gulimga tegsa,  chaqaman», deb o'ylasang yanglishasan. Hatto ilonni  — 

o'g'limni ham  ayamayman. Shunday  sevgi  borki, u  oydan  ham  yorug' bo'ladi, shunday 

muhabbat  borki,  u  bir  axlatxonadan  ham  xarobdir.  Yurak  masalasini  aralashtirmashk 

kerak.  Sen  bu  qizdan  yaxshilik  ko'rmaysan,  yarangni  yangilaydi.  Yaxshisi,  men  bilan 

olishmay, oldimga tush! Begona qiz o'z yurtiga jo'nasin! 

Onasi shunday deyishi bilan sariq ilon guldan sirg'alib tushibdi-da, onasining oyog'i 

ostida  kulcha  bo'lib  yotibdi.  O'g'li  onasiga  qanday  qilib  qirg'ovul  bo'lganini  va  kuy-

laganini,  zira  bo'lib  ochilgani  ham  hid  taratganini,  qaltis  bellashgani  va  yarador  bo'lib 

yerga yiqilganini aytib beribdi. 

— Mushtipar ona,  siz  uchun bitta  emas,  mingta qizning bahridan  o'tishga  roziman. 

Lekin  otamning  gapiga  kirib,  ikki  marta  qasam  ichganman.  Men  shu  qizni  parilardek  sir 

saqlashga va jinlardek sabr-qanoatli bo'lishga o'rgatmoqchi bo'lgan edim. Biroq buni unga 

men emas, taqdir o'rgatdi. U esa menga  yig'lash bilan kulishni o'rgatmoqchi bo'lgandi, 

hozir faqat bitta va'dasini bajardi. Yig'lashga majbur etgan xudo, vaqti kelib loaqal biron 

marta  kulishni  menga  nasib  etar.  Agar  biz  parilar  avlodiga,  jinlar  qoniga  inson  qonini 

qo'shsak,  otamning  aytgani  bo'lardi.  Hammamiz  yorug'  dunyoda  insonlardek  hayot 

kechirardik.  Agar  aytganim  bo'lmasa,  men  bundan  keyin  yarim  odam  bo'lib 

yashamayman... 

Shunday  debdi-yu,  uning  ko'zlaridan  duv-duv  yosh  to'kilibdi.  Ko'z  yoshlarini 

artgani yuziga oq gulning barglari tusha boshlabdi. 

Ona ham yig'lab yuboray debdi-da: 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

— Ey,  jonim  bolam!  Yuragingda  shunchalar  og'ir  dard  bor  ekan-u,  buni  men 



qayerdan  bilay!  Men  faqat  qirq  yeringdan  jarohatlanib  kelganingni:  «Meni  bir  besabr 

qiz  jarohatladi,  yaramni  bog'lab,  davola»,  deganingni  ko'rdim,  xolos.  Qo'limdan 

kelganicha jarohatingni bog'ladim, lekin davolay olmadim. Mana shu besabr qiz hakim 

bo'lib kelib, 

jarohatlaringni  tuzatdi,  bu  haq  gap.  O'g'limga  yana  bironta  shikast  yetkazmasa 

go'rgaydi,  deb  ko'zimga  borgan  sari  yomon  ko'rina  boshladi.  Shuning  uchun  ham  seni 

singlimning qiziga uylantirib, unga andarmon qilmoqchi bo'ldim. Sen menga otangning 

nasihatini aytganingda, indamasdim. Begona qiz oldida gunohkor bo'lmasdim. Endi sen 

menga  qanchalik  o'g'il  bo'lsang,  u  ham  menga  xuddi  shunday  qizim  bo'ladi.  O'tgan 

ishga salavot. Xohlagan yerlaringda yashayveringlar. 

Ona shunday deyishi bilan ilon Kojibekka aylanibdi, oq gul esa novdadan tushibdi. 

Ikkovlari onaning qo'l va etaklaridan o'pishibdi. 

Ona ketar ekan, debdi: 

-  Aytmoqchi bo'lgan so'nggi gaplarimni quloqlaringizga isirg'a qilib taqib olinglar. Ey 

jinlardek qudratli, oliyhimmat bolam, faqat yig'lash bilan kulishni biladigan kimsagina inson 

hisoblanadigan bo'lsa, u vaqtda yer yuzidagi kishilarning hammasini inson desa bo'lardi. 

Dunyo - kema, aql esa uning yelkani, fikr-mulohazasi rulidir, buni bilib qo'y. Bugundan 

boshlab sening isming Sabrxon bo'lsin. 

Ona o'g'lining peshanasidan o'pibdi-da, qizga debdi:    -  Ona  qizim,  oppoq  qizim, 

kumush qizim. Sabr-toqatning cheki yo'q. Hamma vaqt qulog'ingda bo'lsin: quyoshda 

eshitgan  gapingni  soyada  gapirma!  Do'stingning  ham  do'sti  bor.  Bordi-yu,  do'sti 

bo'lmasa terisi bor. Teri devorga ilib qo'yiladi. Devorning qulog'i bor, qizim. Bugundan 

boshlab 

sening  isming  Sabr-matonatli  xotin  bo'lsin.  Shunday  deb  qizning  yuz-ko'zlaridan 

o'pibdi.  

Ona  ular  bilan  xayrlashib,  ko'zasiga  o'tiribdi-da,  osmonga  ko'tarilibdi.  Biroq,  ikki 

qanoti majruh Kojibek endi burgut bo'lib ucholmabdi. 

 -Eng  dahshatlisidan  qutuldik,  —  debdi  u.  Shunday  qilib,  Sabrxon  b i l a n   Sabr  xotin 

misoli  bir  yong'ocining  ikki  pallasidek  qo'l  ushlashib,  yo'lga  ravona  bo'lishibdi.  Yo'l 

yurishibdi,  yo'l  yurishsa  ham  mo'l  yurishibdi,  bir  payt  ularning  oldida  qora  ot  paydo 

bo'libdi.  Sabr  xotin  t i k i l i b   qarasa,  bir  paytlar  tog'da  qo'yib  yuborgan  o'zining 

qirchang'isi  emish.  Endi  juda  semirib,  yiltillab  ketganmish.  Turgan  yerida  kishnab, 

go'yo:  «Ey  yo'lovchilar,  charchab-horiganga  o'xshaysizlar.  Hammani  ham 

mindiravermayman,  sizlarni mindirib, manzillaringizga yetkazaman»,  — deyayotgandek 

emish. 

Ular  endi  qayerga  borishadi.  Hozircha ko'zlari  yosh  bo'lganligi  sababli  jinlar  yurtiga 



qayta  olmaydilar.  Hali  kulishni  unchalik  bilmasliklari  uchun  odamlar  orasiga  ham 

kirolmaydilar, er-xotin Qof tog'i bilan Afdog' tog'i oralig'idagi  parilar orasida yashashga 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

ahd qilibdilar. Sabrxon g'amgin debdi: 



—  Taqdir  bizga  kulishni  albatta  nasib  etadi.  O'shanda  odamlarga  qo'shilamiz. 

Mabodo  kulishni  o'rganib,  yig'lashni  unutsak,  yana  qadimiy  togiar,  jinlar  o'lkasiga 

qaytishimizga to'g'ri keladi. 

To'g'ri  gapga  e'tiroz  bildirish  qiyin.  Sabr  xotin  hatto  churq  etmabdi.  Qora  ot  ularni 

ko'z ochib-yumguncha parilar podshohligiga olib boribdi. 

Parilar ularni go'yo qirq yildan beri kutayotgan aziz mehmonlardek kutib olishibdi. 

Ikkovlarini  bir  muhtasham  qasrga  olib  kirishibdi,  bunaqa  qasr  yetti  iqlimda  ham  yo'q 

ekan. Bu qasr sirli toshdanmi yoki sabr toshdan qurilganmi? Bu jannatmakon yerni ta'rif-

u tavsif qilishga til ojiz ekan. 

Shu  kuniyoq  to'y-tantana  boshlanib  ketibdi.  Hatto  shum  taqdir  bir  chekkaga  chiqib 

tinchlik-osudalikka  yo'l  beribdi.  To'y  boshlanib,  nog'oralar  chalinayotgan  bo'lsa-da, 

Sabrxon  hech  kulmasmish.  To'qqiz  yil,  to'qqiz  oy,  to'qqiz  kun,  to'qqiz  soat,  to'qqiz 

daqiqa deganda bir o'g'il va bir qiz dunyoga kelibdi. Bittasiga Oy, ikkinchisiga Yulduz 

deb nom qo'yishibdi. Cho'rilar Yulduzni gullarga burkab, onasining bag'riga, Oyni esa 

bulutlarga burkab, otasining bag'riga qo'yibdilar. Sabrxon q i z in i  bag'riga bosib o'pgan 

ekan,  chaqaloq  shunaqangi  qiyqirib  kulibdiki,  hatto  uning  kulgisini  uch  oylik  yo'ldan 

turib, ota-onasi, opalari va malla soch hamda oltin soch jiyanlari ham eshitgan bo'lishsa 

kerak. 


Buni aniq bilmayman! 

Kojibek  tiqmachoqdek  o'g'lini  o'pgan  ekan,  u  ham  shunday  kulibdiki,  hatto  uning 

kulgisini  ota-onasi,  echki  boshli  va  qo'y  boshli  ikkala  xolasi,  peshanasi  sho'r  oldingi 

qaylig'i ham eshitishibdi. Eshitdinglarmi? Yolg'on gapirib nima qilaman. Men Sabrxon 

bilan Sabr xotinning murod-maqsadlariga yetishganini aniq bilaman... 

Osmondan uch dona olma tushibdi, uni yegan saring yeging kelaverarmish. Bittasi bu 

ertakni  o'qigan  yoki  eshit-ganga,  ikkinchisi  sabr  toshidan  ham  sabrliroq  bo'la  oladigan 

va  maromi  bilan  yig'lab-kuladiganlar  uchun,  uchinchisini  esa,  duo  qilib  inson  qalbi 

uchun berilishini vasiyat qilaman. 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

MAQTANCHOQ OVCHI 

Qadim  zamonda  bir  ovchi  o'tgan  ekan.  U  har  kuni  ertalab  ov  qilgani  o'rmonga 

borarkan.  Ovlagan  hayvonlarining  go'shtini  uyiga  olib  kclib,  terisini  dehqonlarga 

berarkan. Ovchining yomon birodati bor ekan: kechqurun uyga kelganida xotiniga o'shqirib, 

dcr ekan: 

— Dunyoda mendan o'tadigan ovchi bormi? Xotini qo'rqqanidan: 

— Yo'q, mening xojam, — deya javob berarkan. 

— Unday bo'lsa, devorning yoniga borib tur, qulog'ingdagi 

ziragingni nishonga olaman! 

Bechora  xotini  qo'rqqanidan  titrab-qaqshab  devor  yoniga  borib  turarkan.  Ovchi 

zirakni nishonga olib, o'q uzarkan. O'q to'g'ri zirakka legarkan. 

Har  kuni  kechqurun  x o l i n   bechora  erining  ana  shu  qilig'iga  bardosh  berishi  kerak 

ekan. Qishloq ahli buni bilar, bechora xotinga rahmi kelarkan. 

Kunlardan  bir  kun  ovchi  qishloqdagi  qahvaxonaga  kiribdi-da,  o'zining  merganligini, 

qanchadan-qancha  tulki  va  bo'rilarni  o'ldirganini  aytib,  bitla  o'q  bilan  sherni  ham 

ag'daraman,  deb  rosa  maqtanibdi.  Oxiri  eshitib  o'tirganlar-ning  sabr-toqatlari  tugabdi-

da,  lining  boplab  ta'zirini  ber-moqchi  bo'lishibdi.  Ovchining  quyon  bilan  qarg'adan 

boshqa hech narsani ovlay olmasligi hammaga ma'lum ekan. 

Ulardan biri debdi: 

— So'nggi paytlarda dalalarimizda bahaybat bir ayiq paydo bo'lib qoldi. Sira odamlarga 

tinchlik bermayapti. Ekin tikinlarimizni payhon qilib ketyapti. Ayiqni gumdon qilish 

qo'lingdan keladimi? 

— Ayiq keldi deguncha menga xabar qilinglar, o'sha zahoti tinchitaman, — debdi ovchi. 

— Amaki, ayiq unaqa-bunaqa emas, juda katta-ya! 

— Nima, mening merganligim eslaringdan chiqdimi? 

— Bilamiz, bilamiz! — deyishibdi odamlar. 

Shu payt qahvaxona qiy-chuv bo'lib ketibdi: bahaybat ayiq kallasini osiltirib xonaga 

kirib  kelibdi.  Odamlar  to'g'ri  kelgan  yerga  bekinishibdi.  Ovchi  esa  ayiqni  ko'ribdi-yu, 

qo'shog'iz miltig'i yelkasidan tushib, stol tagiga kirib ketibdi. 

— Yordam beringlar, falokat bostirib keldi! — deb baqiribdi u. 

Ayiq o'kirib to'g'ri ovchi bekingan stol tomonga kelaveribdi. 

— Voy, ayiq ovchini tanidi! Hozir uni burda-burda qilib 

tashlaydi, — deyishibdi buni ko'rganlar. 

Ovchi bu gapni eshitib, o'qday uchib ko'chaga chiqibdi va    qishloq bo'ylab: 

—  Yordam beringlar, yordam! — deb baqirib ketaveribdi. 

Ayiq  uning  orqasidan  boraveribdi,  qishloq  bolalari  kula  -  kula  izma-iz  ketaverishibdi. 

Bir payt ovchi o'ziga kelib, orqasiga qaragan ekan, ayiq terisini yopingan bola ko'rinibdi. 

Ovchi  izza  bo'lib,  arang  uyiga  yetib  olibdi.  Shundan  keyin  sira  qahvaxonaga  qadam 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

bosmaydigan bo'libdi. 



Kunlardan  bir  kuni  ovchining  xotini  qo'shni  qishloqdagi  yetmish  yashar  bir 

kampirnikiga  mehmonga  boribdi-da,  o'zining  boshiga  tushgan  savdolarini  gapirib 

beribdi: 

— Har  kuni  kech  bo'ldi  deguncha  erim:  «Dunyoda  mendan  o'tadigan  ovchi  bormi?» 

deb o'shqirgani-o'shqirgan. Keyin meni devor yoniga turg'azib qo'yadi-da, qulog'imdagi 

ziragimni poylaydi. Har kuni jon titrog'idaman. 

— Oh, qizim, bu dahshat-ku... Xudo ko'rsatmasin, o'q boshingga tegsa-ya! 

—  Ayting, onajon, bu odamdan qanday qilsam qutulaman-a? 

Kampir qo'lidagi tasbehini o'girib, biroz o'ylab turibdi-da, debdi: 

— Kechqurun o'zining merganligini pesh qilib yana vaysaydigan bo'lsa: «Ha, sendan 

yaxshi otadigan mergan ham bor! Qof tog'ining naryog'ida yashil tepalik bor. 

O'sha  yerda bir  habash  yashaydi, u sendan  ko'ra o'tkirroq  mergan. Ishonmasang, borib 

o'z ko'zing bilan ko'rib kel», degin. U, bu gapga chidolmay, habashni axtarib ketadi va 

shu bilan bu odatini tashlaydi. 

Ayol sevinib ketibdi. Kechqurun eri uyga kelishi bilan yana so'rabdi: 

—  Dunyoda mendan o'tadigan mergan bormi? 

-Bor. 

— Kim ekan u? 



— Kim  bo'lardi?  Ovchi  habash-da.  U  Qof  tog'ining  naryog'idagi  yashil  tepalikda 

yashaydi. U scnga qaraganda o'tkir mergan hamda tez chopadi. 

— Unday  bo'lsa,  o'sha  ovchini  topganim  bo'lsin!  Ertaga  erta  bilan  chorig'im  bilan 

temir  hassa  tayyorlab,.to'rvaga  oziq-ovqat  solib  qo'y.  Kun  chiqmasidan  yo'lga  tushaman, 

— debdi ovchi. 

Xotini azbaroyi suyunganidan kechasi bilan uxlolmabdi. Ovchi quyosh tog'lar ortidan 

endigina ko'tarilgan paytda uyg'onibdi. Xotini hamma narsani tayyorlab qo'ygan ekan. 

— Xayrendi! Qof tog'idagi o'sha ovchini albattatopaman! — 

deb ovchi yo'lga ravona bo'libdi. Xotini har kuni bo'ladigan 

jon titrog'idan qutulibdi. 

Ovchi  tog'lardan,  vodiylardan  oshibdi.  Nihoyat,  quyosh-dek  charog'on  bir 

mamlakatga  yetib  kelibdi.  Tevarak-atrofda  hech  zog'  yo'q  emish.  Osmonda  qandaydir 

dahshatli  qushlar  uchib  yurganmish,  tog'lari  ham  ajib  rangda  bo'lib,  daraxtlar  tikanli 

emish.  Ovchi  Qof  tog'i  qaysi  ekanligini  so'ramoqchi  bo'lgan  ekan,  odam  zotini 

uchratmabdi.  Yo'l  yurib,  yo'l  yursa  ham  mo'l  yurib,  eski  bir  tegirmonga  yetib  kelibdi. 

Ichkariga kirgan ekan, yoshi yuzlardan oshib qolgan bir cholni ko'ribdi. 

— Ey bo'tam, bu jazirama vodiylarda nima qilib yuribsan? 

Yigirma yildan beri bu yerdan bironta odam bolasi o'tmadi. 

— Nega? 

— Bu yer — o'lim vodiysi. Nima qilyapsan bu yerda? 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

— Men  Qof  tog'ining  naryog'ida  yashaydigan  mergan  habashni  qidirib  yuribman. 



Odamlarning  gapiga  qaraganda,  u  mendan  yaxshi  otarmish  va  tez  choparmish.  O'sha 

bilan bellashgani ketyapman. 

— Qiziq  odam  ekansan-u,  —  debdi  chol,  u  qo'lini  oldinga  qilibdi-da:  — 

Ko'ryapsanmi,  hov  tumanga  o'xshab  tog'  ko'rinyapti?  Shu  —  Qof  tog'i  bo'ladi.  Sen 

undan oshib o'tolmaysan. 

— Nega? Odamlar Qof tog'idan faqat po'lat yo'l orqali o'tadilar.  Shu tor yo'lda sher 

o'ziga makon qurgan bo'lib, odam bolasini omon qo'ymaydi. U yerdan eson-omon o'tgan 

odam  devlar  mamlakatiga  boradi.  U  yerda  olmos,  zer-u  zabarjadlar  bizdagi  oddiy 

toshlarga o'xshab ko'chalarda yumalab yotibdi. 

— Men sherni o'ldirib, sehrli mamlakatga o'taman! 

— Sher  sehrli.  Juda  sodda  odamga  o'xshaysan,  mayli,  men  senga  yordam  beray.  

Chol shunday debdi-da, unga bir burda non beribdi.— Bu «yaxshilik keltiruvchi» sehrli 

non.  Agar  boshingga  biron  musibat  tushsa,  shu  nondan  ushatib  tashlasang,  balo  daf 

bo'ladi. 

Ovchi choldan sehrli nonni olibdi-da, yo'lga tushibdi. 

Yo'l  yuribdi,  yo'l  yursa  ham  mo'l  yuribdi.  Axiri  Qof  tog'iga  —  po'lat  yo'lga  yetib 

kelibdi. Qarasa, ko'zlaridan o't chaqnab sher yotgan emish. Sher unga tashlanibdi, ovchi 

sehrli  nondan  sindirib  tashlagan  ekan,  u  o'tli  ustunga  aylanib,  ko'zdan  g'oyib  bo'libdi. 

Ovchi po'lat yo'lga yuribdi, bir vaqt oldida zulmat koshona paydo bo'libdi. Biroz yurgan 

ekan, ovoz eshitilibdi: 

— Ey odamzod, devlar mamlakatida nima qilib yuribsan? 

— Men  yashil  tepalikdagi  ovchi  habashnikiga  ketyap-man,  —  deb  javob  beribdi 

ovchi. 

— Yo'l berk, o'tolmaysan. 



Shunda ovchining esiga sehrli non tushibdi. Nondan sindirib tashlagan ekan, ajoyib 

qushlar  paydo  bo'lib,  nonni  yeya  boshlashibdi.  Birdan  hammayoq  yop-yorug'  bo'lib 

ketibdi.  Ovchi  qarasa,  daryo  paydo  bo'libdi,  unda  bir  necha  qayiqlar  turganmish.  U 

qayiqqa o'tiribdi-da, daryoning narigi tomoniga o'tib olibdi. 

Shu yerda po'lat yo'l tugabdi. Oldidan ajdaho chiqibdi. Unga ham nondan tashlabdi, 

shunday qilib, po'lat yo'ldan chiqib olibdi. 

Ovchi atrofiga qarasa, hammayoq ko'm-ko'k yaylov emish. Yaylovda to'q sariq lolalar, 

binafsha  va  boychechaklar  ochilib  yotganmish.  Buloqlarda  suvlar  sharqirab  oqib, 

daraxtlar  gullab  yotganmish.  Ularning  tagida  qushlar  uchib  yurganmish.  Ovchi  biroz 

yurgan ekan, tepaliklar uchrabdi. Tepaliklar har xil rangda emish. Nariroq yurgan ekan, 

tepalikda uxlab yolgan bahaybat habashni ko'ribdi. 

«Xotinim aytgan mergan mana shu bo'lsa kcrak»,— deb o'ylabdi ovchi va baqiribdi: 

— Ey habash ota! Sen dunyoda eng mergan va  tez. Chopar emishsan,  men  sen  bilan 

bellashgani keldim! 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Habash  chiyillagan  ovozni  zo'rg'a  eshitibdi.Ko'zini  ochib  qaragan  ekan,  pashshadek 



ovchini ko'ribdi. Uni kalliga olibdi-da, so'rabdi: 

— Nima deysan? 

— Oldin men sen bilan chopishib, keyin otishaman,— debdi ovchi. 

Uning gapiga habash kulgan ekan, osmonda momaqal-diroq gulduragandek bo'libdi. 

Keyin debdi: 

— Men senga to'qqiz kun muhlat beraman, bor kuching bilan yugur. Bordi-yu, men 

ana shu muhlatdan oldin Qizil tog'da senga yetib olsam, o'ldiraman. 

— Bo'pti, — debdi ovchi va Qizil tog' tomonga yugu-rib ketibdi. 

Bir necha kun yuguribdi, orqasiga qarasa, habash yetay deb qolgan emish. Bir vaqt 

yer haydayotgan devni ko'rib qolibdi. Ovchi unga nondan tashlabdi-da, debdi: 

— Devlar otaxoni, meni ana shu habashdan qutqar! 

— Agar  sehrli  nondan  bermaganingda,  seni  yerdim,  debdi  dev.  —  Nima  niyating 

bor? 

— Yugurishda ana shu habash bilan bellashgan edim, uning qadami juda katta ekan, 



yetib olsa, meni yeydi. 

Dev  engashib,  ovchini  tishining  kovagiga  yashirib  qo'yibdi.  Habash  yetib  kelib, 

so'rabdi: 

— Shu yerdan odam o'tdimi? 

— Bu  yerdan  hech  zog'  o'tmadi,  —  debdi  devlar  otaxoni.  Habash  u  yoq-bu  yoqqa 

qaragan ekan, hech kim ko'rin-mabdi. U o'z tog'iga   qaytib kelibdi-da, uyquga ketibdi. 

Ovchi  devning  og'zida  nafasi  qaytib,  baqiribdi.  Dev  uni  tishining  kovagidan  olgan 

ekan, ovchi so'rabdi: 

—  Devlar otaxoni, bu tishingni kim sindirgan? 

— Ey odamzod, biz qirq og'a-ini edik. Bir kuni ovga chiqdik. O'zimizcha biz ko'pmiz 

va hammadan yaxshi otamiz, deb maqtandik. Bir kuni bizga qaraganda bir necha marta 

kuchli  ovchi  uchradi.  Uning  bo'yi  juda  baland,  hatto  okean  ham  tizzasidan  kelardi.  U 

dengizda kit ovlab, quyoshda pishirardi-da, yutib yuboraverardi. Biz uni masxara qilgan 

edik,  orqamizdan  quvib,  bir  necha  akalarimni  o'ldirdi,  ba'zilari  g'orga  kirib  jon  saqlab 

qoldi. Menga u tosh otdi, tosh tishimga tegib, sindirdi. Ko'rdingmi, maqtanchoqlik juda 

yomon narsa ekan! Sendan ko'ra tez chopadigan va o'ta mergan odam ham bor. Seni bu 

o'lkalarga  ana  shu  maqtanchoqlik  olib  kelgan.  Agar  sen  menga  bundan  keyin 

aslomaqtanchoqlik  qilmayman,  deb  so'z  bersang,  qimmatbaho  zabarjadlar  berib,  ko'z 

ochib-yumguningcha uyingga olib borib qo'yaman, — debdi dev. 

Shunda  ovchi  o'zining  naqadar  tentakligini  anglabdi  va  bundan  keyin  aslo 

maqtanchoqlik  qilmayman,  deb  ont  ichibdi.  Dev  bir  quti  oltin,  zumrad,  yoqut  beribdi. 

Keyin  undan  sehrli  nonni  olib  yerga  tashlagan  ekan,  uchar  qush  paydo  bo'libdi.  Ovchi 

unga  minib,  ko'z  ochib-yumgunicha  uyiga  yetib  kelibdi.  Xotini  ovqat  qilayotgan  ekan. 

Ovchi unga boshidan kechgan voqea-hodisalarni so'zlab beribdi va bundan keyin minba'd 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling