H. Po'Iatov, N. Sodiqov Turk ertaklari (H. Po'Iatov, N. Sodiqov tarj.). T


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana20.08.2020
Hajmi0.69 Mb.
#127091
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2c209916c7534ace54599209314a282f


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Mening  boshpanam  ham,  erim  ham  yo'q.  Ey  xudo,  rahming  kelib  mana  shu  qushni 



menga  vafodor  do'st  qilding.  Menga  odamzod  ovozini  eshitish  nasib  qilmagach,  loaqal 

qush ovozini eshitay. 

Kech  kiribdi,  Kumush  qiz  shunda  ham  hech  narsani  ko'rmabdi,  hech  kimni 

uchratmabdi.  O'ziga  o'zi:  «Karami  keng  parvardigori  olam  menga  umr  yoidoshi  bilan 

boshpana ato qiladi», — debdi-da, yana yo'lga tushibdi. Bir vaqt qarasa,  kun  qorayibdi. 

Kumush  qiz  qo'rqa  boshlabdi.  Nariroqqa  borib  orqasiga  o'girilarmish-da,  qirg'ovulga 

qararmish,  yana  nariroq  borib,  yana  qushga  qararmish.  To'satdan  u  qir-g'ovulnmg  bir 

yerda  g'ildiragandek  aylanayotganini  ko'rib  qolibdi.  Borgan  sari  uning  bo'yi  o'sib, 

kattalashaveribdi. Bir vaqt qirg'ovul o'spirin yigitga aylanib qolibdi. 

Qiz buni ko'rib bir yosh o'sibdi. Agar har yil yangi tuzoq bo'lsa, har bir tuzoq esa inson 

uchun yangi xavfdir. Bir xavf yo'qolsa, uning o'rniga boshqasi paydo bo'ladi. 

Kumush qiz so'rabdi: 

— 

Kimsan, odammisan yo jinmisan? 



Yigit javob beribdi: 

— Ey  notanish  qiz,  hozir  mendan  hech  narsa  so'rama.  Baribir  javob  bermayman. 

Ismim  Kojibek.  Hozircha  qirg'ovul  bo'lganim  uchun  ucholmadim.  Seni  ko'rib 

qocholmadim. Sen meni yoningga chaqirganingda qanotlarimni yozolmay qoldim. Qani 

ayt-chi, shunday baxtsiz qush senga vafodor do'st bo'la oladimi? 

Kumush  qiz  yana  bir  yosh  o'sibdi.  Bordi-yu,  har  yili  boshimizga  turli  kulfat  tushar 

ekan,  uni  bartaraf  etish  yo'lini  ham  bilishimiz  kerak.  Uning  qalbiga  qo'rquv  tushib, 

vujudini g'ulg'ulaga solib qo'ydi. Kumush qiz g'ijinib debdi: 

— Ey notanish yigit! Sen baxtsiz qushman deganingdan keyin, men o'zimni nima deb 

atay?  Men  bamisoli  toshman.  Boshim  uzra  osmon,  ammo  yerda  hech  vaqom  yo'q. 

Senga 

munosib  na  ko'kat-u  na  mevam  bor.  Bu  yerlarda  och-nahor  sarson-sargardon  bo'lib 



yurgandan ko'ra, yana qirg'ovulga aylanib, erkin uchib yurganing afzal emasmi? 

Kumush  qiz  shu  gaplarni  aytib  yigitga  qaragan  ekan,  uning  husnidan  ko'zlari  tinib 

ketibdi.  Kojibek  qizning  ko'z  yosh-larini  artibdi-da,  boshini  ko'taribdi.  Qiz  boshini 

ko'tarib osmono'par billur qasrni ko'ribdi. 

Kumush qiz ko'zlariga ishonmabdi, eshitibdi-yu, quloq-lariga ishonmabdi, o'z aqliga 

o'zi  ishonmasmish,  shunda  u  birdaniga  uch  yoshga  ulg'ayib  qolibdi.  Agar  har  yosh 

ehtiyot  bo'lishini  keltirib  chiqarar  ekan,  u  vaqtda  har  bir  ehtiyotlik  yurakni  g'ash  qilib 

turadigan shubhamasmi? Shunday uch shubha yuki uch yoqdan eza boshlabdi. 

«Bu yigit — hamma yigitlar qatori emish, biroq sen malikamisan yoki jin-pinmisan, 

qayoqdan  bilay?  Qasr  ham  rostakam  qasr  emish,  lekin  sehrli,  shayton  vasvasasi  emas-

mikin?  Nima  bo'larkin  —  bir  kun  kelib  ana  shu  qasrning  malikasi,  shu  yigitning 

ma'shuqasi  bo'larmikanman  yoki  shunchaki  uyqumda  tush  ko'rgandek  dunyo  kezib 

yura-verarmikanman? 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Agar  men  o'zimni  o'zim  yaxshi  bilganimda  edi,  unda  hamma  narsani  bilgan 



bo'lardim...  Qo'llarim  yigitga  yetay-yetay  deyapti-ku,  biroq...  bu  hammasi  yolg'ondir. 

Ko'zlarim  qasrni  ko'ryapti-ku,  lekin  ehtimol  bu  tumandir...  Telba  qal-bimning  orzu-

havaslari  benihoya  ko'p,  lekin  hammasi  ushal-maydigan  orzular...  Eh,  xudoyim, 

koshkiydi  menga  o'z  yo'limni  ko'rsata  qolsang,  barcha  narsalarni  ko'rib-bilishga 

ko'maklashsang, qolganlari oson bo'lardi!» 

Kumush qiz shunday deb, qasr eshigi oldiga kelibdi. Kojibek shunda: 

— 

Ochil eshik! — debdi. 



Eshik ochilibdi. Ular kumush ostonadan o'tib, ichkari kirishibdi. Kumush qiz shunda 

yana shoshqaloqlik qilib: 

— 

Yopil  eshik!  —  degan  ekan,  eshik  yo pilih   qolibdi.  Ular  bog'-u  bo'stonga 



kirishibdi,  lekin  qomng'ida  hech  narsani  ko'rmay,  yo'lni  ajratisholmabdi.  Kumush  qiz 

hamma  narsa  uyquda  ekanligini  his  qilibdi:  daraxtlar,  daraxtlarning  b u t o q l a r i ,  

butoqlardagi  qushlar  hamma-hammasi  uyqudamish.  Hovuz  ham  uxlab  tush 

ko'rayolganmish. Shu payt bog'bon paydo bo'libdi. Lining ikki qo'lida novda bor emish. 

Bog'bon ular bilan salomlashibdi. Bitta novdani Kumush qizga, ikkinchisini csa Kojibekka 

beribdi-da, shu zahoti qorong'ilikda ko'zdan g'oyib bo'libdi. 

Kumush  qiz  novdani  aylantirgan  ekan,  ko'z  ko'rmagan,  quloq  eshitmagan  voqea 

sodir  bo'libdi.  Gul  gulni  ko'ribdi.  Barglar  uning  marvariddek  tishshlarini  ko'rib  asta 

pichirlasha  boshlashibdi,  g'unchalar  uning  labini  ko'rib,  ochila  boshlabdi.  Kojibekning 

qo'lidagi novda u novdani ko'rib, tebrana boshlabdi. Qizning g'unchasi bulbulga aylanib 

sayray  ketibdi.  Kumush  qizning  qo'lidagi  novdada  gullar  ochilibdi,  Kojibekning 

qo'lidagi novdada esa bulbullar sayray boshlabdi. 

Nahotki  bu  narsalarni  ko'rib,  eshitib  turgan  bog'-rog'lar  t i n c h   tura  olsa? 

Novdalarga  jon  k i rib ,   yerga  tekkudek  egilibdi,  gullar  kunni  olqishlab,  bulbullar  esa 

oshiqlarga madh-u sano o'qishibdi. 

Kumush qiz bularni ko'rib hayron bo'libdi, u Kojibek tomon engashmoqchi bo'lgan 

ekan, qo'ynidagi sabr toshi tilga kirib, debdi: 

— Ey  besabr  qiz!  Fikri  zikring  er  ekan-da.  Agar  senga,  unashib  qo'yilgan,  deyilsa 

hamki, sen olxo'ri daraxtiga tirmashib chiqishga tayyorsan, axir sabr qilsang-chi! 

Kumush  qiz  bu  gapdan  uyalib  ketibdi  va  o'ziga  o'zi:  «Yo'g'-ey?»  —  debdi-da,  qirq 

zinani  bosib  tepaga  chiqibdi.  Atrofiga  qaragan  ekan,  shohona  bezatilgan  oromgohni 

ko'ribdi.  Unda  qirqta  eshik  bor  emish.  Eshiklarning  burnida  qirqta  kalit  bo'lib,  har 

eshikning  ostonasida  sham  yonib  turganmish.  Shamlar  juda  yorug'  yonayotganmish. 

Kumush qiz bu narsalarni Kojibekdan so'ramoqchi bo'lgan ekan, sabr toshi pichirlab: 

— 

Sabr qil, — debdi. 



Bu  gapni  eshitib  Kumush  qizning  qovoq-tumshug'i  osilib  ketibdi.  U  indamay 

Kojibek  bilan  ravoq  o'rtasiga  kelibdi.  Kumush  qiz  u  yerdagi  bir  toshga  o'tiribdi, 

ikkinchisiga yigit o'tiribdi. Shunda mungli musiqa ovozi eshitilibdi. Buni eshitib, hatto 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

bulbullar ham sayrashdan to'xtab qolibdi. Kumush qiz kuy ta'sirida churq etmay qolibdi. 



Shunda Kojibek kuyni to'xtatibdi-da, qizga debdi: 

—  Ey notanish qiz, bu qasrni yurak qasri, ravoqlarini esa, ezgulik ravog'i deyishadi. 

Mana  shu  ustunlar  ostida,  xuddi  osmon  uzra  namoyon  bo'lgandek,  bir-biri  bilan 

uchrashadi.  Ma'lumki,  inson  boshi  tiqilmagan  ish,  oyog'I  tegmagan  tosh  yo'q.  Ey  qiz, 

qalbingni och, qismatingga tushganlarni so'zlab ber. 

Kumush qiz boshidan kechgan barcha voqealarni — bog'dagi gullarni, uch opa-singil 

qanday  qilib  kamon  otishgani  va  o'zining  qanchalar  azob-uqubatlarga  giriftor 

bo'lganligini— hamma-hammasini so'zlab beribdi-da, oxirida: 

— Mening taqdirimdan kulasanmi yoki yig'laysanmi? — 

deb so'rabdi. 

Lekin  Kojibekning  ko'zlariga  nam  ham  kelmabdi,  lablariga  tabassum  ham  inmabdi. 

Istar-istamas debdi: 

— Eh  tentak,  besabr  qiz!  Agar  yig'lashni  bilganimda-yu,  yig'lardim,  kulishni 

bilganimda kulardim-a. Biroq men yig'lashni ham, kulishni ham bilmayman-da! Bunga 

hayron bo'lma. Men yigitlari dunyoga dong'i ketgan o'lkadan bo'laman. Bo'yim devning 

bo'yidek, nasl-nasabim esam sehrgarlardan. Bugun men oltin qirg'ovul bo'lsam, ertaga 

olachipor  kiyikka  aylanaman.  Biroq  men  odamlar  singari  o'likka  yig'lashni,  tirikka 

kulishni  bilmayman.  Onamning  gaplari  esimda  yo'q,  lekin  otam  menga:  «Hayotning 

butun  lazzati  ana  shunda!»  —  derdi  va:  «0'g'lim,  men  nasl-  nasabimizga  jinlar  qonini 

qo'shganman,  sen  endi  odamzod  qalbini  top»,  —  deb  qayta-qayta  aytardi.  Agar  sen 

menga kulish va yig'lashni o'rgatsang, men senga sir o'rgataman. 

Agar ikkimizning yulduzimiz bir-biriga to'g'ri kelib, naslimiz qo'shilsa, umrbod shu billur 

qasrda yashaymiz. 

Shunday  qilib,  ikkovlari  vafodor  er-xotin  bo'lamiz,  deb  ahd-u  paymon  qilishibdi. 

Lekin  dunyoda  nimalar  bo'lmaydi  deysiz! Ochig'ini aytganda, ikkovlari ham o'z ishlarini 

yaxshi bilishmas ekan. Kumush qiz kulishni esdan chiqarib, faqat yig'lashni bilarkan, xolos. 

Kojibek esa sirlarning kalitini esidan chiqarib: «Qaynab-toshgan suv sir emas», — deyishni 

ham unutib qo'yibdi. 

Qani, bu kecha o'tsin, ertasiga xudo halloq. 

Kumush  qiz  uyg'onsa  qasr  ham,  oromgoh  ham  g'oyib  bo'lib,  boyagi-boyagidek 

cho'qqida  turganmish.  Qiz  hayron  bo'lib,  u  yoq-bu  yoqqa  alanglabdi-da,  yig'lab 

yuboribdi. 

—  Och  tovuq  tushida  don  ko'radi,  deganday,  peshanamning  sho'rligidan  dasht-u 

biyobonda muhtasham qasr tushimga kirdi, — dermish. 

Qosh  qorayibdi.  Lekin  u  endi  qo'rqmabdi.  Qorong'ilik  tushganda  Kojibek  paydo 

bo'libdi,  ikkisi  yana  topishibdi.  Qirq  zinali  billur  qasr  ham,  qirqta  sham  yonib  turgan 

oromgoh  ham  paydo  bo'libdi.  Yana  bulbullar  sayrabdi,  mashshoqlar  kelin-kuyovni 

olqishlab,  xonish  qilibdilar.  Kumush  qiz  har  kechani  boshqa-boshqa  oromgohda 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

o'tkazibdi.  «Ko'rgandan  ko'z  haqi  so'rama»,  degan  ravoqdan  «Hamma  gapga  quloq 



solaverma»,  degan  zalga  o'tibdi,  undan  esa  «Odamning  har  bir  nuqsonini  yuziga 

solma», degan oromgohga o'tibdi. U yerda uxlab qolgan ekan, bir payt qarasa, «Yaxshilikka 

yaxshilik  qaytar»  va  «Sir  —  sabr»,  degan  oromgohlarga  o'tib  qolganmish.  U  qirq  kechada 

«Shirinsuxanlik»  oromgohidan  tortib  «Istarasi  issiq»  oromgohigacha  —  hammasida  bir 

kundan tunabdi. 

Shu tarzda u hamma urf-odatga ko'nika boshlabdi. 

Kojibek  esa  o'z  qiyofasini  o'zgartiribdi.  Hali  kaklik,  hali  kiyik,  yana  bir  qarasang 

bulbul,  musicha  yoki  o'rdak  bo'libdi.  Keyin  toshlar  orqasiga  yashirinib  Kumush  qizning 

nola  qilib  yig'lashlarini  eshitarmish.  Qirq  kun  o'tguncha  uning  ko'zlariga  ham  nam 

keladigan bo'libdi. 

Qirq  birinchi  kuni  Kumush  qiz  uyg'onibdi, qarasa, har  vaqtdagidek  yonida  Kojibek 

yo'q  emish,  qasr  o'rnida  bo'm-bo'sh  sayhonlik  paydo  bo'lganmish.  Kojibek  daryoga 

bormay,  sayhonlikda  uxlab  yotgan  emish.  Kumush  qiz  buni  ko'rib,  azbaroyi  sevinib 

ketganidan  ko'zlaridan  yosh  chiqib  ketay  debdi.  Uni  uyg'otishga  jur'at  etolmabdi. 

Kojibek chosh-gohgacha qimir etmay uxlabdi. 

Bir vaqt qiz oyoq tovushini eshitib qolibdi. «Qush uchsa qanoti, odam  yursa oyog'i 

kuyadigan bu cho'l-u biyobonda yurgan kim bo'ldiykin?» — deb o'girilib qaragan ekan, 

bir  Kalo'g'lonni  ko'ribdi.  U  yalang  oyoq  yurib  ular  tomon  kelayotganmish.  Kumush 

qizni vahm bosibdi-da, darrov Kojibekni uyg'otibdi. 

U qizga debdi: 

— Ey qordek oppoq Kumush qiz, o'zimga munosib nasl- nasabim, fe'1-atvorim bor. 

Aslo  g'am  yema.  Qanotlarim  o'z  qo'limda,  yetarli  kuch-quvvatim  ham  bor!  Men 

kaptarga 

aylanib  seni  qo'riqlayman,  Kalo'g'lon  seni  gapga  soladi.  Sen  unga  beradigan  javobni 

mening ko'zlarimdan uqib, javob beraverasan. 

Kalo'g'lon  kelibdi.  U  hurmat-ehtirom  bilan  qo'llarini  qovushtiribdi-da,  boshini  egib 

gap boshlabdi: 

— Oppoq  malika,  Kumush  malika!  Bizning  viloyatimiz-  da  hali  seni  hech  kim 

unutgani  yo'q.  La'natlar  bo'lsin  taqdirga.  Opalaring  allaqachon  bola-chaqali  bo'lib 

ketishdi.  Bittasining  jingalak  malla  sochli  o'g'li,  ikkinchisining  esa  oq-sariq  sochli  qizi 

bor.  Onangbularni  ko'rib,  hamma  narsani  unutdi.  Hozir  yurtingda  o'yin-kulgi,  bazmi 

jamshid  avjida.  Taqdir  ham  bundan  xursand.  Buning  ustiga  otang  kimda-kim  tantana 

kuniga sel oqizib ketgan qizimni topib kelsa, bo'yi baravar oltin beraman, dedi. Nahotki 

qo'1-oyog'i  chaqqon,  dovyurak  odam  topilmasa?  Ishongan  kishilaridan  birontasi  otilib 

chiqib: 

«Bo'pti,  men  borganim  bo'lsin»,  demadi.  Shunda  qariyalar  menga:  «Kalo'g'lon,  sen 

dunyoga mashhur odamsan, senga yo'llar ham, tog'-u toshlar ham ta'zim qiladi. Uni sen 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Qof    tog'i  u  yoqda  tursin,  hatto  tuyaning  qulog'iga  kirib  ketgan  bo'lsa  ham  topib 



kelasan», deyishdi. Men seni olib ketgani keldim, — debdi. 

Kumush  qiz  bu  gaplarga  ishonmabdi.  U  zimdan  kaptarga  qarabdi-da,  uning 

ko'zlaridagi ma'noni uqib, Kalo'g'longa: 

— Kalo'g'lon,  meni  deb  shuncha  yo'l  bosib  kelgan  oyoqlaring  aslo  horimasin. 

Opalarimning bolalarining umri uzoq bo'lsin. Men qaysi yuz bilan ularga qarayman, axir 

mening  na  jingalak  malla  sochli,  na  oq-sariq  sochli  bolalarim  yo'q.  Menga  unashtirib 

qo'yilgan yigit katta savdogar. Hozir qaysi o'lka, qaysi tog'-u toshlarda yurganini hech kim 

bilmaydi. Bisotimda qalbim quvonchi, hamdardim mana shu kaptar bor, xolos! Men shu 

kaptar  bilan  mana  shu  kimsasiz  tog'-u  toshlarda  ovunib  yuribman.  Men  sen  bilan 

borarman-u, ammo  ular  meni  shu  alfozda yaxshi kutib  olisharmikin?  Ust-boshim  ham 

bir holatda, — debdi. 

Kumush  qiz  agar  kaptarning  so'zlarini  uning  ko'zlaridan  o'qigan  bo'lsa.  Kalo'g'lon 

Kumush qizning gap-so'zlaridan uning fikrini anglabdi-da: 

— Eh,  boshingga  sho'ri  savdo  tushgan  qiz,  sen  odamlar  mol-dunyoga  uchadi,  deb 

o'ylaysanmi?  To'g'ri,  opalaringning  og'ziga  qoqish  qiyin.  Mayli,  ular  og'izlariga  nima 

kelsa 


gapirishaverishsin, vaqti kelib o'zlari sharmanda bo'lib qolishadi, — debdi. 

Shunda  Kumush  qiz  Kalo'g'lonni  ko'ndirib  bo'lmasligini  anglabdi-da,  kaptarni 

bag'riga  bosib  yo'lga  tushibdi.  Yo'l  yurishibdi,  yo'l  yurishsa  ham  mo'l  yurishibdi. 

Togiardan, adir-qirlardan o'tishibdi. Kun ketidan kun o'tibdi, ular manzillariga yetishmabdi. 

Kaptar  qizga  qarab  qo'yibdi-da,  qanotlarini  silkibdi,  shunda  qirq  qadamcha  narida 

yashil  chakmon  kiygan  chavandoz  paydo  bo'libdi.  U  ko'z  ochib  yumguncha  ularni 

saroyga yetkazibdi-da, shu zahoti ko'zdan g'oyib bo'libdi. 

Kalo'g'lon  oldinda,  kaptar  —  Kojibekni  bag'riga  bosib  uning  ketidan  Kumush  qiz 

saroyga kirib borishibdi. 

Onasi  qizining  ustidagi  qirq  yamoq  ko'ylagiga,  patila-patila  bo'lib  ketgan  sochlariga 

qarabdi.  Opalari  uning  unnuqib  ketgan  yuziga,  ikki  qo'li  bo'sh,  so'ppayib  kirib  kelganiga 

ensalari qotibdi. Erlari oldida xijolat chekib, qovoq-tumshuqlari tushib ketibdi. 

Kumush  qiz kaptarning  ko'ziga  qarabdi-da,  tishini  tishiga  qo'yib,  churq  etmabdi.  Sir 

boy bermay, ularning qo'lidan ham o'pmabdi, etaklarini ko'ziga ham surtmabdi. 

Shunda Kalo'g'lon o'rtaga chiqibdi-da, ko'zlarini yumib, debdi: 

— Bu qiz Qof tog'ida yashayotgan ekan, bu aybmas. Sizlar ham o'sha yerlarni bir ko'rib 

qo'ysangiz yomon bo'lmasdi. Oldimizda kim turibdi, deb qayrilib qarashga ham or qilyap-

sizlarmi?  Ulami  bu  yerga  yashil  chakmon  kiygan  chavandoz  otda  olib  keldi.  Hali uning 

savdogar  eri  Hindistondan  kelsin,  u  malikalardek  kiyinib,  qimmatbaho  taqinchoqlar 

taqqanda  og'izlaringiz  ochilib  qoladi.  Bunaqa  taqinchoqlarni  sizlar  tushingizda  ham 

ko'rmagansizlar. 

Kalo'g'lonning  gaplari  toshni  eritsa  eritarkan,  lekin  opalarining  ko'nglini 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

yumshatmabdi. 



Kechani  Kumush  qiz  bilan  Kojibek  tovuqxonada  o't-kazishibdi.  Bir-biriga  monand 

ikki qalb topishsa, tovuqxona ham saroyga aylanib ketarkan. 

Kojibek uyquga ketish oldida: 

— Podshoh  qizi,  seni  bu  yerda  yotqizmasdim.  Hovliga  yangi  qasr  qura  olardim, 

qanotlarimni  yoyib,  seni  o'z  yurtimga,  o'z  uyamga  olib  keta  olardim.  Lekin  men 

opalaringning aql-hushini joyiga keltirmoqchiman, — debdi. 

U  Kumush  qizga  tantananing  birinchi  kuni  maydonga  chavandoz  qiyofasida  oq 

chakmon kiygan otliq kelishini aytibdi. 

— Men senga ishonaman. Sen buni hech kimga aytma, —debdi. 

Tong otibdi. Nog'ora-surnaylar chalinib, maydonga xa-loyiq to'planibdi. Shunaqangi 

ko'p  odam  to'planibdiki,  hatto  nina  tushgudek  joy  qolmabdi.  Butun  saroy  a'yonlari  — 

podshohning  qizlaridan  tortib,  xizmatkorlarigacha  kelib  derazalardan  qaray 

boshlashibdi. Opalarining dimog'laridan eshakqurt yog'ib: 

— O'zimiz  uni  Qof  tog'idan  chaqirtirib  kelgan  edik.  Kelinglar,  uni  tovuqxonadan 

chiqarib yubora qolaylik. Chavandozlar bilan ovchilarning poygasini tomosha qilsin. 

Ko'rib, kuyib o'lsin, — deyishibdi. 

Kumush qiz kelibdi-da, qo'rqa-pisa derazaning yoniga turibdi. Tantana boshlanibdi. 

Eng oldin katta vazirning o'g'li, Oltin malikaning eri o'rtaga chiqibdi. Ketidan kichik 

vazirning o'g'li, Qirmizi malikaning eri chiqibdi. Ulardan keyin otiga ishonganlar o'rtaga 

chiqaveribdi. Shu kuni nayza, kamon otish bo'lmabdi.Faqat ot poygasi bo'libdi. Bir vaqt 

qayoqdandir boshidan oyog'igacha oppoq  kiyingan  chavandoz  paydo bo'libdi.  Ostidagi 

oti  ham  qordek  oppoq  emish.  Maydonni  shamoldek  yelib  to'rt  marta  aylanib  chiqibdi. 

Goh  to'xtarmish,  goh  qanot  bog'lab  yeldek  ucharmish.  Keyin  to'planganlarga  gullar 

otibdi-da, ko'zdan g'oyib bo'libdi. Hamma angrayib qolibdi, ayniqsa, saroyda o'tirganlar 

hang-u mang bo'lib qolishibdi. Birinchi kuni shu zaylda o'tibdi. 

Ertasiga  yana  maydon  yasatilib,  nog'oralar  chalinibdi.  Xaloyiq  to'planibdi.  Bu  kun 

endi boshdan-oyog'igacha til— ladan kiyingan chavandoz tilla rang otda paydo bo'libdi. 

Ostidagi  oti  yer  tepinib  osmonga  sakrayman  dermish.  U  bilan  bellashadigan  hech  kirn 

topilmabdi.  U  esa  birinchi"  chaqirig'iga  javob  kutib  turibdi,  bo'lmabdi,  ikkinchisini 

kutibdi,  bo'lmabdi,  uchinchi  safarida  otini  o'ngga  burib,  to'ppa-to'g'ri  katta  vazirning 

o'g'li, oltin rang malikaning eri yoniga kelibdi-da: 

«Xafa  bo'lma,  yigit,  peshanangda  shu  bor  ekan»,  —  deb  o'ng  biqiniga  musht 

tushiribdi.  Lekin  o'ladigan  qilib  urmabdi.  Keyin  orqasida  chang-to'zon  qoldirib,  ko'zdan 

g'oyib bo'libdi. Xaloyiq yoqasini ushlab hang-u mang bo'lib qolibdi. 

Oltin rang malika buni ko'rib, esi oqqanidan qo'lidagi bolasini tushirib yuboribdi. U 

bolasini ko'tarib olarkan, Kumush qizga: 

— Ey, besabr qiz. Sabr qilsang nima bo'lardi? Ehtimol, taqdir bu yigitni senga nasib 

qilib, bizga kuyov bo'larmidi, — debdi. 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Shu gapni aytib, qizning boshiga bir musht tushiribdi. Bunga chidolmay, Kumush qiz 



ham opasining boshiga  uribdi. 

Shu  zaylda  ikkinchi  kun  o'tibdi.  Uchinchi  kuni  yana  nog'oralar  chalinib,  maydon 

bezatilibdi  va  tumonat  odam  to'planibdi.  Boshdan-oyoq  zangori  kiyingan  chavandoz 

ustiga zangori yopqich yopilgan otda paydo bo'libdi. Bu safar ham u maydonni aylanib, 

poygaga  taklif  qilibdi,  lekin  u  bilan  poyga  qilishga  to'planganlarning  yuragi  dov 

bermabdi. U birinchi, ikkinchi taklifiga javob kutibdi, uchinchi  marta esa otini chapga 

burib,  Qirmizi  malikaning  eri,  kichik  vazirning  o'g'li  oldiga  kelibdi-da:  «Xafa  bo'lma, 

yigit, peshanangda shu bor ekan», — deb chap biqiniga tushiribdi. Lekin o'ladigan qilib 

urmabdi. Keyin ortida chang-to'zon qoldirib, ko'zdan g'oyib bo'libdi. 

Xaloyiq  hang-mang  bo'libdi.  Qirmizi  malika  oltin  bosh  o'g'lini  qo'lidan  tushirib 

yuboribdi. U Oltin rang malika tomon engashib, qulog'iga pichirlabdi: 

— Opajon,  opajon,  sening  ering  ham,  mening  erim  ham  haqiqiy  yigit  emas  ekan. 

Chinakam yigit anovi ekan. 

U bolasini yerdan ko'tarib olibdi-da, Kumush qizga debdi: 

— Ey,  besabr  qiz,  biroz  sabr  qilsang  o'larmiding?  Ehtimol,  mana  shu  yigit 

peshanangga yozilgan bo'lib, bizga kuyov bo'larmidi. 

Shuni deb qizning boshiga bir musht tushiribdi. Kumush qiz bunga chidamay, u ham   

uni uribdi. 

Onasi,  urishga  qo'li  bormay,  cho'rilariga  buyuribdi.  Cho'rilar  uni  rosa 

do'pposlashibdi.  Opalari  urganda  Kumush  qizga  alam  qilmasdi,  cho'rilardan  kaltak 

yeganligiga chidolmabdi. 

— Ey  noinsof  cho'rilar,  —  xitob  qilibdi  u,  —  sizlar  bu  yigitni  bir  ko'rishda  hang-

mang bo'lib qoldinglar! Sizlarniki yurag-u, meniki toshmi? Nahotki shu ham sabr bo'lsa, 

axir 


sabr kosasi to'lib-toshadi-ku. Bilib qo'yinglar, bu yigit  yigitlarning   sultoni — mening 

erim bo'ladi. 

Shu  gaplarni  aytishi  bilan  ularning  boshiga  kaptar  uchib  kelib,  oltin  suvi  yuritilgan 

panjaraga urilibdi, qora qoniga belanib yerga tushibdi-da: 

— Oh,  besabr  qiz,  nega  sirni  ochding!  Endi  choriq  kiyginda,  qo'lingga  temir  hassa 

olib, meni qidir, — debdi. 

Kaptar qonga belangan qanotlarini sudrab, ko'zdan g'oyib bo'libdi. Buni ko'rganlarning 

aqli  shoshibdi.  Besabr  qiz  behush  bo'lib  yiqilibdi.  U  hushiga  kelib  qarasa,  tepasida  ota-

onasi o'tirgan emish. Ular bir-birlariga qarab qo'yishibdi-da: «Qizimizning boshiga og'ir 

musibat tushdi», — deyishibdi. 

Qiz boshidan o'tganlarni gapirib bergan ekan, shunda onasi debdi: 

— Esiz, biz niyatingga yetkazadigan qushni boy beribmiz! Ona qizim, yig'lama, sening 

o'rningga men yig'layman, — deb yig'lab yuboribdi. Shunda otasi debdi: 

— Niyatingga  yetkazadigan  qushni  emas,  elga  tinchlik-xotirjamlik  olib  keladigan 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

qushni qo'ldan chiqaribmiz! Yig'lama, bo'tam, sening o'rningga men yig'lay, — debdi. 



Ko'z  yoshining  foydasi  yo'q.  Shu  zahoti  temir  choriq  bilan  temir  hassa  olib 

kelishibdi. Kumush qiz uydan chiqib ketar ekan, ota-onasiga: 

— Men  ketdim.  Nima  boisa,  peshanamdan  ko'raman.  Ehtimol,  uni  topolmasman, 

topsam balki qaytib kelmasman. Ishqilib, meni duo qilib turinglar, — debdi. 

Yana ota-onasidan mana bu gaplarni opalariga aytib qo'yishni iltimos qilibdi: 

— Menga  nimaiki  qilishgan  bo'lsa,  xudoga  soldim,  o'zi  ko'rsatsin.  Bordi-yu 

qaytadigan bo'lsam, tilla rang gulning bittasi so'liydi, qirmiz gul esa quriy boshlaydi. 

Shunday qilib, qiz go'zallar mamlakatidan yigitlari olamga mashhur mamlakatga qarab 

ravona bo'libdi. Yo'l yuribdi, yo'l yursa ham moi yuribdi, bir mahal orqasiga qarasa, endi 

arpa  donidek  yo'l  bosganmish.  Hali  oyog'idagi  temir  chorig'i,  hassasi  but-butun 

turganmish. Qiz damini ham olmabdi, peshanasidagi terni ham artmabdi-da, yana yo'lga 

tushibdi.  Yo'l  yuribdi,  yo'l  yursa  ham  mo'l  yuribdi,  tog'lardan,  dengizlardan  o'tibdi. 

Dengizlarda  jinlarni  ko'ribdi,  tog'larda  esa  pashmaloq  odamlar  bilan  ko'rishibdi.  U  na 

tog'larda, na vodiylarda odam qorasini ko'rmabdi. Kojibekning ovoziga o'xshagan ovozni 

ham eshitmabdi. 

Ochlikdan,  charchashdan  bechoraning  tinka-madori  quribdi.  Yo'lda  anjir  uchrabdi. 

Anjir  barglari  uning  yuragidagi  dardini  bilib  shitirlabdi,  bir  vaqt  asta  pastga  egilibdi. 

Kumush  qizni  ko'tarib  eng  uchiga  olib  chiqibdi-da,  rahmi  kelganidan  to'yguncha 

mevasidan yediribdi. Shu vaqt daraxt ostida bo'yi bir qarich ikkita odam paydo bo'libdi. 

Dlar yerga o'tirishibdi-da, gap boshlashibdi: 

—Oq soqol! 

—Nima deysan, Qora soqol? 

— Nima  desamikin,  Oq  soqol!  Sen  bu  yorug'  dunyoda  shuncha  yil  yashading, 

qanchadan-qancha  toshlarni  tashiding.  Sen  ag'darib  tashlolmagan  qarag'ay,  qo'porib 

tashlolmagan to'nka yo'q! Dunyoda eshitmagan, ko'rmagan narsang ham yo'q. Qani ayt-

chi: bu jodugarlar osmon bilan yerni ostin-ustun qilishga qodir, ular har qanaqa qiyofaga 

kira olishadi. Ularning qo'lidan hech qanday jonzot qutulolmaydi. Shunday 

ekan, nega endi qayg'u-musibatga, jarohatga dori-darmon topisholmaydi? 

— Nimaga  desang,  Qora  soqol,  har  kim  peshanasidagini  ko'radi.  Bir  odam  yaxshi 

nom  qoldirib,  dunyodan  o'tsa,  boshqasi  yomon  nom  qoldiradi.  Birovning  boshiga  og'ir 

qayg'u 

tushadi, boshqasi og'ir jarohatlanadi. Agar shunday bo'lmaganda, parilar o'zini xudoman 



derdi, jodugarlar  esa  dunyoni  egallab, odamlar  esa  osmonga  chiqib ketgan  bo'lishardi. 

Unda bizga yerda joy qolmasdi. 

—  Jonginam  Oq  soqol!  Sen  shunchalik  ko'p  joylarni  kezding,  boshingga  ko'p 

qayg'u  tushdi.  Shunda  har  gal  soqolingga  bittadan  oq  tushdi.  Sen  shayton  bilmagan 

narsalarni  ham  bilasan.  Uni-buni  qo'y,  bu  dunyoda  Kojibekning  jarohatini  tuzatadigan 

dori  bormi?  Uning  ingrashi  olti  oylik  yo'ldan  eshitilyapti.  Tortayotgan  azobiga  tog'lar 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling