H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
disperslik darajasi bo’lib, uning sifat belgisi – geterogenlikdir. Bu ikkala belgi
sirt hodisalar bilan chambarchas bog’liq. Geterogenlikning, binobarin, fazalararo sirtlning mavjudligi sirt taranglik borligidan xabar beradi. Sirt taranglik ayni sistemaning geterogenlik jihatidan o’zaro qancha ko’p farq qilsa, fazalararo sirt taranglik shuncha katta qiymatga ega bo’ladi. Fazalararo sirt kattaligining sirt taranglik koeffitsiyentiga ko’paytmasi ayni sirtning erkin energiyasi qiymatini ko’rsatadi, A= ∙s
-sirtning 1sm 2
sirt tarangligi koeffisiyenti deb ataladi. Sirt hodisalarning sinflarga bo’linishi. Sirt hodisalarni o’rganish sirt qavat tarkibi, uning xossalari, tuzilishi, sirtda ta’sir etuvchi kuchlar, sirt energiyasi, sirtda moddaning yig’ilishi (adsorbsiya, ho’llanish, flotatsiya, kapilyar bosim, sirtlarda kimyoviy potensial va bug’ bosimining o’zgarishi, fazalar qoidasining dispers sistemalar uchun qo’llanilishi kabi mavzularni o’z ichiga oladi. Sirt hodisalarni sinflarga bo’lishda sirt qavat qanday ekanligiga e’tibor beriladi. O’zaro bir-biriga tegib turgan fazalar orasidagi chegara sirt qavatlar moddalarning agregat holatiga qarab, quyidagi sinflarga bo’linadi: 1. Gaz-suyuqlik; 2. Gaz-qattiq jism; 3. Suyuqlik-suyuqlik; 4. Suyuqlik-qattiq jism; 5. Qattiq jism-qattiq jism. 48
Sirt hodisalarni sinflarga ajratishda termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarining birlashgan tenglamasidan foydalanish ancha qulaylik tug’diradi. Bu tenglamani sirt qavat uchun quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin: ∆G=-SdT+VdP+ ds+Σmdn i
bu yerda ∆G-izobar potensial (Gibbs energiyasining o’zgarishi), S- entropiya, V-hajm, -sirt taranglik, s-sirt yuzasi, n i
φ-elektr potensial, q-zaryad miqdori. Bu tenglamadan shuni ko’rish mumkinki, 1) sirt energiyasi Gibbs energiyasiga, 2) issiqlikka, 3) mexanik energiyasiga, 4) kimyoviy energiya va 5) elektr energiyaga aylana oladi. Demak, sirtda besh tur hodisa sodir bo’lish imkoniyati mavjud. Bularning hammasida sirt energiya boshqa tur energiyaga aylanishi mumkin. Energiyaning bu aylanishi – disperslik darajasi o’zgargan sari moddaning kimyoviy reaksiyalarga kirishish qobiliyatining adgeziya (ya’ni, turli xil shakllarga oid moddalarning molekulalari orasidagi o’zaro tortishish kuchlarining namoyon bo’lishi) va kogeziyaning (ya’ni bir tur fazaga oid modda molekulalari orasida o’zaro tortishish kuchlari o’zgarishi) bilan, kapilyar hodisalar bilan, adsorbsiya (moddalarning sirtda yig’ilishi) va elektr potensiallarning o’zgarishi bilan birgalikda sodir bo’ladi. Ikki faza orasida barqaror chegara sirt mavjudligining asosiy sharti – erkin sirt energiyasining musbat ishorali bo’lishidir. Agar bu energiyaning qiymati manfiy ishorali (yoki nol) bo’lsa, chegara sirt mavjud bo’lmaydi; bunda tasodifiy fluktuatsiyalar tufayli bir faza ikkinchi fazaga tarqalib ketadi. Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling