H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Sirt qavatining umumiy tavsifi
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
Sirt qavatining umumiy tavsifi. Suyuq yoki qattiq jismlardan iborat
sistemalardagina fazalararo sirtlar mavjud bo’la oladi. Suyuq yoki qattiq gomogen fazalarning ichki tuzilishi o’zgarishi bilan sirt qavat shakli va xossalari o’zgaradi. Suyuqlik molekulalari doimo harakatda bo’lgani uchun bug’ bosimi paydo bo’lib, sirtda bug’lanish, kondensatlanish kabi hodisalar to’xtovsiz sodir bo’lib turadi; binobarin, suyuqlik sirti doimo yangilanib turadi. Molekulalararo kuchlari mavjud bo’lganligi uchun suyuqlik ma’lum qalinlikda sirt hosil qilib turadi. Suyuqlik sirt qavatining ichki chegarasi sirtidan 49
boshlab suyuqlikning hajmidagi tuzilishi boshlanadigan chuqurlikka qadar davom etadi. Sirt qavatning qalinligi bir necha molekula diametrlari kattaligiga teng. Suyuqlik molekulalari doimo harakatda bo’lganligi uchun suyuqlikning sirt qavati ekvipotensial, ya’ni sirtdagi barcha nuqtalar birdek potensial energiyaga ega bo’ladi. Qattiq jism sirti dastlab qanday shaklda hosil bo’lgan bo’lsa, uzoq vaqt o’sha shaklda qoladi. Uning zarrachalari faqat u qadar sezilarli bo’lmagan tebranma harakat qilishlari sababli, qattiq jism sirti g’adir-budir bo’ladi va uzoq vaqt o’z shaklini saqlab qoladi. Qattiq jism sirti ekvipotensiallik xossani namoyon qila olmaydi. Binobarin, qattiq va suyuq fazalar orasidagi sirtning shakli asosan qattiq jism shakliga bog’liq bo’ladi. Suyuqlik-suyuqlik (ikkita suyuqlik) orasidagi sirt qavat ikki qismdan iborat: uning bir qismi birinchi suyuqlikda, ikkinchisi esa ikkinchi suyuqlikda bo’ladi. Qattiq jismlarda solishtirma sirtning qiymati uning disperslik darajasiga to’g’ri proporsionaldir; disperslik darajasining oshishi bilan qattiq moddaning solishtirma sirti shuncha oshadi. Buni 1-jadvaldan ko’rish mumkin. Bu jadvalda 1sm 3
o’zgarishi ko’rsatilgan. 1-jadval Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling