H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Liofil zollarning koagulyatsiyasi.
DLFO nazariyasi. Elektrolitlar ta’sirida sodir bo’ladigan koagulyatsiya
statistik fizika, eritmalar nazariyalari va molekulalararo kuchlarga asoslangan fizik nazariya asosida talqin qilinadi. Bu sohada 1941 yilda Deryagin va Landau, Gollandiya olimlari Fervey va Overberk bajardilar. To’rt olim familiyalarning birinchi harflari koagulyatsiyaning fizik nazariyasi-DLFO-nazariyasi degan nom bergan. Bu nazariyaga muvofiq, koagulyatsiyaning sodir bo’lishi ikki kuchga bog’liq: biri-Van-der-Vaal’s kuchlari bo’lsa, ikkinchisi-zarrachalar orasidagi o’zaro elektrostatik itarilish kuchlaridir. Bu ikki kuch yupqa suyuqlik qavatida birgalashib ta’sir etib, “kengaytiruvchini” vujudga keltiradi. Zarrachalar orasidagi suyuqlik qavati torayib, zarrachalar bir-biriga birlashib ketadi; binobarin koagulyatsiya sodir bo’ladi. Liofil zollarning koagulyatsiyasi. Liofil zollarning barqarorligi ikki omilga bog’liq: birinchi omil-kolloid zarrachaning sol’vat qavat bilan qoplanganligi. Demak, bu holda koagulyatsiyani amalga oshirish uchun kolloidni zaryadsizlash va sol’vat qobiqni yemirish zarur bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun avval kolloidga elektrolit qo’yib uni neytral holatga keltiriladi; bu holda cho’kma hosil bo’lmaydi. 84
So’ngra sol’vat qobiqni yemirish uchun spirt, atseton yoki tannin kabi moddalar qo’shiladi. Shundan keyingina liofil kolloid cho’kmaga tushishi mumkin. Umuman olganda, liofil kolloidlarning koagulyatsiyasi o’zining bir necha xususiyatlari bilan liofob kolloidlar koagulyatsiyasidan farq qiladi. Liofil kolloid liofob kolloidga qaraganda elektrolitlar ta’siriga kam beriladi. Bunda elektrolitning faqat birgina ioni emas, balki ikkala ioni ham koagulyatsiya uchun xizmat qiladi. Liofil kolloidlarning koagulyatsiyasi shu tarzda sodir bo’lishi mumkin. Cho’kmaga tushgan liofil zol qo’shimcha erituvchi qo’shilganda qaytadan eritma holatiga aylanadi. Lekin oqsillardan kelib chiqqan ba’zi liofil kolloidlardan cho’kmaga tushgan oqsil qayta erimasligi mumkin. Bunday koagulyatsiya qaytmas koagulyatsiya deb yuritiladi. Ma’lumki, kolloid eritmaning loyqalanishi keyinchalik cho’kmaga tushishi va zol rangining o’zgarishi koagulyatsiya sodir bo’lganligining belgilari hisoblanadi. Ayni zolni koagulyatsiyaga uchratish uchun kerak bo’ladigan elektrolitning minimal miqdori ayni zolning koagulyatsiya chegarasi deb ataladi. Uni aniqlash uchun probirkalarga qo’yilgan zolga turli konsentratsiyadagi elektrolit eritmalaridan baravar hajmda ketma-ket qo’shib boriladi. Qo’shish tartibi quyidagi ko’rsatilgandek olib boriladi. Probirkalarga suv solib, uning hajmi bir probirkadan ikkinchi probirkaga o’tganda oshirib boriladi. So’ngra probirkadagi suyuqliklarning hajmi bir xil bo’ladigan qilib elektrolit eritmasi qo’shiladi. Shundan keyin birida loyqalanish borligi seziladigan, ikkinchisida loyqalanish sezilmaydigan ikki qo’shni probirkani olib, elektrolitning dastlabki konsentratsiyasi C, uning koagulyatsiyasini paydo qilgan hajm V bo’lsin. Unda ayni hajmdagi elektrolitning millimollar soni v c v c
1000 1000
Koagulyatsiya chegarasi odatda 1litr zol uchunhisoblanadi. Agar tajriba uchun ω ml zol olingan bo’lsa, zolning koagullanish chegarasi 1000
v c v tenglama bilan hisoblab topiladi. 85
Koagulyatsiya protsessi xuddi kimyoviy reaksiyalar kabi, ma’lum vaqt
borligidan bu zarrachalar bir-biri bilan birika olmaydi. Elektrolit qo’shilmagan zolda kolloid zarrachalar bir-biridan uzoq turganligi sababli, kolloid eritma barqaror bo’ladi. Kolloid eritmaga elektrolit qo’shilgandan keyin zarrachalar bir-biriga yaqinlashib, o’zaro tortisha boshlaydi. Buning natijasida kolloid sust koagulyatsiyalanadi. Elektrolitdan yana qo’shilsa, koagulyatsiya tezlashib ketadi va zarrachalar bir-biri bilan birlasha boshlaydi. Yuqorida ko’rsatilganidek, koagulyatsiya jarayoni zolga ma’lum miqdor elektrolit qo’shilganida yuzaga keladi. Har qaysi kolloid eritma “koagulyatsiya chegarasi” deb ataladigan miqdordagi elektrolit ta’siridan koagulyatsiyaga uchraydi. Kolloid zarracha ishorasiga qarama-qarshi zaryadli ion koagulyatsiyani paydo qiluvchi ion hisoblanadi. Ionlarning valentligi ortishi bilan koagullash ta’siri kuchayadi. Ionning valentligi oshganida uning zolni koagulyatsiyalash ta’sirining kuchayishini yuqori valentli ionlar ta’sirida kolloid zarrachalardagi qo’sh elektr qavatning siqilish effekti bilan tushuntirish mumkin. Yiriklashgan zarrachalar og’irlik kuchi ta’siri ostida eritmaning yuqori qismlaridan past qismlariga tusha boshlaydi va nihoyat zarrachalar eritmadan ajraladi. Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyatsiya haqidagi nazariyalarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, zolning barqarorligiga ta’sir ettiruvchi kuch – zarrachalar orasida o’zaro tortilish kuchlaridir va ular neytral zarracha orasida ta’sir etuvchi kuchlarga o’xshaydi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling