H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- XIII-ma’ruza KOLLOID SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA KOAGULYATSIYASI
Tayanch iboralar
Elektro-kinetik hodisa. Qo’sh elektr qavat. Adsorbsion qavat. Diffuzion qavat. Qattiq faza. Eritma. Dzeta-potensial. Elektroforez. Elektroosmos. Mitselyar nazariya. Elektr o’tkazuvchanlik. Savol va topshiriqlar 1. Kolloid sistemalarda elektro-kinetik hodisalar nimalardan iborat? 2. Qo’sh elektr qavat nima va u qanday hosil bo’ladi? 3. Qo’sh elektron qavatining tuzilishi haqida qanday nazariyalarni bilasiz? 4. Elektro-kinetik potensial nimadan iborat? 80
5. Elektroforez va elektroosmos nima? 6. Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida mitselyar nazariyaning mohiyati nimadan iborat? 7. Mitsella nima va u qanday tuzilishga ega? Adabiyotlar 1Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent.- O’zbekiston. – 1992. 104-110 betlar. 2. Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии. – Л.: - Химия. – 1984. – с. 186-189. 3. Воюцкий С.С. Курс коллоидной химии. –М.: - Химия. – 1964. – с. 139-143. XIII-ma’ruza KOLLOID SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA KOAGULYATSIYASI Reja 1. Kolloid sistemalarning barqarorligi. 2. Agregativ barqarorlik. 3. Liofob zollarning koagulyatsiyasi. 4. DLFO nazariyasi. 5. Liofil zollarning koagulyatsiyasi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq, har qanday sistemadagi erkin energiya minimumga intilish kerak. Kolloid sistema dispers fazasining solishtirma sirti katta bo’lganligi sababli sistema erkin sirt energiyasi ham katta bo’ladi. Shuning uchun kolloid sistemalar termodinamik jihatdan barqaror bo’lmaydi. Kolloid zarrachalar bilan suyuqlik orasidagi chegara sirt kamayganidagina kolloid sistemada erkin sirt energiya minimumga erisha oladi. Liofob kolloid sistemalar beqaror bo’lib, vaqt o’tishi bilan ularning disperslik darajasi o’zgaradi, ya’ni yiriklashadi. Buning sababi shundan iboratki, 81
dispers faza bilan dispersion muhit orasida kuchsiz o’zaro ta’sir mavjud. Disperslik darajaning kamayishi liofob zollarda ikki yo’l bilan sodir bo’lishi mumkin. Birinchisi - qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalarning yirik zarrachalarga birikishi, ikkinchisi-dispers faza zarrachalarining bir-biriga yopishib yiriklashuvidir. Kolloid zarrachalarning molekulyar kuchlar ta’sirida o’zaro birlashib yiriklasha borish protsessi koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish protsessi ba’zi kolloidlarga juda tez, ba’zilarida esa ancha uzoq vaqt davomida sodir bo’ladi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari suyuqlik va qattiq jismning solishtirma massalariga qarab idish tubiga tushishi (sedimentatsiya) mumkin. Dispers fazasining zarrachalari og’irlik kuchi ta’sirida sezilarli darajada cho’kmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Dispers sistemalarning barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik bo’ladi. Dispers sistemalarning agregativ barqarorligi dispers sistemaning o’ziga xos disperslik darajasini saqlash xususiyatidir. Dispers sistemalarning kinetik barqarorligi dispers faza zarrachalarining og’irlik kuchi ta’sirida dispersion muhitdan ajramaslik qobiliyatini ko’rsatadi. Suspenziya va emulsiyalarda zarrachalarning o’lchamlari ancha katta bo’lganligidan ular o’z-o’zicha qila olmaydi, ya’ni ularda diffuziya deyarli sodir bo’lmaydi. Shuning uchun suspenziya va emulsiyalar kinetik jihatdan barqaror emas. Chin eritmalarda erigan modda zarrachalari bilan erituvchi o’rtasida chegara sirt hosil bo’lmaydi. Shuning uchun bu sistemalar gomogen bo’ladi. Ular sifat jihatidan kolloid eritmalaridan ham, dag’al dispers sistemalardan ham farq qiladi. Chin eritmalarda zarrachalar bir-biriga qo’shilib yiriklashmaydi, bu eritmalarda zarrachalar o’z-o’zicha harakat ham qiladi. Demak, chin eritmalar agregativ va kinetik barqaror gomogen sistemalardir. 82
Yuqorida aytgandek, kolloid eritma zarrachalarning bir-biri bilan qo’shilib,
Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling