H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
a) Zolga elektrolit qo’shish yo’li bilan
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
a) Zolga elektrolit qo’shish yo’li bilan. Agar kolloid eritmaga har qanday
elektrolitdan yetarli miqdorda qo’shilsa, koagulyatsiya sodir bo’ladi. Koagulyatsiya sodir bo’lganligini bevosita ko’rish mumkin bo’lsa, u ochiq koagulyatsiya, ko’rish mumkin bo’lmasa, yashirin koagulyatsiya deyiladi. Koagulyatsiya elektrolitning faqat bir ioni sabab bo’ladi. Musbat zaryadli kolloidlar anionlar ta’sirida, manfiy zaryadli kolloidlar esa kationlar ta’siridan koagulyatsiyalanadi. Shul’se va Gardi elektrolit ionining valentligi bilan uning koagulyatsiyalash kuchi orasidagi bog’liqlikni aniqladilar. Shul’se-Gardi qoidasi bo’yicha koagullovchi ionning valentligi qancha katta bo’lsa, uning koagulyatsiyalash kuchi shuncha ko’p. b) Elektrolitlar aralashmalari ta’sirida bo’ladigan koagulyatsiya. Kolloid eritmalarga elektrolitlar aralashmasi qo’shilganda, uch hol bo’lishi mumkin: 1) Bir elektrolitning koagulyatsiyalash qobiliyati ikkinchi elektrolitnikiga qo’shiladi. Bu hodisa elektrolit ta’sirining additivligi deyiladi. 2) Bir elektrolitga ikkinchi elektrolit qo’shilganda birinchi elektrolitning koagulyatsion ta’siri kuchayadi. Bu hodisa sensabilizatsiya deyiladi. 3) Bir elektrolitning koagulyatsiyalash ta’siri boshqa elektrolit qo’shilganda kamayadi. Bu hodisa antagonizm deb ataladi. Elektrolitlar aralashmasi ta’sirida koagulyatsiya vujudga kelishi birinchi rasmda ko’rsatilgan. 83
I-rasm. Elektrolitlar aralashmasi ta’siri ostida bo’ladigan koagulyatsiya. 4) Kolloidlarning kolloidlar ta’siridan koagulyatsiyasi. Kolloid eritmaning qarama-qarshi zaryadli boshqa kolloid bilan ham koagulyatsiyani yuqorida aytib o’tdik. Kolloidlarning kolloidlar bilan koagulyatsiyasi ularning zaryadiga va konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, AgI ning musbat va manfiy zollari bo’ladigan o’zaro koagulyatsiyasini quyidagi sxema bilan ko’rsatish mumkin:
x n xAg nAgI xI nAgI
2 Kolloid eritmalar qizdirilsa, ba’zan tez koagulyatsiyalanadi, ba’zan qizdirish kam ta’sir etadi. Buning sababi shundaki, eritma qaynatilganda zolning zaryadi kamayadi, zarracha va ionlar o’rtasidagi muvozanat buziladi va zol koagulyatsiyalanadi. Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling