H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- XIV-ma’ruza YUQORI MOLEKULYAR MODDALARNING ERITMALARI
Tayanch iboralar
Barqarorlik. Koagulyatsiya. Sedimentatsiya. Elektrolitlar ta’sirida koagulyatsiya. Koagulyatsiya tezligi. Koagulyatsiya chegarasi. DLFO nazariyasi. Savol va topshiriqlar 1. Kolloid eritmalarning agregati va kinetic barqarorligi nimaga bog’liq? 2. Kolloid eritmalarning koagulyatsiyasini qanday usullar bilan yuzaga keltirish mumkin? 3. Shul’tse-Gardi qoidasi nimadan iborat? 4. Zolning “koagulyatsiya chegarasi” deganda nimani tushunasiz? 5. Dzeta-potensial qiymati koagulyatsiya vaqtida o’zgaradimi? 6. koagulyatsiya tezligining mohiyati nimadan iborat? 7. “Additivlik”, “sensibilizatsiya”, “antagonizm” tushunchalarni izohlab bering? 8. DLFO nazariyasi nimadan iborat? Adabiyotlar 1Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent.- O’zbekiston. – 1992. 130-141 betlar. 2. Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии. – Л.: - Химия. – 1984. – с. 228-240. XIV-ma’ruza YUQORI MOLEKULYAR MODDALARNING ERITMALARI Reja 1. Yuqori molekulyar moddalar eritmalari haqidagi ta’limot. 2. Yuqori molekulyar birikmalar. 3. Polimerlarning xossalari va agregat holatlari. 4. Polimer tarkibidagi makromolekulalar. 5. Polimerlarning erishi. 87
Molekulalari tarkibida o’zaro kovalent bog’lanishlar orqali birikkan yuz, ming va o’n minglarcha atomlar bo’ladigan birikmalar yuqori molekulyar birikmalar deb ataladi. Tekshirishlar ko’rsatishicha, polimerlarning eritmalari, umuman barcha liozollar kabi, haqiqiy mikrogeterogen sistemalar bilan haqiqiy eritmalar o’rtasidagi holatni egallaydi. Yuqori molekulyar moddalar eritmalarining liofob kolloid sistemalardan asosiy farqi shundaki, ular xuddi quyi molekulyar modda eritmalari kabi, termodinamik jihatdan barqaror bo’ladi. Shunga muvofiq, yuqori molekulyar moddalarning eritmalarida haqiqiy muvozanat qaror topa oladi. Biroq bu muvozanat asta-sekin qaror topadi. Bu jihatdan yuqori molekulyar moddalarning eritmalaridan farq qiladi. Yuqori molekulyar moddalar eritmalari uchun fazalar qoidasini tadbiq etish mumkin. Buni Galeoti, Zerensen, Mak-Ben va boshqa olimlar oqsil moddalar eritmalari uchun fazalar qoidasi o’z kuchini saqlab qolishni tajribada isbot etdilar. V.A.Kargin va uning shogirdlari fazalar qoidasi yuqori molekulyar modda eritmalari uchun qo’llanilishi va bu eritmalarning chin eritmalar deb qaralishi mumkinligini juda ko’p misollarda ko’rsatdilar. Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling