H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almashinish
Oksidlanish reaksiyasi yordamida ham kolloid sistemalar hosil bo’ladi.
Bunda molekulyar eritmani oksidlash yo’li bilan kolloid eritma hosil qilinadi, masalan vodorod sul’fid eritmasi kislorod bilan oksidlanganda oltingugurt zoli hosil bo’ladi: 2H 2 S+O
=2S↓+2H 2
Almashinish usuli erimaydigan moddalar hosil bo’ladigan almashinish reaksiyalarga asoslanadi. Bu usul bilan, masalan, kumush xlorid gidrozoli hosil qilinadi: AgNO 3 +NaCl=AgCl↓+NaNO 3
2H
AsO 3
2
2
3 ↓+6H
O Kolloid sistemalarni olishda gidrolizlanish reaksiyalari ham ishlatiladi, bunda ko’pincha metall gidrozollarining kolloid eritmalari olinadi. Masalan temir (III)-gidroksid gidrozolini olish uchun qaynab turgan suvga temir (III)-xlorid eritmasi quyilsa, temir (III)-gidroksid zoli hosil bo’ladi: FeCl 3 +3H
2
3
So’ngra:
3
2 O 13
Bu reaksiya natijasida hosil bo’lgan FeOCl qisman ionlarga parchalanadi va bu ionlar Fe(OH) 3 zarrachalari atrofida ionlar qavatini hosil qilib, kolloid sistemani barqaror qilib turadi. Shunday qilib, kimyoviy kondensatsiya usullarining asosi shundaki, kimyoviy reaksiyalar natijasida qiyin eriydigan mahsulot hosil bo’lsa, u ma’lum sharoit yaratilganda kolloid holatga o’tish mumkin. Bunda reaksiya uchun olinadigan dastlabki moddalarni suyultirilgan eritmalar holida ishlatish kerak, chunki bu sharoitda hosil bo’ladigan mahsulot kristall zarrachalarining o’sish tezligi katta bo’lmaydi. Kolloid sistemalar hosil bo’lganda tarkibida albatta qo’shimcha moddalar – kislota, asos, tuzlar ham bo’ladi. Bu qo’shimcha moddalar kolloid sistemaning barqarorligiga ta’sir etadi. Shuning uchun kolloid sistemalar har xil usullar bilan tozalanadi. Shu usullardan eng asosiysi quyidagilardir: 1. Dializ. Bu usulda yarim o’tkazgich membrana ishlatiladi. Membranadan ionlar o’tadi, lekin katta o’lchovga ega bo’lgan zarrachalar o’ta bilmaydi. Bu usulni birinchi bo’lib Grem tavsiya etgan. Kolloid sistemalarning dializi dializator asbobida amalga oshadi. Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling