barobar maydon beriladi deyilgan, lekin inson hayoliga koinotni keltirsa, bu
Alloh taoloning qudratini oldida hech narsa emas, har bitta bandaga yuzta
yer yuzichalik joyni bersa ham Allohning mulkiga zarar yo‘q va Allohning
mulki kamayib qolmaydi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat
qilinadi, Sahih Buhoriyda kelgan hadisi qudsiy. Rasululloh s.a.v. shunday
dedilar: “Alloh taolo shunday dedi, infoq, yaxshilik, exson qil, men ham senga
infoq qilaman”. Bir kuni Asmo roziyallohu anhu ehson qilayotganlarida
sanab berayotgan ekanlar, uni ko‘rib Rasululloh s.a.v. sanab bersang, Alloh
ham sanab beradi, sana-masdan beraver, debdilar. Gohida inson exsonni
sanamasdan bergani qalbdan bahillikni ketkazar ekan. Sanamasdan degani
21
isrof emas, keragicha lekin hisoblab o‘tirmaysiz Inson Alloh yo‘lida infoq
qilganda himmatni baland qilsa, Alloh beraveradi. Alloh taolo infoq qil, men
infoq qilaman deydi. Rasululloh s.a.v. hadisni davomida aytadiki: “Allohning
qo ‘li to ‘ladur, nafaqa Allohni qo ‘lidagini kamaytirib qo ‘ymaydi. Kechayu-
kunduz yeru-osmon yaralgandan beri Alloh borliqqa risq beradi.
Kamaymagan bundan keyin ham kamaymaydi”. 1850-yillarda insoniyat yer
yuzida bir yarim milliardga yaqin bo ‘lgan ekan. Shunda g‘arb
tadqiqotchilari dunyodagi resurslar, oziq-ovqatlarni hisob kitob qilib, agar
insoniyat ko ‘payishni davom etib, aytaylik 3milliard bo ‘lib ketsa, odamlar
ochdan o ‘ladi deb bashorat berishgan. Hozir 8milliardga yetib bordi,
hozirda odamlar oldingi podshoxlar yemagan narsalarni yemoqdalar.
Hozirgi bizning dasturxonimizni Amir Olimxonlar havas qilgan. Risq Alloh
taoloning qo‘lida, u cheklanmagan. Abu Said Hudriy aytadilarki: “Qachon
Do'stlaringiz bilan baham: |