Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
SINTAKSIS KITOB
SINTAKSIS
Grammatika ikki bo’limni o’z ichiga oladi: Morfologiya va Sintaksis. Morfologiya -6-7 sinflarda; Sintaksis 8-9 sinflarda o’rgatiladi. Demak, grammatikani o’rgatish uchun maktabda 4 yil vaqt sarf qilinar ekan. 2 Biz esa siz bilan bir oy ichida ko’rib chiqamiz. Agar siz Morfologiyani mukammal bilsangiz, Sintaksis bo’limida hecham qiynalmayasiz! Sintaksis bo’limi haqida, mening fikrimni bilmoqchi bo’lsangiz: - Sintaksis, qiyin bo’lim emas! So’z birikmlari, Gap bo’laklari, Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, Gapning tuzilishiga ko’ra turlari degan katta mavzulari bor! Sintaksis bo’limi mavzularini Yoshlar Ittifoqi xodimimiz bilan birga qoldirib qaytib kelsam, hammasiga unvon berib chiqibdi: So’z birikmalari-Eng asosiy mavzu! Uyushiq bo’laklar – Eng qiyin mavzu! Qo’shma gaplar -Eng oson mavzu! Kesim -Eng shov -shuvli mavzu! Ajratilgan bo’laklar -eng tushunarsiz mavzu! Ha, nima ham derdim. Vodiyda mashhur gap bor -Haqqatan! ( haqiqatan ) Morfologiya testlarini ishlashda ko’proq test shartiga e’tibor qaratamiz; Sintaksisni ishlashda esa testning javob variantlariga qaraymiz! Tushunmadim! – Ha, mayli keyin tushunib olasiz! Biz yarim umri paxtazorda o’tgan avlodmiz! Nima uchun unda dedim, hoozir aytaman! -Agar Morfologiyani o’rganish -paxtani tozalab, has xashaklarini qo’shmasdan terishga o’xshasa! -Sintaksisni o’rganish – paxtani padbor 1 usulida, duch kelganini, hashak, xom ko’sak, barg-marg, chanoq-panog’ bilan terishga o’xshaydi. Esingizga tushib ketdimi? Bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da qadrdon! 3 Sh. Xolmirzayevning “O’zbeklar “ hikoyasini o’qib ta’sirlanmagan kam bo’lsa kerak ichimizda! Ayniqsa MEN shu hikoyani o’qib niyat qilgandim, paxtaga borsam, shunday -shunday ko’rgan kechirganlarimni hikoya qilib yozaman deb! Hikoya emas, roman yozadigan voqealar bo’lgan.. Bu haqida keyinroq … Xotirjam bo’ling, qo’rqmang, SINTAKSIS bo’limini oson o’rgatib qo’ya olaman! Nima ham derdim osonni oson, qiyinni qiyin deydi-da. Sintaksis baribaram oson! Bosh-la-dik! Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling