Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!
Muhim qoida: Egani qidirayotganda –belgisiz kelgan tushuim yoki qaratqich kelishigidagi so’zlarni –bosh kelishik bilan adashtirib yubormang
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
SINTAKSIS KITOB
Muhim qoida: Egani qidirayotganda –belgisiz kelgan tushuim yoki qaratqich kelishigidagi so’zlarni –bosh kelishik bilan adashtirib yubormang. Xushbo’y hid sochar ekan, Har xil gul va g’unchalar. Gapdagi egani aniqlang. Bi qarashda gapning egasi –hid – so’ziga o’xshaydi. Yaxshiroq razm solsak –hidni sochar –bo’lib bu so’z EGA emas to’ldiruvchi bo’lib kelyapti. Gapning egasi esa: Gul va g’unchalar xushbo’y hidni sochadi. Ba’zan chiqish (+dan ) kelishigi ham EGA bo’lib keladi. Ha adashmadingiz, chiqish kelishigi ham EGA bo’lib kela oladi. -Qizlardan bormi? (Kelin qidirayotganlar shunaqa deydi ) Yana ilova qilishadi, O’qigan qizlardan bormi? Unda ham bu kitoblardan bor Unda ham bu kitoblar bor.. Keling egani kundalik hayotimizdan qidiramiz. E’tibor berganmisiz, sizning nutqingizda EGA qatnashadimi? Dars jarayonida va uyda egadan ko’ra, ko’proq undlamalardan foydalanasiz! Sherzod, jim o’tir! Zilola, idish –tovoqlarni yuvib qo’y. Dugonangiz bilan g’iybatlashganda, esa –egadan foydalanasiz: Kaniza o’zini g’alati tutyapti ekan. Rayhon ro’molga kiribdi. Va boshqa atrofingizdagi biz tanimagan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni bir –biringizga yetkazayotib gaplashganingizda –EGA dan foydalanasiz. G’iybat qilganda gapning egasi aniq bo’ladi. Siz unutsangiz ham o’sha g’iybat qilinuvchining ismini sizga eslatadigan shayton bor! Ega ko‘p holatlarda OLMOSH so’z turkumi bilan ifodalanadi. Ayniqsa kishilik olmoshi bu borada yetakchi. Shuning uchun EGANI TOPING deyilgan testlarda ko’zimiz birinchi navbatda –kishilik olmoshlari (men, sen, biz, siz, ular) ni qidiradi. Esingizda bo’lsa, kishilik olmoshi o’rnida qo’llanadigan –ot olmoshlar –bor edi. banda, faqir, banda, kamina, odam, kishi.. 20 Kamina, faqir, bandani –bilaman, odam, kishi –so’zlari qanday qilib –kishilik olmoshi o’rnida kelishiga tushunmaganlar uchun bir gap: Odamni asabiga tegmanglar! Esladingizmi, siz ham bu so’zni olmosh o’rnida ishlatasiz: -Odamni xursand qilmanglar. -Odamga alam qilarkan. -Odamlar bugun boshqachami? Endi quyidagi misolga e’tibor qarating: Shularni ko’rib, tabiatga hayron qolasan kishi. ( Men shularni ko’rib tabiatga hayron qolaman. ) Gapning egasini topdingizmi? -Ha, yaxshi Davom etamiz: She’riy misollar berilsa, har doim qiyin bo’ladi deb o’ylashimiz, bu she’rni tushunmasdan o’qishimizdan bo’lsa kerak. Maktabda 40 talab o’quvchilarni o’z bag’riga olgan boshlang’ich sinflarda O’qish darsida vaqtdan foydalanish uchun she’rni ham, matnni ham –ZANJIR –usulida o’qitish faqat bizda bo’lsa kerak! Bola bu usulda she’rni tushunarmidi? Keyin boshlang’ich ustozlar, hadeb –minutga qo’yib, tez o’qishni o’rgatmasdan –ifodali o’qishni o’rgatinglar! O’zi hamma narsa tezlashib ketdi. 5-sinflarga kirsangiz 36 ta boladan 6-tasi ifodali o’qiy oladi, 28 tasi tez o’qiy oladi, 2 tasi umuman o’qiy olmaydi. 5-sinflarga ADABIYOT darsiga kirsam: -Mavzu: Oybek “ Bolaning ko’ngli poshsho “ O’n beshta qo’l havoda: Ustoz ZANJIR usulida o’qiylikl. Bizdan boshlansin, yo’o’q bizdan boshlanadi.. 21 -PAQIR usulida o’qiymiz –deyman -U qanday bo’ladi. -Sizlarga vaqt beriladi. Hama ichida hikoyani to’liq o’qib chiqadi. -Paqirni ichiga tushib olamiz –deydi tez tushunadiganlari. Xullas, innovatsiya kiritdik. PAQIR usuli. Bundan tashqari ona tili darsida berilgan qoidani o’qib “CHOYNAK ‘usulida daftarga ko’chiramiz. Ha aytgancha, hamma o’quvchilar hikoyani o’qib bo’lishgach, bir –ikkita a’locchilar –CHO’MICH usulida hikoyani ovoz chiqarib o’qib berishadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling