15
С) Dangasaning bahonasi ham, befayda gapi ham ko’p.
D) Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi paydo bo’ldi.
C javobdagi –ko’p –so’zi ravish va gapda kesim bo’lib kelyapti. Qolgan
javoblarda ravish
hol vazifasida kelyapti.
Shu o’rinda eslatma:
So’z turkumlari ichida ravish nisbatan qiyinroq bo’lgani uchun, testologlar ravishdan tez –
tez foydalanishadi.
Ayniqsa –KO’P so’zidan juda KO’P foydalanishadi.
Ko’pi ketib ozi qoldi –ega
Ko’pini ko’rganman –to’ldiruvchi
Paxta haqida ko’p yozdi –hol
Orzularim ko’p –kesim.
So’z turkumlarini bilish talab qilinadigan yana bir xuddi shunday test:
Endi g'alabamiz yaqin, do'stim! Ushbu gapning kesimi qaysi so'z turkumi bilan
ifodalangan?
A) ot
B) fe'l
C) sifat
D) ravish
Gap
oxirida kelagan, yonida verguli bor –do’stim –so’zi –undalma. UNi
ham shu kanalda
o’rganamiz. Oldinlab ketib bo’lsa ham bir qoida aytaman:
Undalmalar gap bo’lagi bo’lmaydi.
Endi g'alabamiz yaqin, do'stim!
Endi g'alabamiz yaqin.
Gapnining kesimi –yaqin. O’rin ravishi.
To’g’ri javob: D) ravish
OT KESIM FE’L KESIM
Yana morfologiya bilan bog’liqlikni uchratamiz –kesim mavzusida.
Morfologiya bo’limida ikkita “katta” bor. Fe’l va ot.
Ot o’z atrofiga qolgan so’z turkumlarini yig’ib olganligi uchun FE’L qarshi chiqa oladi.
Bo’lmasa FE’L qayerda-yu ot qayerda? ! Son kesim, Sifat kesim, Ravish kesim –yo’qmi?
16
Yo’q kesim sifat bilan ifodlansa ham –ot kesim; kesim son bilan ifodalansa ham –son
kesim deb emas –OT KESIM deb ifodalanadi.
Tushunyapsizmi, OT KESIM $ FE’L KESIM
Shoir bo’lganimda: Fe’l bilan ot to’qnashdi –degan munozara she’r yozar edim.
Fe’l bilan ot to’qnashdi, bir biriga olayib qaradi, ko’zlari
bilan bir birini yengmoqchi
bo’lishdi, ularni ajratib qo’yishdi. Jang boshlandi:
Ot aytur: Men so’zlarning nomiman
Fe’l aytur: Men lug’atning yarmiman.
Ot aytur: Menda, sifat, ravish, son, olmosh bor
Fe’l aytur: Menda, sifatdosh, ravishdosh, harakat
nomi bor
Ot aytur: Men
otli birikma va ot kesimman
Fe’l aytur: Men fe’lli birikma va fe’l kesimman
Do'stlaringiz bilan baham: