Bokschimizning kuchi zarbasiga raqib bardosh berolmay qoldi. Ushbu gapdagi
kesim qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) raqib bardosh berolmay qoldi
B) bardosh berolmay qoldi
C) berolmay qoldi
D) bardosh berolmay
Berolmay qoldi desak bir narsa kamdek, gap nima haqida ekanligi anglashilmayapti.
Raqib bardosh berolmay qoldi –desak bu bus butun gap bo’lib qoldi.
To’g’ri javob: B) bardosh berolmay qoldi.
II Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?
Sintaksis bo’limini Morfologiya bo’limini bilmasdan turib o’rgnsa bo’ladimi?
-Ha bo’ladi 40-50 % Lekin aniq 100% emas!
Chunki biz har bir gap bo’lagini o’tganimizda, shu savolga duch kelamiz.
Ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?
Aniqlovchi qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan? .....
So’z turkumlarini yaxshi bilish –Sintaksisni oson o’rganish garovi.
Ana shunday testlarni ishlashdan oldin yana o’z tavsiyalarimni berib o’taman.
1 Kesim odatda gapning oxirida keladi, shuning uchun sizdan falon so’z turkumi bilan
ifodalangan kesimni toping deyilganda –darhol gapning oxiriga qarang! Kesimni ko’rasiz
+ izlayotgan so’z turkumingiz ham turgan bo’ladi
-Hamma gapni o’qib chiqsam bo’lmaydimi?
-Yo’q bo’lmaydi, vaqtdan yutqazasiz.
Sizga berilgan 40 ta savol orasida oson va qiyini bo’lmaydi. Vaqt ko’p talab qiladigani,
va vaqt kam talab qiladigani bo’ladi. Agar siz 30 soniyada ishlanishi kerak bo’gan testga
ham 2 daqiqa, 1 minutda ishlanishi kerak bo’lgan testga ham 2 daqiqadan vaqt
sarflasangiz sizda vaqt tugaydi. Kompyuter testni to’xtatadi.
Attesttatsiyadan yiqilishiga 1 ta yoki 2 ta testning bali yetmay qolgan ustozlar aynan
shunday vaqtni to’g’ri taqsimlamaganliklari uchun nadomat qilishgan! Hech qisi yo’q, bu
yil hammasi yaxshi bo’ladi! Chunki bu tayyorlanyapsiz! Yana kimda tayyorlanyapsiz!
Yana aytyapman:
-Hamma gapni o’qib chiqsam bo’lmaydimi?
-Yo’q bo’lmaydi, vaqtdan yutqazasiz.
Yana bir gap: agar berilgan misol sher’iy parcha bo’lsa, u holda kesimni aniqlashga
diqqatliroq bo’ling.
Bunda qushlar topadi iqbol.
Gapning kesimi –iqbol emas. -topadi
Do'stlaringiz bilan baham: |