Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
SINTAKSIS KITOB
Test Ot-kesim gap berilgan qatorni aniqlang. A) Dangasaning vaji ko’p B) Majlisda intizom haqida gapirildi C) Ish ishtaha ochar, dangasa ishtan qochar. D) Bunda qushlar topadi iqbol Test javoblariga ko’z yugurtiramiz, ikkita javobni –fe’l kesim bo’lgani uchun chiqarib yuboramiz. B) gapirildi C) qochar A) ko’p D) iqbol – Shu ikkala javobni qaytadan o’qib chiqamiz: D) javobdagi: Bunda qushlar iqbol topadi –deb asliga qaytarib olsak, ishonch bilan to’g’ri javob A) Dangasaning vaji ko’p. Har doimgi ishimiz: Ot kesimni so’rasa fe’l kesimni qidiramiz, Fe’l kesimni so’rasa ot kesimni qidiramiz. Sodda va murakkab ot kesim Sodda va murakkab fe’l kesim –degan mavzularimiz ham bor! Qatra qoidalar: a) Edi ( ekan.. ) –to’liqsiz fe’llar sifatdosh, ravishdoshdan keyin kelsa –murakkab fe’l kesimni shakllantiradi. M: U kecha kelgan edi ( murakkab fe’l kesim ) Boshqa so’z turkumlari bilan kelsa: U kecha yo’q edi. Uyimizning ro’parasi bog’ edi. ( murakkab ot kesim ) Sodda va murakkab kesimning farqi sodda ot kesim yoki murakkab ot kesim bitta so’zdan iborat bo’ladi, Murakkab kesimlar esa ikki yoki uch so’zdan iborat bo’ladi. b) Harakat nomi + kerak, zarur -ushbu qoida murakkab ot kesimni hosil qiladigan faol juftlik. 17 Bunday qolipdagi gaplarda shaxs noma’lum bo’ladi. O’qish kerak! Agar egalik qo’shimchasi qo’shilsa shaxs ma’lum ham bo’ladi: O’qishing kerak, o’qishim kerak …. Harakat nomi + kerak –qolipidagi gaplardan, dangasa va negativ fikrlovchi insonlar ko’p foydalanadi. Bunday qilish kerak! Unday qilish kerak! --Bir tanishim bor, u kishi bilan kamroq suhbat qurishga harakat qilaman, sababi –negativ gaplari bilan –hayotga qiziqishingizni so’ndiradi, o’zingizga bo’lgan ishonchni kuchsizlantiradi. Osmonda yursangiz tapillatib yerga tushiradi. Iloji boricha suhbat davomida bunga yo’l qo’ymaslikka harakat qilaman, qanday qilib. Maqtanish yo’li bilan. Sen o’qib nima bo’lding o’g’lim faloncha topyapti deydi. -Men ham faloncha topyapman deyman u kishi aytgan narxning 3-4 barobarini aytib. Shu yerda pastga urish pasayadi. Agar sizni ham kimdir pastga urmoqchi bo’lsa, bo’sh kelmang! O’zingizdagi bor bilim bilan o’ziga hujum qiling! Hech kim mukammal emas, o’zingizni pastga urishlariga yo’l qo’ymang! Sizni pastga urmoqchi bo’lganlarga, uning o’zi sizdan ancha pastda turishini eslatib qo’ying! c) I shaxs Men o’qituvchiman –ot kesim I shaxs Men o’qiyapman –fe’l kesim II shaxs Sen o’qituvchisan –ot kesim II shaxs Sen o’qiyapsan –fe’l kesim. -man, -san qo’shimchalari faqat ot kesim tarkibida kelmaydi. Shaxs son qo’shimchasi bo’lganda, fe’llarga qo’shilganda –fe’l kesim deb qaraymiz! d) Bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq –so’zlari ham bog’lamalar bo’lib OT KESIMni shakllantirishda qo’llanadi. Lekin o’zining ma’nosida kelganda, MURAKKAB OT KESIM emas, SODDA FE’L KESIM bo’lib keladi. M: Bu juda muhim qoida hisoblanadi. ( qoida hisoblanadi – murakkab ot kesim ) Do’konda pullar har kuni kechqurun hisoblanadi ( hisoblanadi –sodda fe’l kesim ) EGA Kesimni topishni o’rgandik. Ega va kesim bosh bo’laklar. Kesim –otasi; ega –onasi, ikkinchi darajali bo’laklar bolalari.. I Egani toping. Muhayyo, Surayyo, Ra’no, Muqaddas Ko’zimni yashnatib kiyibsiz atlas. --Muhayyo, Surayyo ---yo’q! --atlas –yoo’q! Unda ega qani? Ega ushbu gapda ifodalanmagan! 18 Bunday testlarni qiynalmasdan ishlash uchun, 1) EGA ga o’xshagan sintaktik birlik-UNDALMA ni tanib olishimiz kerak; 2) Hamma gapda ham ega qatnashavermaydi, Egasiz gaplarni ham bilib olmasak, testlarda to’g’ri javobni topishga qiynalamiz! Shaxsi ma’lum gap, shaxsi noma’lum gap degan mavzularni ham o’rganib olishimiz kerak! Kesimning turlari bor: Ot kesim, Fe’l kesim Aniqlovchining turlari bor: Qaratqich aniqlovchi, Sifatlovchi aniqlovchi, Izohlovchi To’ldiruvchining ham turlari bor: Vositali to’ldiruvchi, Vositasiz to’ldiruvchi Holning ham turlari bor: O’rin holi, payt holi, maqsad holi, sabab holi, ravish holi …. Xayriyat, Eganing turlari yo’q! Egani toping yoki, Ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan –degan shartlarni uddalasak bo’ldi. Lekin shu EGANI toping, degan testni ishlash uchun yana qaytarib aytaman bizga quyidagi mavzular +albatta o’rganislishi kerak. 1 Undalma 2 Shaxsi ma’lum gap 2 Shaxsi umumlashgan gap 3 Shaxsi noma’lum gap 4 Atov gap 5 So’z gap Ularning har biriga alohida to’xtalamiz, hozir esa EGA haqida gaplashaylik. Assalom-u laykum! Ega quyidagi so’roqlarga javob bo’ladi: 1 kim? , kimi? , kimlar? , kimlari? 2 nima? , nimasi? , nimalar? , nimalari? 3 qayer? ,qayeri? , qayerlar? , qayerlari? Maktabda bizga: kim? Nima? qayer? o’rgatilgan. Testlarda esa –egalik qo’shimchasini olgan bosh kelishikdagi so’z misol qilib beriladi. Ko’pincha-de! M: Valining onasi uzoq duo qildi. Shu gapni sinf doskasiga yozsangiz,va so’rasangiz o’quvchilar quyidagicha javob beradi? Egani toping 1 Valining – deydigan o’quvchilar ongida –ega har doim faqat –ot so’z turkumi bilan ifodalanadi –degan qarash saqlanaib qolgan. Ular uchun fe’l doim –kesim, sifat doim – aniqlovchi –bo’lib keladi. Boshlang’ich ustozlari shunday o’rgatgan. 2 duo –deb javob beradiganlari 6-sinfda qo’shma fe’l mavzusini o’rganishmagan ko’rinadi. Ular -EGA –deyilganda –faqat bosh kelishikdagi so’zni tushunishadi. Ega bosh kelishikda bo’ladi lekin uni qo’shma fe’llardan va boshqa narsalardan farqlash kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling