Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!
Quyida berilgan gapning egasi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
SINTAKSIS KITOB
Quyida berilgan gapning egasi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tyanshan, o’zbegim. A) Pomiru, Tyanshan B) Tengdosh C) Senga D) O’zbegim Sher’ni gapga aylantirib olamiz, bilamizlki sher’larda ko’pincha –gapning oxirida kelishi kerak bo’lgan KESIM gap boshiga turib oladi. Pomir –u Oqsoch Tyanshan senga tengdosh. Nimemish? Nimekan? Egani qidirganda mashhur “Chinor ostidagi duel “ filmidagi? Nima deyapti? 22 -Otamni uylantiraman –deydi parchasini eslang! -EGA –kengaygan birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Odatda ayollarga erkaklarning quyidagi hatti -harakatlari yoqmaydi. Kunda ichib kelishi, Ishlamasdan uyda yotaverishi, Telefondan bosh ko’tarmasligi, Xotin –qizlarga suyagi yo’qligi, Bo’lar bo’lmasga g’azab qilaverishi, Zoti pastsan deb haqorat qilishi Mana shu misollar kengaygan birikma bilan ifodalangan egalar. Erimning kunda ichib kelishi yoqmaydi. Nima yoqmaydi? Erimning kunda ichib kelishi Odatda xotinlarining quyidagi sifatlari erlariga yoqmaydi. Bolalarga bo’lar –bo’lmasga baqirishi; Uylarni tartibsiz holda qoldirishi; Idish tovoqlarning vaqtida yuvilmasligi; Tinimsiz muammolardan gapirishi … Boshqalarni bilmadim lekin, ayolimning menga ‘Nima ovqat qilay? –deb so’rashi yoqmaydi. Mening fikrimcha, Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar “, Ahmad Lutfi Qozonchining “O’gay ona “, R Thokurning “ Halokat “ degan romanlarini har bir turmushga chiqayotgan qiz o’qigan bo’lishi shart. Ana o’shanda ishoning ajralishlar keskin pasayadi, dorixonalarga murojaat ham, jinoyatlar ham! Kumushdagi ( “O’tkan kunlar “ ) - nazokat; ,Fotimadagi (“O’gay ona “ ) - iymon; ,Kamoladagi (“Halokat “) - farosat – uchtasi birda! Agar qizingiz bo’lsa mana shu uch kitobni, albatta o’qiting! O’zingiz ham o’qisangiz ziyon qilmaydi. 23 UNDALMA Biz so’zlovchimiz. Doim kimgadir gapiramiz, yonimizda hech kim bo’lmasa o’zimizga o’zimiz gapiramiz! Mana shu nutq qaratilgan so’z gapda UNDALMA deyiladi! Adabiyotda ona tili mavzulari bilan bog’liq badiiy san’atlar bor: Antonimlar –tazod Omonimlar- tajnis Sinonimlar – tanosub Metafora- Tashbeh Undalma –Nido san’ati Undalmalar mavzusidan nimalarni bilishimiz kerak: 1 Undalmani toping, undalma –qaysi so’z turkumi bilan ifodalanagan? 2 Ham undalma, ham ega qatnashgan gapni toping. 3 Undalma qachon subyektiv ma’no ifodalaydi? 4 Uyushgan va uyushmagan undalma.. 5 Yig’iq va yoyiq undalma.. Shu besh shartni bajarishni o’rganib olsak, har qayerda undalmaga oid test uchrsa xursandlik bilan kutib oladigan bo’lamiz! UNDALMA -1 I Undalmalarning gapdagi o’rni erkindir, istasa gaponing boshida keladi, isatsa gap o’rtasida, istasa gapning oxirida keladi. Undalmalarni topishni oson qilgan omillardan biri bu vergul, ) qo’llanishi. Undalma, ,Undalma, ,Undalma Undalma gapning boshida kelsa undan keyin, gap o’rtasida kelsa har ikki tomonidan, gap oxirida kelsa undan oldin vergul ishlatiladi. Undalma –Ega ga o’xshaydi, sababi har ikkalasi ham –bosh kelishikda bo’ladi. Ustozlar, tayyorgarlkini kuchaytiringlar! ( undalma ) Ustozlar tayyorgarllikni kuchaytirdilar. (Ega ) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling