1
HAMID Qurbonboyev
Sintaksisni qanday o’rganamiz!
Har yili Oliy majlisda yalpi majlis o’tkazilib, xalq manfaatlari uchun reja qilishadi:
Ta’limga buncha ajratmiz, tibbiyotga buncha ajratamiz, yo’l
qurilishga buncha ajratamiz
deb!
Keling biz ham bir oy mobaynida SINTAKSIS ni o’rganish uchun mavzularni taqsimoq
qilib chiqsak!
Bizda 4 hafta bor:
1 –hafta: So’z birikmasi.
So’z birikmasi eng asosiy mavzu!
Moslashuv, bitishuv, boshqaruvli birikma; otli va
fe’lli birikma –bu mavzularni o’zlashtirish MORFOLOGIYA
da olgan bilimingizga
bog’liq! Lekin So’z birikmalari tarkibidagi, holli birikma, to’ldiruvchili birikma,
aniqlovchili birikma degan mavzularni
tushunishga biroz qiynalasiz, sababi hali gap
bo’laklarini mukammal o’rganmadik! SBM –so’z birikmasi miqdorini toping –degan
testlar ham sizni cho’chitadi, chunki SBM ni
aniq topish uchun, egali va egasiz gaplar,
uyushiq bo’laklar kabi mavzularni bilish talab etiladi.
Nima
qilaylik, so’z birikmasini tashlab oldin gap bo’laklarini o’rganib olaylikmi?
So’z birikmalarini bilmay turib gap bo’laklarini o’rgana olmaymiz! Xullas, kasha!
Darrov kashani aybdor qilmaymiz –da sekin asta o’rgana boshlaymiz. To’xtamaymiz!
2-Hafta:
Gap bo’laklari:
Kesim, Ega, Aniqlovchi, Hol, To’ldiruvchi
3-Hafta:
Egali va egasiz gaplar. Atov gap, Undalma, Kiritma
4-Hafta:
Ajratilgan bo’lak, Uyushiq bo’lak
Ko’rsatmalarimga amal qilsangiz Sintaksisni oson o’rganasiz, oson o’rgatasiz!
Pullik kanalga obunachilarni jalb qilib beringlar! Qancha ko’p obunachi bo’lsa, shuncha
ko’p sifatli ma’lumot va testlar bo’ladi. O’zingiz uchun yaxshi ko’rgan
narsani boshqalar
bilan ham ulashish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Harakat qilib ko’ring!