Ritorik so’roq gap
Ona tili bo’limlari bir biriga ishora qilib boradi. LEKSIKOLOGIYA –sizni
MORFOLOGIYA
ga tayyorlasa, MORFOLOGIYA sizni SINTAKSIS ga
yo’naltiradi. SINTAKSIS esa USLUBIYAT ga..
BADIIY USLUB da ko’p qo’llanadigan RITORIK SO’ROQ GAP haqida
gaplashamiz!
R.S gaplarda tinglovchidan javob talab qilinmaydi.
-R.S gaplar zamirida yashirin tasdiq yoki inkor ma’nolari yotadi.
-Ritorik so’roq gaplar tinch ohang bilan aytilsa gap oxiriga so’roq belgisi
emas nuqta
qo’yiladi.
Ibn Sino bemorlarning kasalini tomirini ushlab bilganidek, siz
ham RS gaplarni
KESIMIga qarab tez va oson aniqlashingiz mumkin!
!Testlarda yashirin tasdiq yoki yashirin inkorni toping deydi. Bu nima degani?
M: Onani kim sevmaydi? –gapi RS
So’roq gapga razm solamiz, javob berib ko’ramiz, nima demoqchiligini aniqlashimiz
kerak:
-Onani hamma sevadi -Sevadi –demak ushbu gap yashirin tasdiqda ekan!
53
Har safar so’roq gapni darak gapga aylantirish uchun kamida uni o’qib chiqish kerak!
Yana 4 ta variantdagi 4 ta gapni.
Shuning uchun yashirin tasdiq yoki yashirin inkor so’ralgan gaplarni topishning oson yo’li
quyidagicha:
“Oq choynakka ko’k qopqoq, ko’k choynakka oq qopqoq “
+ =- (plus bo’lsa minus );
-=+ (minus bo’lsa plus )
Vaqt ketkazmaymiz gapni o’qib ham yotmaymiz, gapning kesimiga qaraymiz:
1 Gapning kesimi bo’lishsiz fe’l
,(yoki yo’q so’zi) bo’lsa
YASHIRIN TASDIQ;
2 Gapning kesimi bo’lishli fe’l, (yoki, bor so’zi ) bo’lsa YASHIRIN INKOR.
Masalan:
1.Onani kim sevmaydi?
(inkor)_7._Sut_ko’r_qilgur_haromi_Gitler_oqpadar,_farzandning_qadrini_qayerdan_bilsin_(inkor)'>(tasdiq)
2.Bepoyon go’zal Vatanimizda nimalar
yoq (tasdiq)
3.O’zingdan chiqqan bolaga, qayga
borasan da’voga
.(inkor)
4.Kattalarning o’rnini kichiklar olmasa,
dunyoda odamlar yasharmidi? (ikor)
5.Odamning hayoti tug’ilishidan boshlanishini kim bilmaydi?
(tasdiq)
6. Qanday chidayman bu tuhmatga?
(inkor)
7. Sut ko’r qilgur haromi Gitler oqpadar, farzandning
qadrini qayerdan bilsin (inkor)
8. Aslida bu kibrlanish o’z-o’zini ko’z-ko’z qilish emasmi?
(tasdiq)
9.Ammo bita nomarddan keyin beshta mardning uchrashi buyuk topilma emasmi?(tasdiq)
10.Xo’sh uning ketidan hayot to’xtab qolarmidi?
(inkor)
11.O’qishga kirolmasa shu ham fojiami?
(inkor)
12. Nomard qanday be’ma’ni gaplarni aytmaydi?
(tasdiq)
13.Musofirlik azobini chekmagan kishi vatandagi hayotning qadrini qanday anglasin?
(inkor)
14.Safar qilmagan kishi orom olish farog’atini qanday bilsin?
(inkor)
15. To’qlikka sho’xlikni juqayam oshirib yubormayapsizmi?
(tasdiq)
16.Shunday go’zal vatan bormi dunyoda?
(inkor)
17. Suv dehqonlar uchun durday noyob ekanini kim bilmaydi?
(tasdiq)