Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/35
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1535970
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
SINTAKSIS KITOB

 
Kirish gaplarning ikki xili bor: qavs va tire bilan ajratilib qo’yiladigani, va bitta so’z ( u, 
albatta kesim bo’lishi kerak ) bilan ifodalangani.  
  
M: U birinchi semestrni “a’lo” bilan tugatdi (imtihon bittagina edi. sinovlarga esa baho 
qo’yilmaydi) chetdan qaraganda hammasi yashi boryapti
Mirzakarimbor boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko’radi) ba’zi 
vaqt ichida fahrlanardi 
Bundan tashqari, aytaymi, eslayman, men sizga aytsam –kabi kirish so’z va kirish 
birikmaga o’xshagan misollarni ham KIRISH GAP ga olamiz.
Nega? Savol beraman, ha yoki yo’q –deb javob bering.
-Kesim gapning markazimi?
–Ha
.Kesim yolg’iz o’zi ham gap bo’lib kelishi mumkinmi?
–Ha
Demak, bitta so’zdan iborat bo’lsa ham kesim bo’lishi mumkin, Bundan kelib chiqadiki, 
bitta so’z ham ( agar u kesim bo’lsa ) KIRISH GAP bo’la oladi.
Boshqa savolim yo’q, janob sudya!
M: Men sizga aytsam, bizni ham, shukurki, qo’llab turishibdi. 
U yog’ini so’rasang, aytaymi, dars tayyorlamaganman.
Sezdingizmi,  
 Kirish gaplar, kichik  harf bilan boshlanar ekan!
Yana, kiritma gap oxiriga nuqta qo‘yilmas ekan!
Ko‘pincha qavs, ba’zan tire bilan ajratilar ekan!
KIRITMALAR AJRATILGAN BO’LAKLARga juda o’xshaydi.
Ajratilgan bo’laklar:
1 Ajratilgan to’ldiruvchi
2 Ajratilgan ega
3 Ajratilgan hol ( eng faoli )
4 Ajratilgan kesim
5 Ajratilgan aniqlovchi
Keyingi mavzuimiz: AJRATILGAN BO’LAKLAR..


47 
AJRATILGAN BO’LAKLAR 
Ajratilgan bo’laklar –ona tilining
USLUBIYAT, ORFOEPIYA, PUNKTUATSIYA SINTAKSIS –bo’limlari o’rganadigan 
muhim mavzulardan biri.
Biz hozir SINTAKSIS tarafidangina o’rganamiz.
Shunda ishimiz ozonlashadi, agar qolgan bo’limlarini ham AJRATILGAN 
BO’LAKLAR mavzusiga aloqador joylarini o’rganamiz desak, ko’p vaqt ketadi.
Ayniqsa teatr aktyorlari –AJRATILGAN BO’LAK – gapning qaysi o’rnida kelsa, ovoz 
balandlatishni, gapning qaysi o’rnida kelsa pastlatishni juda yaxshi o’rganishadi.
Ajratilgan bo’lak, UYUSHIQ BO’LAK VA QO’SHMA GAP ga o’xshab ketadi.
-Ajratilgan bo’lak – gap bo’lagining ma’nosini bo’rttiradi, qo’shimcha ma’no beradi ---
UYUSHIQ BO’LAK unday qila olmaydi, uyushiq bo’lakda sanash ohangi bo’ladi.
Gap bo’laklarining ajratish usullari sharoitga qarab bo’ladi:
1 Gap tarkibidagi so’zlarning tartibini o’zgartirish bilan; bu bilan diqqat jalb qilinadi.
Aniqlovchidan keyin aniqlanmish kelishi, ravish holidan keyin fe’l kesim kelishi –tabiiy 
hol; Endi shularning o’rnini almashtirsa, qanday bo’ladi. Diqqat jalb qilinadi; Ajratiladi. 
Ulardan biri –sersaqol, rangpar va oriq – o’z mantiqining kuchini ko’rstaishga tirishar 
edi.
Har qachon inversiyaga uchrasa, gap bo’lagining o’rni almashsa, bu degani –ajratilgan 
bo’lak –degani emas.
Masalan: Dengiz tariixdan so’ylar hikoya. ( bunda hech qanday gap bo’lagi ajratilmagan 
)
2 Gap bo’laklari o’zidan oldin kelgan bo’lakni izohlab kelish yo’li bilan ajratilishi 
mumkin.
Allaqayoqda, uzoqdan, onaning muloyim ovozi keldi.
Kalit so’zlar: ayniqsa, ya’ni, masalan, xususan, jumladan kabi so’zlar.
Gap bo’lagini ajratish, so’zlovchiga bog’liq. Muallif gapirayotgan nutqining qaysi qismini 
bo’rttirib gapirmoqchi bo’lsa, ajratilgan bo’laklardan foydalanadi.
Demak,ajratilgan bo’lak, gapning tartibini o’zgartirish, yoki, ko’rinishidan uyushiq 
bo’lakka o’xhsa-da, lekin uyushiq bo’lakdan farqli ravishda -uni ikkinchi marta boshqacha 
nom bilan nomlab qaytarish, yoki sal boshqacharoq qilib izohlab qaytarish yordamida 
ajratilar ekan.
Asosan 2 –darajali bo’laklar ajratiladi.
1 Ajratilgan to’ldiruvchi
2 Ajratilgan aniqlovchi
3 Ajratilgan izohlovchi
4 Ajratilgan hol


48 
Testlarda ajratilgan ega va ajratilgan kesimga ham misollar berilgan. Demak, hamma gap 
bo’lagi ajratilishi mumkin. Ajratilgan bo’lak qaysi gap bo’lagining so’rog’iga javob 
bo’lsa, o’sha gap bo’lagining nomi bilan yurtiladi.
Biz sizlar bilan UNDALMAni, KIRISH so’zni, KIRISH gapni, ATOV gapni oson 
topamiz. AJRATILGAN BO’LAK ham shunday oson topiladi. Ko’zga tashlanib turadi, 
chunki o’z nomi bilan, ajralib turadi. Ajratilgan bo’lak doim ikkinchi keladi;
Vergul, tire –yordamida.
Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko’p Kimda? –ajratilgan to’ldirivchi.
Uning, Halimning ukasining, qiziqarli kitoblari ko’p.
Kimning? - ajratilgan aniqlovchi
U bilan, Halimning ukasi bilan Samarqandga bordik.
Kim bilan? –ajratilgan to’ldiruvchi.
Xullas,qo’llanma kitobni qo’lingizga olib o’qisangiz –AJRATILGAN bo’lak mavzusini 
mustaqil o’qib tushunib bo’lmaydimikan degan xulosaga kelasiz. Chunki dars avvalida 
aytganimizdek, bu mavzu PUNKTUATSIYA –uchun ham muhim mavzu hisoblanadi.
Tinish belgilariga oida joyini tashlab ketsak, AJRATILGAN bo’lak mavzusi ham 
o’zimizning UNDALMAlarga o’xshagan beozorgina mavzu ekanligi ochiqlanadi.
Ajratilgan aniqlovchi ( hol, to’ldiruvchi, izohlovchi ) ni toping.
Yoki biror misol berilib, Qaysi gap bo’lagi ajratilgan degan savollarni ishlashni bilib 
olsangiz, o’rni kelganda AJRATILGAN bo’laklarda tinish belgisining ishlatilishini ham 
o’rganib chiqamiz!

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling