Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!
SO'Z BIRIKMASIGA O'XSHASH
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
SINTAKSIS KITOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test 1 So’z birikmasini toping.
SO'Z BIRIKMASIGA O'XSHASH
BIRLIKLAR Eng avvalo so’z birikmasini so’z birikmasiga o’xshagan quyidagi birliklardan farqini tushunib olish kerak Bular: 1 So’z qo’shilmasi ( so’z birikmasidan farqli ravshda teng bog’lovchilar bilan bog’lanadi: olma va o’rik, kecha-yu kunduz, kecha va kunduz, o’qidi lekin yozmadi 2 Ibora: Iboralar ba’zan ikkita so’zdan tashkil topishi bilan so’z birikmasiga o’xshaydi M: dam oldi, kata ketdi kabi Lekin iborada so’zlar ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan so’z birikmasidan ajraluib turadi: o’zidan ketdi (ibora-o’zidan ketib bo’lmaydi ), uydan ketdi –so’z birikmasi 3 Qo’shma so’z- Markaziy Osiyo, har kim, hech kim, sotib oldi, Qo’shma so’z bitta so’roqqa javob bo’ladi. So’z birikmasi esa ikkita so’roqqa javob bo’ladi. Qizilishton daraxt qurtlarini yeydi. (qo’shma so’z ) Masxaraboz qizil ishton kiyib olgan edi. ( so’z birikmasi ) 3 Gap: Gap ham 2 ta so’zdan tashkil iborat bo’lib qolganda. So’z birikmasiga o’xshab qoladi. Ko’pincha 95 foiz holatda so’z birikmasi darhaqiqat ikkita so’zdan tashkil topadi Bu degani 2 ta so’z kelsa bu har doim so’z bikmasi bo’ladi degani emas. Eng muhim farqi gapda tugallangan fikr va shakllangan kesim bor, so’z birikmasida esa fikr tugallangan bo’lmaydi, kesim shakllangan bo’lmnydi Kitobni o’qidim, Kitobni o’qiding –bular gap Kitobni o’qimoq, kitobga qaramoq –so’z birikmasi Yana eng adashtiradigan joyi –Berilgan gapda so’z birikmasi miqdorini toping degan savollarda –so’z birikmalar miqdorini teskari tomondan sanaladi ya’ni kitobni o’qidim ham so’z birikmasiga olinadi.. Bu faqat quyidagicha bir darajali testlar uchun Test 1 So’z birikmasini toping. A) ko’ngli ochiq --olmaymiz, chunki bu ibora B) daftar va kitob –olmaymiz chunki bu so’z qo’shilmasi C) uyga qaytib --so’z birikmasi D) Uyga qaytdim -olmaymiz, chunki bu gap 5 Ona tili fani aniq fan emas. Nima uchun chunki qoidalarga ko’pda amal qilinmaydi, ya’ni istisno holatlar ko’p uchraydi. Bu xuddi semichkani maza qilib chaqib o’tirsangiz ichidan bitta bemazasi chiqib qolganga o’xshaydi. Va yana semichka chaqishda davom etasiz … Shunday bo’lsa ham shunday qoidalar borki, ular doim ishlaydi, ularda istisno holatlar yo’q. Ana shunday qoidalardan biri “ So’z birikmasi har doim kamida ikkita mustaqil so’zdan tashkil topishi shart. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling