"Hamkor trans" M. Ch. J tashkil etilish tarixi va faoliyat yo’nalishi


Asosiy qism “Hamkor trans” M.CH.J tashkil etilish tarixi va faoliyat yo’nalishi


Download 41.25 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi41.25 Kb.
#1028169
1   2   3   4   5
Bog'liq
hisobot1

Asosiy qism

  1. Hamkor trans” M.CH.J tashkil etilish tarixi va faoliyat yo’nalishi


2. “Shon- shuxrat Invest” M.CH.J da buxgalteriya xizmatini tashkil etilish xolati va uning bo’limlari
O’zbekistan Respublikasi qonunchiligiga binoan korxonalarga mustaqil tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish huquqi berilgan. Korxonadagi to’g’ri yo’lga qo’yilgan va yaxshi tashkil etilgan buxgalteriya hisobi – bu birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan asoslangan holda qabul qilingan boshqaruv qarorlarini qo’llab-quvvatlash, shuningdek moliyaviy tavakkalchiliklarning ishonchli qalqoni. Biroq, amaliyot shundan dalolat bermoqdaki, ko’plab korxonalar bugungi kunda buxgalteriya hisobini yuritish sohasida muammolarni boshlaridan kechirmoqdalar. Bunday muammolar shtatlar tarkibida aynan hisobot hamda hisob-kitoblar va soliq to’lash uslubiyati masalalari bilan shug’illanadigan tizimi mavjud bo’lgan yirik tashkilotlardan tashqari barcha turdagi korxonalarda ko’zga tashlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra1 korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etishni va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi.
Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya sub’ekti ham kiradigan xo’jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo’limiga yuklash;
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart:
ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini;
buxgalteriya hisobi to’liq va aniq yuritilishini;
hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini;
tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini;
soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini;
hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishini.
Xususan men malakaviy amaliyot o’tagan “Hamkor invest” M.CH.J ham buxgalteriya xizmati “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq korxona raxbari G`ayrat Teshaboyev tomonidan tashkil etilgan.
Ma’lumki, korxona xo’jalik faoliyati quyidagi uzluksiz o’zaro bog’lik xo’jalik jarayonlaridan iborat: pulning ishlab chiqarish mablag’lariga aylanishi (ta’minot), mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish) va tayyor mahsulot (ishlar yoki xizmatlar) sotish. Bu jarayonlar ishchilar, asosiy va aylanma mablag’lar yordamida bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi mumkin. Demak, buxgalteriya hisobining asosiy ob’ekti bo’lib asosiy va aylanma mablag’larning harakati, xodimlarning mehnati va unga hak; to’lash, hisob-kredit munosabatlari, ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat) larning chiqishi va ularning tannarxi, xo’jalik faoliyatining natijalari hisoblanadi
Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari xo’jalik yurituvchi barcha sub’ektlarda, ularning faoliyat turi va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish, shuningdek uni yanada takomillashtirishga talab oshib bormoqda.
O’zbekiston xududida buxgalteriya xisobi va hisobotining tashkiliy-uslubiy asosini dastlab 1996 yil 30 avgustda, keyin 2016 yil 13 aprelda yangi tahrirda qabul kilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chikarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schetlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli 21-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti va boshqa buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMA) tashkil etadi. Bu me’yoriy xujjatlar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning umumiy koidalarini belgilaydi va kimning qaramog’ida bo’lishi, mulk shakllari va faoliyat turlaridan, qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlarga tegishlidir. SH u bilan birga korxonalar bu me’yoriy hujjatlarga asoslanib xo’jalik yuritishning tashkiliy-huqukiy shakllari, tarmoq xususiyatlari va faoliyat xarakterlari, xodimlar malakasi va boiщa vazifalarni inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi va nazoratni tashkil etish usullarini uzlari mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunday mustakillik korxona kelgusi hisobot yili uchun o’z hisob siyosatini ishlab chiqishda albatta amalga oshiriladi. Bu hisob siyosatida moddiy qiymatliklarni tayyorlash, sotib olish va baholash koidalari va tartibi, buyumlarni asosiy vositalar va arzon va tez eskiruvchi buyumlarga kiritish mezoni, ularning eskirishi, tayyor mahsulotlarni baholash va sotish tartibi, buxgalteriya hisobini ishchi schetlar rejasini ishlab chiqish va boshqalar belgilanadi. Navbatdagi hisobot yili uchun ishlab chiqilgan hisob siyosati korxona raxbari tomonidan tasdiklangandan so’ng yuridik hujjat statusiga ega bo’ladi. Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida xisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni tuzishni ta’minlashi zarur.
Buxgalteriya apparati, odatda, quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
1. Material bo’limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklarni, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni, materiallarni saklash va foydalanish joylari bo’yicha kirimi va sarflanishini hisobi yuritiladi. Uncha katta bo’lmagan korxonalarning bu bo’limida asosiy vositalar, arzon va tez eskiruvchi buyumlar va tayyor mahsulotlar hisobi xam yuritiladi. Yirik korxonalarda bu uchastkaning ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun maxsus bo’lim tashkil etiladi;

Download 41.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling