"Hamkor trans" M. Ch. J tashkil etilish tarixi va faoliyat yo’nalishi
Download 41.25 Kb.
|
hisobot1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ishlab chikarish- kalьkulyatsiya bo’limi
- 4. Umumiy bo’lim.
2.Hisoblashish bo’limi. Bu yerda dastlabki xujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va undan ushlanmalar bo’yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi. Bu ushlanmalargi misol qilib davlat byudjetiga daromad solig’i, ijtimoiy soliq, xodimning arizasiga ko’ra bank kreditini so’ndirish uchun, OTMlarga o’zi yoki farzandi yohud yaqin qarindoshini to’lov kontrakti uchun o’tkazmalar, sud yoki MIBni talabi bo’yicha jarima yoki aliment uchun ajratmalar kiradi
3. Ishlab chikarish- kalьkulyatsiya bo’limi. Bu bo’limda barcha turdagi ishlab chikarishga kilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ishlab chiqarilgan maxsulotlarning haqiqiy tannarxi aniklanadi va xisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi; 4. Umumiy bo’lim. Bu bo’limda yuqorida sanab o’tilgan bo’limlarda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, Bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi. Yirik korxonalarda moliyaviy bulim ajratilib, unda pul mablaglari, korxona va ayrim shaxslar bilan hisob - kitoblar hisobi yuritiladi. Buxgalteriya korxonaning barcha ishlab chiqarish bo’linma (tseh bo’lim)lari bilan bevosita munosabatda bo’ladi. Buxgalteriya xizmati barcha bo’limlardan buxgalteriya hisobini yuritish uchun tegishli ma’lumotlar oladi, chunonchi: kadrlar bo’limidan- ishga qabul kilinganligi, ishdan bo’shatilganligi, ta’tilga chikqanligi, korxona ichida bir joydan ikkinchi joyga o’tkazilganligi to’g’risida shaxslar ro’yxati (buyruq)ni oladi; omborlardan - tovar-material qiymatliklarni xarakati (kirim, chiqim, bir joydan ikkinchi joyga utkazilishi) tugrisida ^ujjatlarni oladi; tsexlardan — ayrim xujalik muomalalari (mahsulotni ishlab chiqarish va sh. k.) bo’yicha hujjatlar, xarajatlar bo’yicha ishlab chikarish hisoboti va boshqalarni oladi; bosh mexanikdan - asbob-uskunalarni harakati va ularni ta’miri tugrisida, avtotransport ishlari va boshqalar tugrisida hujjatlarni oladi; reja bo’limidan - korxonaning barcha faoliyati buyicha tasdiklangan reja ko’rsatkichlari (daromad va xarajatlar smetasi)ni oladi; - mehnat va ish xaqi bo’limidan - aloxida kategoriya ishlovchilariga haq to’lash va mukofatlash, stavkalar, okladlar, shtatlarni o’zgarishi to’g’risida ma’lumotlarni oladi. «Buxgalteriya hisobi tugrisida» gi Qonun O’zbekiston Respublikasi xududida ham undan tashqarida joylashgan barcha O’zbekiston Respublikasida ruyxatdan utgan davlat organlari va boshqarmalari, yuridik shaxslar, ularning sho’ba korxonalari, filiallari, vakilliklari va boshqa strukturaviy bo’linmalari buxgalteriya hisobining sub’ektlari ekanligini belgilaydi. Buxgalteriya xisobining maksadi foydalanuvchilarni to’liq, ishonarli, o’z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Bu maqsadga muvaffaqiyatli erishish uchun buxgalteriya xisobi kuyidagi vazifalarni xal etishi kerak: - buxgalteriya hisobi schetlarida aktivlar holati va xarakati, mulkiy huquk va majburiyatlar holati tugrisida tuliq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish; - samarali botsщarish maksadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; - moliyaviy, solik va boshka hisobotlarni tuzish. Ho`jalik yurituvchi sub'yektlarda yuritilayotgan hisob siyosati o`ziga xos prinsiplarga amal qilmog`i kerak. O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining (BHMS) birinchi sonida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning prinsiplari sifatida quyidagilar keltirilgan: - ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; - uzluksizlik; - xo`jalik muammolari, aktivlar va passivlarni baholash; - ishonchlilik; - ehtiyotkorlik; - mazmunning shakldan ustunligi; - ko`rsatkichlarning qiyosiyligi; - moliyaviy hisobotning betarafligi; - aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; - hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi; - tushunarlilik; - ahamiyatlilik; - muhimlilik; - haqqoniy xolis taqdim etish; - tugatilganlik; - izchillik; - o`z vaqtidalik; - offseting (moddalarning o`zaro qoplanishi); - xolislik. Yuqoridagi prinsiplarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy xo`jalik faoliyati haqida to`liq, tushunarli ma'lumot olishni va tegishli xulosalar chiqarishni ta'minlaydi. Download 41.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling