Shu munosabat bilan balansga bo‘lgan munosabatiga qarab schotlar ikki guruhga bo‘linadi: balansli va balansdan tashqari schotlar.
Balansli schotlarga korxonaning to‘la ixtiyorida bo‘lgan mablag‘lar holati va foydalanilishi hisobga olinadigan schotlar kiradi. Ularni bir birovlari bilan bog‘liqligi o‘zaro (korrespondensiyalanishi) birlashtiradi.
Balansdan tashqari schotlar nafaqat boshqa (balansli) schotlar bilan, balki o‘zaro ham korrespondensiyada bo‘lmaydi. Ular hisobning oddiy tizimi deb nomlangan tartibi bo‘yicha yuritiladi. Balansdan tashqaridagi schotlar bo‘yicha barcha muomalalar bir schotning debeti va boshqa schotning kreditida ikkiyoqlama yozuv bilan emas, balki bir tomonlama yozuv bilan schotning kirimi va chiqimi yoziladi.
Ikki juft schot o‘rnida bitta balansdan tashqaridagi schotni kiritish uning maqsadi va tuzilishining o‘zgartirishga olib keladi, hisob yozuvlarining sonini qisqartiradi, buxgalteriya hisobining texnikasini soddalashtiradi va shu bilan birga uning nazorat xususiyatini hamda hisob ma’lumotlarini yaqqolligini saqlab qoladi.
Men malakaviy amaliyot o`tagan korxonada ham buxgalter vazifasini bajaruvchi A.To`lanov “Asosiy vositalarni hisobga olish uchun”-01xx schotlardan
Ya`ni :
0110 schotdan “Avtomobillarga Yoqilgì Quyish shaxobchsini yer maydoni”ni;
0120 schotdan “Kassa, Buxgalteriya, Omborxona Binolari”ni;
0130 schotdan “Yoqilgì quyish uskunalari”ni;
0210; 0220 va 0230 schotlaridan yuqoridan sanab o`tilgan buyumlari eskirishini hisoblash uchun foydalanadi.
Bundan tashqari korhonada 8 ta hodim ishlaydigan bo`lib ularga oylik maosh hisoblash uchun 6710 schotidan foyalanadi.
Davlatga soliqlarini to`lash uchun esa 6410 schotni ishlatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |