Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA O‘ZBEK TILINING IJTIMOIY XIZMATLARI SOCIAL SERVICES OF THE UZBEK LANGUAGE IN THE REPUBLIC OF GORAKHPUR
Ədəbiyyat:
1. Dəmirçizadə Ə. “Kitabi-Dədə Qorqud” dastanlarının dili. Bakı, 1959. 2. Dilçilik ensiklopediyası. II cild. Bakı, 2005. 3. Kitabi-Dədə Qorqud. Bakı, 2004. 4. Koroğlu. Bakı, 2005. 5. Məhərrəmova R. Sabirin satirik şeirlərinin leksikası. Bakı, 1968. 6. Verdiyeva Z. Azərbaycan dilində leksik sinonimlik. Bakı, 1988. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA O‘ZBEK TILINING IJTIMOIY XIZMATLARI SOCIAL SERVICES OF THE UZBEK LANGUAGE IN THE REPUBLIC OF GORAKHPUR Gulmurza Kurboniyazov Annotation. In the article, the social spheres of the Uzbek language in the Republic of Karakalpakstan Services are analyzed.Also, the use of the Uzbek language as a means of inter- ethnic communication in the republic and its reasons are explained. Key words: state language, social service, language policy, privileged nation, official language. Mustaqillikdek buyuk neʼmat va o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi o‘zbek tilining o‘rni va nufuzini hayotga qaytardi, ilgari o‘z xizmat, vazifalarini ado eta olmagan sohalarda ham o‘zbek tilining ijtimoiy xizmatlari tiklandi hamda u o‘zining millatlararo aloqa tili bo‘lish funksiyasini egallay boshladi. Mamlakatimiz rahbarlari o‘zbek tilining xalqaro obro‘sini ko‘tarish, dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashi uchun saʼy-harakatlarni davom ettirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son[1], “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-son [2] Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma- bosqich to‘liq o‘tishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 10 fevraldagi 61-sonli [3] Qarorlari tilimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochdi. Hozirgi paytda o‘zbek tilining ijtimoiy xizmat va vazifalari kengaymoqda. O‘zbekiston Respublikasi ichidagi suveren respublika hioblangan Qoraqalpogʼiston sharoitida ham bunga alohida eʼtibor berilmoqda. Respublikada 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 1948496 kishi Ajiniyoz nomidagi NDPI o‘zbek tili kafedrasi dotsenti 299 istiqomat qiladi. O‘zbek tilli aholi son jihatidan unvonlangan qoraqalpoq millatiga nisbatan ham ko‘proqdir[4.]. O‘zbek tili ularning ona tillari hisoblanadi. Maʼlumki, “ona tili asosiy ikki vazifani bajaradi, yaʼni: 1) mazkur jamoa birligi, uyushmasining ramzi va 2) mazkur jamoa hayotiy tajribalarini to‘plovchi va uni avloddan-avlodga yetkazuvchi qurol vazifasini o‘tovchi vosita sifatida qo`llaniladi”[5.341]. O`zbek tili ham mazkur hududdagi o`zbek millatiga mansub aholi uchun shunday vazifalarni ado etadi. Shu sababli ham hududdagi o‘zbek tili O‘zbekistondagi boshqa hududlardagi o‘zbek tilidan o‘zining fonetik, leksik, grammatik jihatlari bilan farqlanadi va dialektal xususiyatlar sifatida ko‘zga tashlanadi. Qoraqalpog‘istonda o‘zbek tilining aloqa va rasmiy til sifatida qo‘llanilishining maʼnaviy va huquqiy asoslari quyidagilardan iborat: 1. O‘zbek tili Qoraqalpogʼistonda eng ko‘p qatlam hisoblangan o‘zbek xalqining ona tili bo‘lib, asrlar osha asosiy aloqa vositasi vazifasini bajarib kelmoqda. 2. O‘zbek tilli aholi bu hududning tub yer aholisi sanalib, u O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi aholi bilan doimiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo‘lib kelgan. Hozir mavjud munosabatlar yanada intensivlashgan. 3. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning hududiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy birligi va mamlakatdagi demokratik tamoyillar o`zbek tilining rasmiy til sifatida qo‘llanilishiga monelik qilmaydi. 4. “Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston tarkibiga kirishi”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emasligi”, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an‘analari hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”[6. 22-23], – deyilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi insonparvar, adolatli g‘oyalar va huquqiy asoslar Qoraqalpog‘iston hududida o‘zbek tilining cheklanishiga yo‘l qo‘ymaydi. 5. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston respublikalaridagi “Davlat tili haqida”gi qonunlar o‘zbek va qoraqalpoq tillari nufuzini saqlashga va ularni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar bo‘lib, mamlakatda mavjud boshqa tillarni cheklashga, davlat tillarini majburan singdirishga qaratilgan emas. Maʼlumki, til ijtimoiy xizmat va vazifalarining amalga oshishida til qo‘llanilishining boshqarish mumkin bo‘lgan va boshqarish mumkin bo‘lmagan sohalarning taʼsiri kattadir. Til qo‘llanishini boshqarish mumkin bo`lgan sohalarda ko‘pincha adabiy tilning yozma va og‘zaki shakllari amalda bo‘ladi, yaʼni boshqaruv va ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan shugʼullanuvchi davlat idoralarida, xalq taʼlimi, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari sohalarida keng qo‘llaniladi. Til qo‘llanilishini boshqarish mumkin bo‘lmagan, yaʼni ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligi, maishiy xizmat shaxobchalari va oila-turmush aloqalari doiralarida ko‘pincha o‘zbek tilining hududiy dialektal shakllari, kasb-hunar tili (argo) qo‘llaniladi. Qoraqalpog‘iston hududining ikki sotsiolingvistik zonaga taqsimlanishi maktablar, sinflar, o‘quvchilar miqdorining taqsimlanishida ham o‘z ifodasini topadi. O‘tgan o‘quv yilida respublika maktablarida 352476 o`quvchi taʼlim-tarbiya olgan bo‘lsa, shulardan 152411 nafari (43,2 %) o‘zbek tilida bilim oldi. Boshlangʼich sinflarda o‘zbek tilida taʼlim oluvchi o‘quvchilar miqdorining asosiy salmog‘i ham o`zbek tilli tumanlar zimmasiga to‘g‘ri keladi. Qoraqalpog‘istonda o‘zbek tilida taʼlim oluvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari umumiy miqdorining 84,3%i janubiy zonaga, 15,4% shimoliy zonaga to‘gri keladi. V–XI sinflar doirasida ham o‘zbek tilida taʼlim oluvchilar janubiy tumanlarda 84,9%, shimoliy tumanlarda atigi 15,1% ni tashkil qiladi. O‘rta maxsus va oliy taʼlim tizimida o‘quvchi va talabalar soni yildan-yilga oshmoqda. 2019-2020 o‘quv yilida o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qigan 4822 nafar o`quvchining 2905 nafari (60,3%) qoraqalpoq tilida, 2661 nafari (30,8%) o‘zbek tilida taʼlim olgan. 2022-2023 o‘quv yilida esa kasb-hunar maktablari tashkil qilingan bo`lib, respublika bo`yicha 10026 nafar o‘quvchi o‘qimoqda. Shundan 6191 nafari (61,7 %) qoraqalpoq tilida, 3835 nafari (38,3%) o‘zbek tilida taʼlim-tarbiya olmoqda. Hozirgi kunda kasb-hnar maktablari o‘zbek va qoraqalpoq 300 tillarida faoliyat olib bormoqda. Keyingi yillarda o‘zbek tilida taʼlim olayotgan akademik litsey o‘quvchilarining soni 12% ga ortgan. 2019-2020 o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olgan 28016 talabaning 9256 nafari (33,1%), magistraturadagi magistrantlarning 6,0%i o‘zbek tilida o‘qidilar. Shu bilan birga barcha o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili davlat tili sifatida o‘qitiladi. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining To‘rtko`l fakulteti tashkil qilinib, unga 150 talaba o‘qishga qabul qilindi. Mazkur hodisa o‘zbek tilida taʼlim oladigan talabalar soni yana oshishiga xizmat qiladi. 2022-2023 o`quv yilida respublikaning 5 ta mustaqil OTM lari va 5 ta filialda jami 55368 talaba taʼlim olmoqda. Shundan 17919 nafar talaba o‘zbek tilida taʼlim-tarbiya olmoqdalar. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida taʼlim oluvchilar ikki yilda deyarli ikki baravarga oshgan. Аgar 2019-2020 o‘quv yilida magistratura bosqichida o‘zbek tilida 39 nafar magistrant o‘zbek tilida taʼlim olgan bo‘lsa, 2022-2023 o‘quv yilida 107 nafar nafar magistrant taʼlim-tarbiya olmoqda. Ko‘rinadiki, ikki yil davomida bu ko‘rsatkich 2,7 baravarga oshgan. Ommaviy axborot sohasida ham o‘zbek tilining roli ortib bormoqda. Respublikada o‘zbek tilida “Qoraqalpogʼiston tongi” gazetasi, janubiy tumanlarda tuman gazetalari o‘zbek tilida nashrdan chiqadi. Qoraqalpog‘iston televideniyesi va radiosida ham yangiliklar, xabarlar o‘zbek tilida ham efirga berib boriladi. Аmudaryo, To‘rtko‘l va Ellikqalʼa tumanlarida tuman televideniyelari o‘zbek tilida faoliyat olib boradi. Ko‘pgina davlat idoralari, markaziy tashkilotlar muassasalardan kelayotgan turli hujjatlar o‘zbek tilida bajarilgan bo‘lib, ularga berilishi zarur bo‘lgan rasmiy javoblar o‘zbek tilida tayyorlanadi. O‘zbek tilining rasmiy ish qog‘ozlari yuritishda amal qilish doirasi yildan-yilga kengayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi “Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-sonli qaroriga muvofiq universitet huzurida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish Markazi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2020-yilning sentyabr oyida Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi Qoraqalpoq davlat universitetida o‘z faoliyatini boshladi. Bu yerda o‘zbek tilida ish yuritish bilan shug‘ullanadigan xodimlar o‘z malakalarini oshiradilar. Hozirgi davrda Qoraqalpog‘istonda millatlararo til vazifasini o‘zbek tili bajaradi. Buning sababi: 1) o‘zbek tili azaldan bu hududdagi mahalliy tillardan biridir; 2) uning dialektal, hududiy variantlari Qoraqalpog‘istonda yashovchi millat vakillariga qadimdan tanish; 3) o‘zbek tili qardosh turkiy tillardan biri bo‘lganligi bois u hududdagi boshqa tillarga (qoraqalpoq, qozoq, turkman) fonetik, leksik, grammatik jihatlardan, tipologik tuzilishiga ko‘ra yaqin; 4) bunday tipologik yaqinlik boshqa millat vakillariga o‘zbek tilini o‘zlashtirishda qulaylik tug‘diradi; 5) o‘zbek tilining uzluksiz taʼlim tizimida asosiy fan sifatida o‘qitilishi uni egallash uchun zamin hozirladi; 6) Qoraqalpog‘iston hududidagi aholi bilan O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridagi aholi o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy aloqalarining kuchayishi o‘zbek tilini o‘rganishga qulay sharoit yaratdi va u hayotiy zaruratga aylandi; 7) O‘zbekistonning hududiy, siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, psixik birligi va yaxlitligi tillararo aloqalar, taʼsir va yaqinlashishning kuchayishiga olib keladi; 8) davlat siyosati, milliy mafkura va g‘oyaga, madaniy-ma‘rifiy, ma‘naviy sohalarga tegishli rasmiy hujjatlarning o‘zbek tili asosida bo‘lishi, joylarga tarqalishining o‘zbek tilida amalga oshirilishi o‘zbek tili nufuzi va taʼsirining ortishiga olib keldi. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilining obro‘si va qo‘llanilishi yildan-yilga kuchaymoqda. Zero, uning keng ishlatilishi uchun davlat boshqaruv idoralari, ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, xalq taʼlimi tizimi, ilm-fan va madaniyat, ommaviy axborot vositalarida katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling