Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TILSHUNOSLIK TARIXI VA BUGUNGI KUN TARAQQIYOT BOSQICHLARI THE HISTORY OF LINGUISTICS AND TODAYS STAGES OF DEVELOPMENT Akmal Tursunov
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qurbonov T. Tarixiy badiiy asar va davr tili masalalari.-Toshkent, 2006. 2. Isabek B. Yassaviy hikmatlari lug‘ati. -Toshkent, Akademnashr. 2022. 3. Tursunоv U., O‘rinbоyеv B., Аliyеv А. O‘zbеk аdаbiy tili tаriхi.-Tоshkеnt, 1995. 4. Muхtorov A., Sanaqulov U. O‘zbek adabiy tili tariхi.-T.: O‘qituvchi, 1995. 5. O‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti. 3-jild. Leksika.-T.: Fan, 1991. 6. O‘zbеk tili lеksikоlоgiyasi. -Tоshkеnt, 1981. . 7. Hаqqulоv I. Аhmаd Yassаviy .Hikmаtlаr. –Tоshkеnt, 1991 8. Yassaviy A. Hikmatlar (O‘zbek adabiyoti bo‘stoni). -Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1990. 378 TILSHUNOSLIK TARIXI VA BUGUNGI KUN TARAQQIYOT BOSQICHLARI THE HISTORY OF LINGUISTICS AND TODAY'S STAGES OF DEVELOPMENT Akmal Tursunov Annotation. In the history of linguistics, including the history of Turkish and Uzbek linguistics, there is a history of the formation and development of information and research in this area. Evidence in the field of word formation, along with a number of important features of languages, became the basis of theoretical views, the theory of word formation began to fall into a certain system. The language is a complex whole, and phonological, lexical, semantic, morphological, syntactic and methodological (functional) levels are distinguished as its components. In the 60s of the 20th century, word formation was recognized as an independent level and area of linguistics with its own concepts and categories. Key words: Vocabulary, literacy, Uzbek literacy, analysis of literacy, Turkish language, Uzbek literacy, international literacy. So‘z yasalishi har bir tilda tilning lug‘at boyligini to‘ldiruvchi va boyituvchi muhim jarayon hisoblanadi. Yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi kishilarning borliq va ong munosabatida muhim o‘rin tutadi va yangi so‘z turmush ehtiyoji hamda zarurati bilan paydo bo‘ladi. Tilshunoslik tarixida, jumladan, turkiy tilshunoslik va o‘zbek tilshunosligi tarixida bu sohaga oid ma’lumot va izlanishlarning o‘z shakllanish va rivojlanish tarixi mavjud. Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Xayyon, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat asarlarida so‘z yasalishiga doir muhim ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida so‘zlarning qo‘shimchalar bilan yasalish usuliga alohida o‘rin ajratilib, bu sohada o‘zbek tili imkoniyatlarining kengligi isbotlangan. Mahmud Koshg‘ariy arab tilshunosligining tahlil tamoyiliga tayanib, so‘z turkumini fe’l, ism (ot, sifat, son, ravish olmosh) va harfga ‒ yordamchi so‘z (bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama)ga ajratadi. Turkiy tillar agglutinativ qurilishli bo‘lib, morfologik shaklni hosil qilishga xizmat qiluvchi affiks, so‘z o‘zak/negiziga birin-ketin qo‘shilib kelishi, juda ko‘p holda esa, hatto qo‘shimcha va yordamchi so‘z sinonimiyasi ham (chunonchi, senga ‒ sen uchun, ishla ‒ ish qil) ham mavjudligi sababli Mahmud Koshg‘ariy turkiy shakl qo‘shimchani harf (yordamchi so‘z) deb tasnif qiladi. O‘zbek tilidagi -lar, -ga, -da, -dan kabi shakl va -la, -chi kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni harf deb tasnif etadi va hatto «Devon»ning lug‘at qismida ularni alohida ajratib, lug‘aviy birlik qatorida sharhlaydi. Chunonchi, «Devon»da su ‒ askar, qo‘shin va -si egalik qo‘shimchasi, qa ‒ «idish, qop» va -qa jo‘nalish qo‘shimchasi bir band va bo‘limda sharhlanadi. [ Mahmud Koshg‘ariy, 1963: 226-229]. Mahmud Koshg‘ariy turkiy tilda so‘z yasash va so‘z o‘zgartirish jarayonida arab tilidan farqli asosiy turkiy xususiyatni ‒ o‘zak/negizning o‘zgarmasligi va qo‘shimcha o‘zakning ichiga kirmay, birin-ketin kelishini, ya’ni agglyutitatsiyani anglab, uni to‘g‘ri sharhlagan. Olim turkiy tilda bir bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zda morfologik shakl bir xilda yasalishini alohida ta’kidlab, turkiy til morfologiyasida eng asosiy xususiyatdan biri ‒ shakl yasovchi qo‘shimchaning bir xilligini alohida ta’kidlaydi va bu bilan turkiy til arab tilidan keskin farqlanishini uqtiradi. [Mahmud Koshg‘ariy, 1961: 39-40]. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik jahon tillari misolida turli til oilalarini belgilash bo‘yicha katta yutuqlarga erishdi. Tillarning bir qancha muhim belgilari qatori so‘z yasalishi sohasidagi dalillar nazariy qarashlar uchun asos bo‘ldi, so‘z yasalishi nazariyasi muayyan tizimga tusha boshladi. So‘z yasalishining dastlabki tushunchalari bu davrda morfologik atamalar bilan nomlanar edi (o‘zak, affiks, negiz kabilar). Yasama so‘zning bu davrdagi maqomiga ko‘proq so‘z yasash usullari doirasida qaralib, u mustaqil tushuncha darajasiga ko‘tarilmagan edi. Dotsent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, akmal tursunov _1971@mail.ru 379 XX asr boshida mashhur olim Abdurauf Fitrat o‘zbek tili morfologiyasini bevosita tadqiq qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. U o‘zbek tili grammatikasini yaxlit, ya’ni morfologiya, so‘z yasalishi va sintaksisni o‘zaro zich bog‘langan sathlar tarzida tadqiq qildi. Fitrat o‘zbek tilshunosligining o‘sha davr uchun eng dolzarb bo‘lgan masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi, unga o‘z munosabatini bildirdi. Uning «Ishtirokiyun» gazetasida (1960-yilda «Yoshlik» jurnali)da nashr qilingan «O‘zbek tili» nomli maqolasining o‘zi ham bunga asos bo‘la oladi. Zamonaviy o‘zbek fanining shakllanishi va taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan Abdurauf Fitratning ilmiy va ijtimoiy, jumladan, lingvistik dunyoqarashi bizdan ancha oldin ‒ XIX asr Evropa fani va madaniyati ta’sirini o‘ziga singdirgan Turkiyada o‘qigan yillarida (1909- 1913) shakllangan edi. O‘zbek tili milliy grammatikasining asoschisi Abdurauf Fitratning “Sarf” asarida otlar dastlab tub va yasama otlarga ajratiladi. U qo‘y, sigir, Ergash, O‘ktam so‘zlarini tub otlarga, yasama otlarni esa bir necha guruhga ajratadi: o‘rin oti, qurol oti, ish oti, kichiklangan ot va qo‘shma otlar. Olim ovloq, toshloq, o‘tloq, yotoq, botqoq kabi so‘zlarni o‘rin oti atamasi bilan beradi va bunday otlar o‘zakka -loq,-oq qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasalishini aytadi. Qurol oti -gich, -g‘ich, -kich qo‘shimchalari orqali yasaladi. Bulardan tashqari, asarda -gi, -ki, -t, -ga, - ag, -ak, -choq kabi qurol oti yasovchi qo‘shimchalar ham qayd etiladi. Hozirgi tilshunoslikdagi fe’lning funksional shakllaridan biri ‒ harakat nomi (ish oti)ni yasovchi sifatida quyidagi qo‘shimchalar keltiriladi: -moq (o‘qimoq), -sh (o‘qish), -uv (keluv), - nch (ishonch), -qin (toshqin). Bulardan -moq, -sh (-ish) qo‘shimchalariga hozirgi tilshunosliqda harakat nomi yasovchi qo‘shimchalar, deb qaraladi. -im, -uv, -ich, -kin, -gin qo‘shimchalari eski o‘zbek tilida va XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiy tilida so‘z yasovchilik xususiyatiga ega bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bu qo‘shimchalar ayrim so‘zlar tarkibida uchraydi, ammo ularda so‘z yasovchilik xususiyati zaiflashgan. Tarkibida bu qo‘shimchalar uchraydigan so‘zlar tarixiy jihatdan yasama bo‘lsa-da, sinxron jihatdan tub so‘z deb qaraladi. Abdurauf Fitrat otga -gi qo‘shilib yasalgan sifatlarni “bir kishida, bir narsada, bir holning, bir narsaning borligini ko‘rsatadir”, - deydi. O‘zakka -siz qo‘shilganda esa “bir kishida, bir narsada, bir holning, bir narsaning yo‘qligini ko‘rsatadi”, deb, bilimsiz, otsiz kabi so‘zlarni misol qilib keltiradi. Olim xuddi shu tarzda -imtil (sarg‘imtil, oqimtil, ko‘kimtil), -g‘ish (sarg‘ish, qizg‘ish, ko‘kish), -ar (chopar, uchar), -ma (bosma, yozma, terma), -q (iliq), -roq (yaxshiroq, balandroq, bilimsizroq), -gina (yaxshigina, kattagina), -g‘on (o‘qig‘on yigit, yozilg‘on kitob) kabilarni yasama hisoblab, ularni sifatlar sirasiga kiritadi. Shuningdek, asarda sonlar ham tub va yasama deb ikki guruhga ajratiladi. Tub sonlar: bir, ikki, uch va b. Birinchi, ikkinchi, uchinchi; bittadan, ikkitadan, beshtadan; o‘nlab, yuzlab, yigirmatalab; o‘n-o‘n besh, yigirma-o‘ttiz; yuzlarcha, minglarcha kabi sonlarni yasama son deb izohlaydi. [A. Fitrat, 1930:12–14]. Demak, kun tartibida sistemaviy qurilish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy sathlarning tilning o‘z ijtimoiy vazifasi ‒ fikrni shakllantirish va ifodalash jarayonida o‘zaro hamkorligini sistemaviy usullarda o‘rganishga ixtisoslashgan tilshunoslikning yangi bir yo‘nalishi shakllanishi uchun ijtimoiy ehtiyoj mavjud. Bu ehtiyoj o‘zbek tilshunosligining bugungi holati, u qo‘lga kiritgan yutuqlar bilan belgilanadi. Bu yutuqlar esa, fonetika va fonologiya sohasida A.Abduazizov, A.Nurmonov, H.Ne’matov, D.Nabiyeva, D.Nurmonova, sistem leksikologiya bo‘yicha Sh.Rahmatullayev, I.Qo‘chqortoyev, I.Abdurahmonov, A.Salkalamanidze, E.Begmatov, B.O‘rinboyev, E.Umarov, R.Rasulov, R.Yunusov, S.G‘iyosov, B.Jo‘rayev, M.Narziyeva, H.Saidova, Sh.Iskandarova, R.Safarova, G.Ne’matova, B.Qilichev, sistemaviy grammatika bo‘yicha S.Ivanov, H.Ne’matov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Berdialiyev, R.Sayfullayeva, M.Boshmonov, T.Mirzaqulov, Sh.Shahobiddinova, I.Madrahimov, M.Abuzalova, S.Nazarova, Sh.Akramov kabilarning nomlari bilan bog‘liqdir. Mazkur olimlarning ishlari, asosan, alohida sathlar doirasi bilan chegaralangan bo‘lib, keyingi vaqtlarda sathlararo munosabatlarga daxldor ishlar ham vujudga kelmoqda Bu sohada A.Nurmonov va N.Mahmudov kabi tilshunoslar tadqiqotlari alohida diqqatga sazovor. 380 So‘z yasalishining ob’ekti, asosiy tushuncha va atamalari izchil xususiyat kasb eta bordi. Bu borada rus tilshunosligida akad. V.V.Vinogradovning “So‘z yasalishi va uning grammatikaga munosabati” maqolasi (1952) so‘z yasalishining mustaqil soha deb tan olinishida hal qiluvchi omil sifatida ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu davrda turkiy va o‘zbek tilshunosligida akad. N.K.Dmitriyev, V.A.Gordlevskiy, A.N.Kononov, N.A.Baskakov, P.A.Azimov, A.G‘.G‘ulomov kabi olimlarning yirik (fundamental) tadqiqotlari yaratildi.Turkiy va o‘zbek tilshunosligining keyingi taraqqiyotida E.V.Sevortyanning ozarbayjon tili, B.O.Oruzboyevaning qirg‘iz tili, M.Garipovning boshqird tili, F.A.G‘aniyevning tatar tili, S.Usmonov, A.Hojiyev kabi olimlarning o‘zbek tili so‘z yasalishi bo‘yicha yaratilgan tadqiqotlaridagi ilmiy xulosa va natijalar fan taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. XX asrning 40-yillari tilshunosligida aynan shu sohada Faxri Kamolovning o‘z o‘rni bor. XX asrning 30-yillarida o‘z faoliyatini boshlagan F.Kamolov Ayub G‘ulomov va H.G‘oziyev bilan hamkorlikda «Grammatika va orfografiya», «O‘zbek tili darsligi» hamda boshqa asarlarini yaratdi. Ana shunday ishning yakuni sifatida 1957-yilda uning «Hozirgi zamon o‘zbek tili» kitobi yuzaga keldi. Bu kitob bevosita F.Kamolovning tahriri ostida nashr qilingan bo‘lib, oliy maktab uchun yaratilgan birinchi asosiy darslik vazifasini o‘tadi. Kitob “So‘z boshi”, “Kirish” qismidan tashqari, yana ikki katta bo‘limni o‘z ichiga oladi. Birinchi bo‘limda «Leksikologiya, fonetika va orfografiya, grafika va orfografiya» bo‘limlari o‘z aksini topgan bo‘lsa (48-290- betlar), ikkinchi bo‘lim bevosita «Morfologiya» deb nomlangan (291-317-betlar). Darslikning «Morfologiyaga kirish», «Fe’l» qismini Ayub G‘ulomov yozgan. «Ot va sifat» qismini Z.Ma’rupov, «Son» qismini («Olmosh»ni ham) X.Komilova, «Sifatdosh» qismini R.N.Jumaniyozov, «Ravishdosh» qismini M.Asqarova, «Ravish» qismini S.Fuzailov, «Yuklama», «Ko‘makchi», «Bog‘lovchi» qismini S.Usmonov yozgan. XX asrning 70-80-yillarida so‘z yasalishi nafaqat morfologik, shu bilan birga, onomosiologik- nominativ, semasiologik, transformatsion yo‘nalishlarda ham tadqiq etildi. O‘zbek tilshunosligining o‘z rivojlanish tarixi davomida erishgan yutuqlari yangi davrda muhim taraqqiyot bosqichiga chiqish uchun asos bo‘ldi. So‘z yasalishining o‘rganish ob’ekti, mazmun- mundarijasi, qamrov doirasi, boshqa sohalar bilan munosabati, asosiy tushunchalari (terminologik tizimi), tekshirish metodologiyasi va usullari nisbatan to‘liq va tugal tizimga ega bo‘la boshladi. O‘zbek tilshunosligida ham tarixiy va hozirgi so‘z yasash usullari, asos va yasovchi vosita, ular orasidagi turli motivatsiya bog‘lanishlari, so‘z yasash modeli, so‘z yasash paradigmasi kabi tushunchalar tizimida so‘z yasalishining eng asosiy – yasama so‘z tushunchasi muhim tushuncha degan xulosa shakllana boshladi. Haqiqatan ham, so‘z yasalishidan kutilgan natija yasama so‘z hisoblanadi va bu tushuncha so‘z yasalishi tizimiga doir barcha tushunchalarni birlashtiruvchi, umumlashtiruvchi bosh tushunchadir. Yasama so‘z ma’lum ma’noda til fanining boshqa tushunchalari ‒ fonema, morfema, leksema, so‘zshakl, so‘z birikmasi va gap modellari qatorida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan birlik sifatida o‘rganilishi tilshunoslik fanini yangi xulosalar bilan boyitdi. Shu sababdan fan tarixida ayrim olimlar so‘z yasalishi sohasini fonologiya, morfemika, leksikologiya, grammatika kabi bo‘limlar bilan bir qatorda tura olmasligini qayd etgan bo‘lsalar-da, hozirgi davrda so‘z yasalishi sathi va sohasi o‘z mustaqilligi, tizimlilik belgilariga ega bo‘lgan til va tilshunoslikning alohida sathi va sohasi sifatida to‘liq e’tirof etildi. Jahon tilshunosligi, Evropa (roman-german) tilshunosligi va turkiyshunoslik erishgan yutuqlar asosida XX asrning 40-yillaridan boshlab so‘z yasalishi masalalariga e’tibor kuchaydi. Ayni davrda rus olimlari L.V.Shcherba, V.V.Vinogradov, G.O.Vinokur, A.I.Smirnitskiy, M.O.Stepanova, V.M.Jirmunskiylarning rus, ingliz, nemis tili so‘z yasalishiga doir ishlari yuzaga keldi. Bu bosqich (1940-1990-yillar) tom ma’noda zamonaviy o‘zbek morfologik ta’limotining rivojlanish va keng ommalashish davri bo‘lib, u bevosita professor Ayub G‘ulomov (1914-1986) nomi, ilmiy dunyoqarashi va ilmiy faoliyati bilan chambarchas bog‘langan. Shuning uchun o‘zbek morfologiyasining bu bosqichdagi talqinini ko‘rishdan oldin bu ilmiy talqinning 381 bunyodkori va harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan olimning ilmiy dunyoqarashi manbai ‒ rus turkiyshunosligida zamonaviy turkiy tilning sinxronik formal tavsifi metodining shakllanilishi va ommalashishi bilan tanishib o‘tish lozim. Bu metodning bosh tamoyili shakldan/lisoniy birlikdan → mazmunga intilishdir. Gnoseologik asosi intuitiv materializm ‒ emipirizmga asoslanib, umumiylikni bevosita kuzatishda berilgan hodisaning barcha ko‘rinishdagi voqelanishi uchun xos umumiy belgisi sifatida talqin etuvchi bu tavsif metodi (jumladan, XIX-XX asr rus tilshunosligi) yaxlitligicha ‒ F.F.Fortunatovdan (1848-1914) V.V.Vinogradovgacha (1894-1969) jahon tilshunosligida formal tilshunoslik deb yuritiladi. [Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar, 1990: 558.]. Bunday yondashishda tayanch, boshlang‘ich nuqta shakl bo‘lganligi sababli shaklan farqli, lekin mazmunan (mazmun sifatida, tabiiyki, vazifa ham tushuniladi) yaqin hodisa osonlikcha paradigmaga – grammatik kategoriyaga birlashtiriladi. Shu bilan birga, masalan, Kitobni akamga/ akam uchun oldim kabi qurilmada -ga va uchun birligi semantik-funksional yaqin bo‘lsa ham, sof shakliy (formal) tamoyil asosida – biri affiks, ikkinchisi yordamchi so‘z bo‘lganligi uchun u sinonim va bir xil paradigma birligi deb sanalmaydi. Lekin qo‘shimchaning fonetik xususiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rinishi (chunonchi, bobom, bobosi va kitobim, kitobi kabi so‘zlardagi -m va -im, -si va -i; yozdirmoq va ishlatmoq kabi so‘zlardagi -dir va -t) hamda grammatik ma’no va funksiya jihatidan umumiy bo‘lib, shaklan har xil bo‘lgan qo‘shimcha ham (chunonchi, to‘lg‘azmoq - to‘ldirmoq kabi so‘zlarda -g‘az- va -dir) variant ‒ ayni bir lisoniy hodisa (grammatik shakl) ‒ qo‘shimchaning ko‘rinishi deb qabul qilinar edi. Bu ishlarda grammatika (morfologiya) doirasida ot, sifat, fe’l, ravish turkumidagi so‘z yasalishi hodisasiga ko‘proq tarixiy nuqtai nazardan qaralar, o‘zak va qo‘shimchalar etimologiyasiga doir kuzatishlar ham berilar edi. A.G‘.G‘ulomov tomonidan 1957-yili “Hozirgi zamon o‘zbek tili” nomi bilan o‘zbek tilining birinchi ilmiy grammatikasi yaratildi (bu ish leksikologiya, morfologiya bo‘limlaridan tashkil topgan bo‘lib, “Morfologiyaga kirish” va “Fe’l” qismlari yozilgan). Tilshunoslarga ilmiy tadqiq namunasini berish maqsadida A.G‘ulomov til qurilishining turli sath va bo‘limiga aloqador bo‘lgan kategoriyadan bittasining mufassal tavsifini berdi. SHu maqsadda uning “-la affiksining ma’nosi haqida” (1945), “O‘zbek tilida urg‘u” (1946), “O‘zbek tilida so‘z tartibi” (1946), “O‘zbek tilida so‘z yasash yo‘li haqida” (1949), “Morfologiyaga kirish” (1953) kabi keyingi tadqiqotlar uchun metodik namuna ‒ yo‘l va usul belgilovchi asarlari dunyoga keldi. Ular keng ommalashib, o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot yo‘lini belgiladi. SHu yo‘nalishda 1950-1960-yillarda yuzlab dissertatsiya, risola, darslik va qo‘llanmalar yaratildi hamda ta’limga tatbiq etildi. [Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar, 1990: 558). Hatto, o‘z davri uchun mukammal va to‘liq bo‘lgan “O‘zbek tili grammatikasi” o‘zbek olimlarining umumlashtiruvchi ishidan ancha oldin (1948) e’lon qilingan bo‘lsa ham, unda akademik A.N.Kononov morfologik hodisani yoritishda, asosan, A.G‘ulomovning talqiniga tayandi. Bu A.G‘ulomov talqinining tugal e’tirofi nishonasi edi. So‘z yasalishi bo‘limida, jumladan, shunday fikrlar berilgan: “So‘z yasalishi tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, u bir tomoni bilan grammatikaga bog‘lanadi, boshqa bir tomoni bilan leksikaga bog‘lanadi. Demak, yangi so‘zlar ko‘pincha affiksatsiya orqali hosil qilinadi, shunga ko‘ra so‘z yasalishi bahsi ham, odatda, morfologiyaga kiritiladi. S.Ferdausning “So‘z tarkibi” maqolasi, S.Usmonovning “So‘z va morfologik strukturasi” haqidagi qo‘llanmasi (1957) e’lon qilindi. Maqola va qo‘llanmada so‘z yasalishiga tegishli hodisalarga morfologik atama (tushuncha) doirasida qaralgan. O.Qosimxo‘jaevning “So‘zning morfologik tarkibi” (1963) kitobi nashr etildi, 1964 yilda S.Usmonov “O‘zbek tilida so‘zning morfologik xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ayni shu ishlar so‘z yasalishi hodisa va kategoriyalarini tekshirishning birinchi va muhim bosqichi – morfologik bosqichni tashkil etadi. Holbuki, u morfologiyadan ko‘ra ham leksikaga yaqin turadi, chunki so‘z yasashning vazifasi ‒ yangi leksik birlik hosil qilish. Demak, so‘z yasalishi tilda so‘zlarni ko‘paytirish ekan, uning leksikologiyaga xosligi aniq. Lekin so‘z yasash yo‘llari har xil bo‘lib, bu yo‘llar 382 semantika, sintaksis, fonetika bilan ham bevosita aloqadordir. Keyingi tekshirishlar so‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil bir sohasi ekanligini ko‘rsatdi. Ilmiy grammatikada “So‘z yasalishi” mustaqil sath sifatida ajratildi. [O‘zbek tili grammatikasi. Morfologiya,1975: 3]. XX asrning 40-yillari oxiri, 50-yillarda rus tilshunosligida so‘zning morfologik tarkibi va so‘z yasalishi tarkibi, yasamalilikda shakl va ma’no munosabati, yasama so‘zda motivatsiya hodisasi, motivatsiya yo‘nalishi kabi masalalar qizg‘in muhokama qilindi. Ayniqsa, shu yillarda G.O.Vinokur ishlarida so‘z yasalishi ma’nosi tushunchasi paydo bo‘ladi. [Vinokur G.O., 1959: 419-442]. Bu kabi qarashlar turkiyshunoslik va o‘zbek tilshunosligiga ham kirib kela boshladi. Ilmiy ishlarda so‘z yasalishi va uning mohiyati, so‘z yasalish usullari, tarixiy va hozirgi so‘z yasalish usullari, so‘z tarkibida soddalashish va morfologik qayta bo‘linish hodisalari, erkin va bog‘li o‘zak (asos, negiz)lar kabi masalalar o‘z ifodasini topdi. Shu davrda rus tilshunosligidagi fikr va qoidalarga ergashish etakchi holat (tendensiya) bo‘lganligidan o‘zbek tilshunosligida bajarilgan tadqiqotlarda ham ana shunday qarashlar o‘z ifodasini topib bordi. Shu sababdan yuqoridagi grammatikaning “So‘z boshi” qismida “So‘z yasalishi” bahsining tuzilishi, mundarijasi, asosiy masalalari, ob’ekti, tekshirish usullari xususida ma’lumot berish lozim topilgan. Asar hozirgi o‘zbek tili grammatikasi bo‘lganligidan unga grammatik so‘z yasalishigina kiritilgan. Shuning uchun ham so‘z yasalishi qismida so‘z turkumlarining yasalish hodisasi qaralmagan, balki o‘zbek tili so‘z yasalishi sistemasining umumiy xarakteristikasi, uning qonuniyatlari va turli tiplarning o‘zaro munosabati, yasash vositalari, so‘zning yasalish strukturasidagi xususiyatlar, yasalish modellari, so‘z yasalish analizi, regulyarlik va aksi, unumli-unumsizlik, affiksal omonimiya, affiksal sinonimiya, affiksal antonimiya, qo‘shma affikslarning hayot yo‘li, affikslarning qo‘shilish tartibi kabi masalalar berilgan. [A.G‘ulomov, 1975: 8). XX asrning 60-yillaridan to ilmiy grammatika nashr etilguncha bo‘lgan davr tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilshunosligida ana shu davrda so‘z yasalishi nazariyasi taraqqiyotida yangi bosqich ‒ struktur-semantik bosqich shakllandi, uning asosiy lisoniy qiyofasi, tuzilishi haqida ilmiy asoslangan g‘oya (konsepsiya)ga asos solindi. Bu o‘rinda A.G‘.G‘ulomov, S.Usmonov, Sh.U.Rahmatullayev, A.P.Hojiyev, F.Abdullayev kabi fanimiz zahmatkashlarining xizmatlarini alohida ta’kidlash joizdir. 1975-yilgacha o‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi nazariyasining morfologik bosqichi struktur-semantik bosqichga qadar vorisiylik, tarixiy qadriyatlar va avvalgi ilmiy an’analarni saqlash, ko‘paytirish, rivojlantirish yo‘lidan borilganligi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi. XX asrning 60-yillarida so‘z yasalishi tilshunoslikning o‘ziga xos tushuncha va kategoriyalarga ega bo‘lgan mustaqil bir sathi va sohasi deb e’tirof etildi. Bu sathning asosiy birligi sifatida yasama so‘z tushunchasi qat’iylasha boshladi. Til tizimida o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisini taqozo etuvchi sathlar ‒ fonologiya, morfemika, leksikologiya, morfologiya va sintaksis qatorida so‘z yasalishining ham o‘rinlashishi tilshunoslik nazariyasining eng muhim yutuqlaridan biri sanaladi. Ana shu sathlardan fonologiyada fonema, leksikologiyada leksema, morfologiyada so‘zshakl, sintaksisda so‘z birikmasi va gap asosiy birlik bo‘lsa, so‘z yasalishining asosiy birligi yasama so‘z yoki yasalma sinxron jihatdan til tizimidagi muhim birlik sifatida tan olindi. Demak, yasama so‘z o‘zbek tilshunosligida nafaqat so‘z yasalishining markaziy, asosiy birligi, balki til tizimining o‘ziga xos maxsus birligi nuqtai nazaridan ham tadqiq etilishi fanimizning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. E.S.Kubryakovaning fikricha, so‘z yasalishi nazariyasining bosh tushunchasi, shubhasiz, yasama so‘z bo‘lib, boshqa barcha kichik birliklar (asos, affiks) hamda yirik birliklar – so‘z yasash qatorlari, so‘z yasash uyasi kabi tushunchalar ana shu bosh tushunchaga tayanilgan holda talqin va tavsif etiladi. [Kubryakova E.S., 1976: 76–83). Yasama so‘zning bu xil maqom va mavqeda talqin etilishi so‘z yasalishi nazariyasining taraqqiyot bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir. Qisqa muddat ichida (XX asrning 50-yillaridan boshlab) so‘z yasalish nazariyasi morfologik, struktur-semantik, sintaktik-transformatsion, nominativ-onomasiologik, funksional-semantik kabi bosqichlarni bosib o‘tdi. 383 O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalish nazariyasi morfologik, struktur-semantik, qisman funksional-semantik bosqichlarga ega bo‘ldi. Navbatdagi asosiy vazifa yasama so‘zlarni nominativ-onomosiologik nuqtai nazardan tadqiq etish bo‘lib, bunda yasama so‘zlar tilning nominativ birliklari ‒ so‘z, so‘z birikmasi, gap kabi birliklar qatoridagi o‘rni va mavqei aniqlanadi. Chunki boshqa birliklardan yasama so‘z va unga xos jarayonlar oldindan kutilishi, muayyan model asosida yaratilishi hamda bu modellar til egalari ongida sinxron jihatdan mavjud bo‘lishi, hayot va turmush talabi bilan yangidan-yangi yasalmalarning to‘xtovsiz paydo bo‘lib turishi kabi xususiyatlar bilan farqlanib turadi. Ayni shu holat yasama so‘zni nominativlikning eng yuqori darajadagi qulay vositasi hamda xilma-xil ikkilamchi ma’nolar va bu ma’nolarga xos ko‘lam va jilolarni ifodalovchi o‘ziga xos birlikka aylantiradi. A.P.Hojiyevning qayd etishicha, “Muayyan tilning o‘zaro aloqa (munosabat)dagi so‘z yasalish tiplari majmui so‘z yasalish tizimi hisoblanadi. Shuning uchun ham so‘z yasalishi bilan bog‘liq xodisalar va ularning mohiyati har bir yasama so‘zning yoki har bir so‘z yasalishining o‘zi misolida emas, so‘z yasalish tipi (tiplari) misolida (shu orqali) yoritilishi kerak. Hozirga qadar so‘z yasalishi har bir so‘z turkumi doirasida o‘rganildi va bunda asosiy e’tibor shu turkumdagi so‘z yasovchining xususiyatlari, qanday so‘z yasashi, unumli- unumsizligi va boshqa xususiyatlari tahlil etildi. Natijada, o‘zbek tilida so‘z yasalishi bo‘yicha juda ko‘p ishlar qilingan bo‘lsa-da, u tizim sifatida talab darajasida yoritilmadi”. [Hojiyev A., 2007: 40). O‘zbek tilida so‘z yasalishining dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan ilmiy izlanish dastlab A.G‘.G‘ulomovning “O‘zbek tili tarixiy so‘z yasalishi muammolari” (1955) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida o‘z aksini topgan. Olima M.Jo‘raboyevaning ta’kidlashicha, mazkur ish A.G‘ulomovning ilmiy merosining salmoqdor sahifasi bo‘lib, ilmiy tadqiqotning betakror namunasidir. Uning “So‘z yasalishi” bahsiga daxldor jamiki ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy nashrlarining asosi deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, hozirgi so‘z yasalishi muammolarining yoritilishi o‘z-o‘zidan tarixiy so‘z yasalishi masalalarini o‘rganishning mantiqiy davomi hamdir. Keyingi 50 yil davomida yaratilgan darslik va qo‘llanmalar, monografiya va dissertatsiyalar, so‘z yasalishi, so‘z tarkibi, so‘z va uning xususiyatlari mavzusidagi maqola va risolalarning barchasi mana shu manbadan bahramand bo‘lgan. “So‘z yasalishi” ning o‘zbek tilshunosligida mustaqil bo‘lim sifatida shakllanishi A.G‘.G‘ulomov va u yaratgan ilmiy maktab faoliyati bilan uzviy bog‘liq”. [G‘ulomov A. G‘., 1975: 28-41). “Hozirgi zamon o‘zbek tili” (1957., F.Kamol tahriri ostidagi) kitobining nashr etilishi o‘zbek madaniyati, o‘zbek tili ilmiy sohasidagi katta yutuqlardan biridir. Ana shu poydevor ‒ ilmiy grammatikada “Morfologiyaga kirish” qismi A.G‘.G‘ulomov tomonidan yozilgan edi va unda tilshunosligimizda birinchi marta “So‘z yasalishi” alohida bo‘lim sifatida berilgan. Ushbu bo‘limda so‘z yasalishi hodisasiga ikki xil nuqtai nazardan yondashilgan: 1. Jarayon sifatida: “so‘z yasash tildagi bor bo‘lgan elementlardan, qanday usul bilan bo‘lmasin, yangi so‘z hosil qilishdir. So‘z yasash tilning leksikasini boyitishdagi yo‘llaridan biridir. Yangi so‘zlar turmushning talabi bilan tug‘ilib, ular yangi tushunchalarni ifodalaydi”. [G‘ulomov A. G‘., 1975: 28-41) 2. Tilshunoslikning ayrim bir sohasi sifatida: “So‘z yasalishi” tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, u bir tomoni bilan grammatikaga bog‘lanadi (masalan, affikslar orqali so‘z yasash hodisasi morfologiya bilan aloqadordir), boshqa bir tomon bilan leksikaga bog‘lanadi, masalan, so‘zning ma’nosidagi siljish orqali yangi so‘z hosil bo‘lishi semantik so‘z yasash hodisasi leksikologiya bilan aloqadadir”. [G‘ulomov A. G‘., 1975: 28-41) A.G‘.G‘ulomov ushbu bo‘limda so‘z yasashning semantik, leksik, fonetik, affiksatsiya va so‘z qo‘shish usullarini belgilab, affiksatsiya va so‘z qo‘shishni eng faol so‘z yasash usullari, deb ko‘rsatadi. Faol so‘z yasash usullaridan affiksatsiya birinchi o‘rinda turadi. Bu holatdan professor A.G‘.G‘ulomov shunday xulosa chiqaradi: “Demak, yangi so‘zlar ko‘pincha affikslar orqali hosil qilinadi, shunga ko‘ra so‘z yasalish bahsi ham odatda morfologiyaga kiritiladi”. [G‘ulomov A. G‘.,1975: 56-64). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling