Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Go‘r o‘lsa alarg‘a bir kafan ham [A.Navoiy,2020:273].  Yoshurdi chu oy-u kun yuzin abr,  Chun go‘r


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Go‘r o‘lsa alarg‘a bir kafan ham [A.Navoiy,2020:273]. 
Yoshurdi chu oy-u kun yuzin abr
Chun go‘r bir edi, bir bo‘ldi qabr [A.Navoiy,2020:274]. 
Gahi tutub o‘lturur edi mo‘r, 
Gah tufroq ila yasar edi go‘r [A.Navoiy,2020:197]. 
Go‘r – qabr, mozor, lahad; [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 1-jild, 1984:433]. 
Go‘r so‘ziga o‘rin-joy nomini yasovchi -iston qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan yasalgan 
go‘riston so‘zi ham asarda qo‘llanilganki, bu so‘z ham hozirgi o‘zbek adabiy tilida iste’molda 
mavjud: 
Dard ustiga dardi chun uzoldi
Ul go‘riston ichida qoldi [A.Navoiy,2020:253]. 
Go‘riston ichra zor-u mahjur, 
O‘lg‘on kishidek hayotidin dur [A.Navoiy,2020:258]. 
Go‘riston – go‘riston, qabriston, mozor; [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 1-jild, 1984:433].
Dostonda go‘riston so‘ziga ma’nodosh arabcha mozor so‘zi mazor shaklida uchraydi: 
Ul yergacha aylab oh-u zori, 
Gom urdiki, haylining mazori [A.Navoiy,2020:246]. 


422 
Navoiy asarlari izohli lug‘atida mazor so‘zining qabr, go‘r ma’nosi ham mavjudligi 
yozilgan [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 2-jild, 1984:207]. Quyidagi baytlarda mazor so‘zi xuddi 
shu ma’noda kelgan: 
Chun ko‘rdi ato-ano mazorin, 
Go‘yo choqin urdi jismi zorin [A.Navoiy,2020:247]. 
Urdi atosi mazorig‘a bosh, 
Kim, kul-ko‘mak etti ul tosh [A.Navoiy,2020:247]. 
Mozor so‘zi hozirgi o‘zbek tilida ham qo‘llaniladi. Asarda go‘r so‘ziga ma’nodosh qabr 
(arab.) so‘zi ham uchraydi: 
Qildi chu quburni nazora
Bo‘ldi iki qabr oshkora [A.Navoiy,2020:246]. Qabr – go‘r, qabr; [Navoiy asarlari izohli 
lug‘ati, 4-jild, 1984:12]. 
Shuningdek, asarda qabr, qabriston ma’nolarida bugungi kunda tilimizda mavjud 
bo‘lmagan madfan so‘zi ham qo‘llanilgan bo‘lib, bu so‘z Navoiy asarlari izohli lug‘atida: 1. 
Go’r, qabr; 2. Qabriston; [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 2-jild, 1984:197] deb izohlangan: 
Bosh ustiga eltmak qilib fan
Ul yergachakim, bor edi madfan [A.Navoiy,2020:274]. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling