Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Tobut ila ikki dilraboni, Madfan
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Tobut ila ikki dilraboni,
Madfan ichiga kirib nihoni [A.Navoiy,2020:274]. O‘lgan kishi (mayit)ni ko‘mish, qabrga qo‘yish marosimiga nisbatan ishlatiladigan arabcha dafn so‘zi ham dostonda shu holatda uchraydi: Kim, dafn ishi bordurur zarurat, Ul tutqusidur ne nav surat [A.Navoiy,2020:273]. Dafn ishi – ko‘mish, o‘likni ko‘mish; yo‘qotish, qutulish; [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 1-jild, 1984:468]. Navbatdagi baytlarda ko‘mish oldidan murdani o‘raydigan oq matoga nisbatan ishlatiladigan arabcha kafan so‘zi qo‘llanilgan: Netgay qo‘shulib iki badan ham, Go‘r o‘lsa alarg‘a bir kafan ham [A.Navoiy,2020:273]. Kirdi iki jism bir kafang‘a, Yo‘q, yo‘q, iki ruh bir badang‘a [A.Navoiy,2020:273]. Donadek o‘lub iki badan bir, Dona qobug‘i kibi kafan bir [A.Navoiy,2020:274]. Kafan – murda o‘raladigan oq mato; [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 2-jild, 1984:102]. Quyidagi baytda qo‘llanilgan forscha marg so‘zi o’lim, fano, ajal; [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 2-jild, 1984:233]. ma’nolarini bildiradi: Har tang‘aki marg o‘tin yoqib, Umr axtari turmayin uyoqib [A.Navoiy,2020:154]. Navbatdagi baytda o‘lik, jasad, murdaga nisbatan ishlatiladigan arabcha may(y)it so‘zi qo‘llanilgan: Goh o‘zida, goh yo‘q o‘zida, Mayyit kibi nur yo‘q ko‘zida [A.Navoiy,2020:259]. Mayyit – o‘lik, murda; [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 2-jild, 1984:212]. Bu so‘z bugungi kunda ham tilimizda mavjud. Quyidagi baytda bugungi kunda ham qo‘llaniladigan asli arabcha ajal so‘zi ishlatilgan: Evruldi boshig‘a dilraboning, Andoqki, ajal boshig‘a oning [A.Navoiy,2020:266]. Ajal – o‘lim payti, o‘lim muhlati [Navoiy asarlari izohli lug‘ati, 1-jild, 1984:48]. Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonida ko‘plab sohaga oid terminlarni mahorat bilan qo‘llaydi. Motam marosimiga oid so‘zlar tahlili davomida aksariyati shu shaklda yoki biroz o‘zgarishga uchragan holatda hozir ham tilimizda qo‘llanilishi aniqlandi. Ba’zilari esa butunlay iste’moldan chiqib, tarixiy so‘zga aylangan. Dostonda qo‘llanilgan motam 423 marosimiga oid so‘zlarning aksariyati ot so‘z turkumiga oid va nisbatan kattaroq qismi arab va fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlardir. Umuman olganda, badiiy asarlarda qo‘llanilgan sohaga oid so‘zlarni o‘rganish ijodkorning qomusiy bilimlarini ochishga yordam beradi. Qolaversa, asarni chuqurroq tushunish, ijodkor mahoratini anglashda ham ko‘makchi bo‘ladi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling